O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi
Download 146.5 Kb.
|
Davlat apparati
2.1 Davlat shakli tushunchasi
Davlat uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi, shu davr ichida rivojlanib, shakllanib, o‘zgarib keldi. Tabiiyki, davlat insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil shakllarga ega bo‘lgan. Davlat shakli haqidagi masala muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Huquqshunos olimlar davlat shakliga turlicha ta’rif beradilar. Masalan, bir guruh olimlar «davlat tuzumi» iborasini «davlat shakli»ning sinonimi sifatida qo‘llaydilar va davlat shakli tushunchasiga davlatning boshqaruv shakli, davlatning tuzilish shakli va siyosiy rejim kiradi, deb hisoblaydilar. Ikkinchi guruh olimlar davlat shakliga boshqaruv shakli va tuzilish shakllari kiradi deb, unga siyosiy rejimni qo‘shmaydilar. Yana bir toifa huquqshunoslar davlat shakli – bu davlat hokimiyatining tuzilish shaklidir, deydilar. Davlatning shakli tarixiy shart-sharoitga, jamiyatning ijtimoiy tuzumiga, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga, demografik va geografik vaziyatga hamda turli formatsiyalarga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, davlat shakli uch tushunchani: davlatning boshqaruv shakli, tuzilish shakli va siyosiy rejimni o‘z ichiga oladi. Boshqaruv shakli davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining shakllantirilishi va tashkil etilishi tartibi, ularning o‘zaro hamda aholi bilan aloqadorligidir. Bu tushuncha orqali mamlakatda kim hukmron va u hokimiyatni qanday boshqaradi, degan savollarga javob olinadi. Boshqaruv shakliga qarab davlatlarning monarxiya va respublika shakllari farqlanadi. Davlat tuzilishi shakli orqali davlatning hududiy tarkibi, markaziy va mahalliy hokimiyat idoralarining o‘zaro munosabati (nisbati) ifodalanadi. Tuzilish shakliga ko‘ra davlatlar oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederatid) turlarga ajraladilar. Siyosiy (davlat huquqiy) rejim davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari (metodlari) va vositalari yig‘indisidir. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usul va vositalari toifasiga ko‘ra demokratik va avtoritar siyosiy rejimlar farqlanadi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, bular hozircha davlat shaklini tushunishga umumiy yondashuv, eng ilk tanishuvdir. Uni 68 batafsilroq tushunish uchun davlat shaklini tashkil etuvchi uchala jihatni diqqat bilan o‘rganish, ularning o‘zaro bog‘liqligi, o‘zaro ta’sirini kuzatish hamda nazariy, siyosiy-huquqiy tafakkur yuz yillar davomida davlatni o‘rganar ekan, davlat shaklining aynan shunday mazmunini nega alohida ajratib ko‘rsatganligini tushunishga harakat qilish kerak. Davlat shaklini bunday tushunish dabdurustdan tarkib topmaganligi va hozir ham unga ayrim olimlar qo‘shilmasliklarini qayd etib o‘tish joiz. Uzoq vaqt davomida davlat shakli boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklidan (biz keltirgan tarkibdan dastlabki ikkitasidan) iborat deb hisoblab kelingandi. Keyinchalik unga siyosiy idora usuli qo‘shildi. «Davlat shakli» va «siyosiy idora usuli» o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yuvchilar ham bo‘lgandi. Bunga asos ham bor edi. Biroq buni keyinroq «siyosiy (davlat) idora usuli» tushunchasini batafsil ko‘rib chiqish vaqtida yaxshiroq tushunib olamiz. Shunga qaramay, hozirgi kunda davlat hokimiyati tashkiloti uch qism – boshqaruv, davlat (siyosiy) tuzilishi hamda davlat (siyosiy) idora usuli – birligidan tashkil topadi, degan konsepsiya keng tarqalgan. Download 146.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling