O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Davlat organi tushunchasi va turlari


Download 146.5 Kb.
bet9/12
Sana19.06.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1607197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Davlat apparati

2.7 Davlat organi tushunchasi va turlari
Davlat mexanizmining dastlabki va eng muhim tarkibiy elementi davlat organidir. Davlat organi — davlat funksiyalarini bajarishda qatnashuvchi va buning uchun tegishli hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining bo‘g‘inidir. Davlat organlari bevosita davlat funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liqliq va bo‘ysunuvda bo‘lgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov tashkilotlari (tashkiliy tuzilmalar)ning yagona tizimidir. Mazkur organlar davlat apparatining bir qismi hisoblanib, davlat funksiyasini amalga oshiruvchi ma’lum davlat hokimiyati vakolatlariga ega, bajarilishi majburiy bo‘lgan huquqiy hujjatlar chiqaruvchi, ma’lum tartibda tashkil etilgan idoralardir. Davlat organlarining belgilari quyidagilardan iborat: 1. Operativ boshqaruvda bo‘lgan ommaviy mulkka ega va budjet tomonidan moliyalashtiriladi. Davlat organlari o‘z vakolatini amalga oshirish uchun moddiy mablag‘ bilan ta’minlanadi. Shuningdek, moliyaviy qimmatliklar, bankdagi hisob-raqami, budjet hisobidan moliyalanish manbayiga ega bo‘lishi shular jumlasidandir. Masalan, Tashqi ishlar vazirligi o‘zining bankdagi shaxsiy hisob raqamiga ega hamda davlat xizmatchilarga maosh to‘lash, ularning xizmat faoliyati uchun zaruriy bo‘lgan texnik vositalari va boshqa jihozlar sotib olish uchun davlat budjetidan doimiy ravishda moliyaviy mablag‘lar ajratiladi. 2. Davlat nomidan muayyan sohada uning vazifa va funksiyalarini amalga oshiradi. Davlat organlari jamiyat hayotining turli sohalarida faoliyat yuritadi. Jumladan, davlatdagi huquqiy tartibotni ta’minlash sohasini Ichki ishlar vazirligi, prokuratura organlari amalga oshirsa, davlatning tashqi funksiyalarini Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, mamlakatning mudofaasini esa Mudofaa vazirligi, Chegara qo‘shinlari qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa idoralar amalga oshiradi. 3. Hokimiyat vakolatlariga egaligi. Davlat organlari muayyan hokimiyat vakolatlariga egaligi bilan boshqa davlat muassasalari va tashkilotlaridan farq qiladi. Davlat organlari ishontirish va majburlash usullaridan foydalangan holda huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlaydilar. Davlat tashkilotlari va muassasalari esa bu kabi hokimiyat vakolatiga ega emas. 94 4. Tarkibiy tuzilishga egaligi. Davlat organlari xizmat turlari va tarkibiy miqdoriga ko‘ra muayyan tuzilishga ega bo‘ladi. Masalan, ijro etuvchi hokimiyat, organlari vazirlik va qo‘mitalardan, vazirlik tarkibi esa bosh boshqarma, boshqarmalar, bo‘lim, bo‘linmalar tarkibida tashkil etilgan. Ichki ishlar vazirligida Tergov bosh boshqarmasi, Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi va boshqalar mavjud. 5. Hududiy faoliyat miqyosiga egaligi. O‘zbekiston Respublikasining markaziy davlat organlarining faoliyat miqyosi butun O‘zbekiston hududida amalga oshiriladi, mahalliy davlat organlarining faoliyati miqyosi esa faqatgina tegishli viloyat, shahar, tuman hududida amalga oshiriladi. 6. Qonun yo‘li bilan tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasida barcha davlat idoralari qonun yo‘li bilan tashkil etiladi va tegishli qonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlar asosida faoliyat yuritadilar. O‘zbekiston Respublikasida noqonuniy tashkilotlar tuzish qat’iyan man etiladi. Davlatimiz Asosiy qonunining 57- moddasida quyidagilar ta’kidlangan: Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarning tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish qat’iyan man qilinadi. Davlat organlarining turlari. Davlat idoralari xilma-xil bo‘lib, ular turli vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi. Ular faoliyati mazmuni va mezonlariga ko‘ra turlicha tasniflanadi: 1. Davlat faoliyatining amalga oshirish shakli bo‘yicha: vakillik, ijroiya, sud organlari va prokuratura organlari. Vakillik organlari. O‘zbekiston Respublikasida markaziy va mahalliy vakillik organlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi respublikada qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga 95 oshiruvchi davlatning oliy vakillik organidir. Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq o‘z vakolatida belgilangan har qanday masalani o‘z muhokamasiga qabul qilish huquqiga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat va tumanlardagi xalq deputatlari kengashlari mahalliy davlat hokimiyati organlari hisoblanadi. Ijroiya organlar. Vazirlar Mahkamasi – iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va Oliy Majlisning qarorlarini ijro etilishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmon, farmoyish va qarorlarni bajarilishini ta’minlovchi ijro organi. Ijro etuvchi organlar vazirliklar va davlat qo‘mitalaridan iborat shaklda tarkib topgan. Sud organlari. O‘zbekiston Respublikasida besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyat, shahar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va bajarilishi barcha uchun majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudlari – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalari o‘rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasidagi, iqtisodiyot va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini hal etish masalasi bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Qoraqalpog‘iston xo‘jalik sudi, viloyat xo‘jalik sudlari ustidan nazoratni amalga oshiradi. Xo‘jalik sudlari tumanlar miqyosida tashkil etilmaydi. 96 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi – barcha normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qiladi. U siyosat va huquq sohalaridagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o‘rinbosari va sudyalaridan, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilidan iborat tarkibda saylanadi. Prokuratura organlari – O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradilar. O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘sunuvchi prokurorlar barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat nazorati idoralari, hokimlar, shuningdek, kimning tasarrufida bo‘lishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, muassasalar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, fuqarolar qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradilar. 2. Yuqoridan quyiga qarab bo‘ysunuviga (ierarxiyaga) ko‘ra: markaziy va mahalliy davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasida davlat organlari pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish tamoyili asosida tashkil etilgan bo‘lib, mahalliy organlar markaziy organlarning bo‘ysunuvida bo‘ladi. Markaziy davlat organlari chiqargan normativ-huquqiy hujjatlar mahalliy davlat organlari uchun majburiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, mahalliy davlat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar markaziy davlat organlari tomonidan bekor qilinishi mumkin. Masalan, Vazirlar Mahkamasining barcha qaror va farmoyishlari respublikaning butun viloyat hokimlari uchun majburiy ahamiyat kasb etadi, viloyat hokimining qarori faqatgina u rahbarlik qilayotgan viloyat hududida amal qiladi va bu qarorni yuqori turuvchi tashkilot – Bosh vazir yoki Prezident bekor qilish huquqiga ega. 3. Vakolat muddatiga ko‘ra: Doimiy va vaqtinchalik davlat organlari. Doimiy organlar – faoliyat muddati cheklanmagan, doimiy faoliyat olib boruvchi davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarni doimiy 97 faoliyat olib boruvchi organlar sifatida ko‘rsatish mumkin. Masalan, ichki ishlar idoralari, soliq va bojxona idoralari. Vaqtinchalik organlar – jamiyatdagi biron-bir muhim vazifani muayyan bir muddatda amalga oshiruvchi va mazkur ishlar yakun topishi bilan o‘z faoliyatini to‘xtatuvchi organlar hisoblanadi. Masalan, turli xil tabiiy ofatlar yuz berganda yoki ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelganda davlat tomonidan ushub xavflarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yoki operativ shtab tashkil etiladi. Mazkur komissiya yoki operativ shtab yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muayyan bir muddatda faoliyat yuritadi. 4. Shakllanish manbasiga ko‘ra: Birlamchi va ikkilamchi davlat organlari. Birlamchi davlat organlari – xalq tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri saylash orqali tashkil etiladigan organlar. O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati (qisman) saylash yo‘li bilan tashkil etiladi. Ikkilamchi davlat organlari — xalq tomonidan saylash yo‘li bilan tashkil etilgan organ yoki shaxslar tomonidan shakllantiriladigan davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi xalq saylagan Prezident va Oliy Majlis tomonidan shakllantiriladi. 5. Vakolatni amalga oshirish tartibiga ko‘ra: kollegial organlar va yakka tartibda vakolatni amalga oshiruvchi organlar. Kollegial organlar — ushbu organlar o‘z ish faoliyatini jamoaviy tarzda, ya’ni kollegial asosda tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunlarni qabul qilish jarayonida deputatlarning jamoaviy muhokamasi va umumiy ovozi asosida qonunlar qabul qilinadi. Yakka tartibda faoliyat yurituvchi davlat organlari — mazkur idora rahbarlari xizmat faoliyatida muayyan bir ish yuzasidan jamoa bilan maslahatlashuv yoki muhokama qilish shaklidan ma’lum bir ma’noda mustaqil bo‘ladi va o‘zi yakka holda qaror qabul qiladi. Bunga Prezident, Bosh vazir, Prokuror, hokim va boshqalarni misol tarzida aytib o‘tish mumkin.


Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling