O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Download 146.5 Kb.
bet3/12
Sana19.06.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1607197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat apparati

Davlat boshqaruv shakllari
Davlatning mohiyatini tushunishda davlat boshqaruv shakli alohida ahamiyatga ega. Boshqaruv shakli davlat hokimiyatini tashkil etish mazmunini anglatadi. Davlat boshqaruv shakli insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bunda davlatni kim boshqaradi, davlat qanday boshqariladi, degan masalalarga va uning boshqarish shakllariga Aflotun, Arastu, Forobiy, Monteske, Lokk, Russo va boshqa mutafakkirlar o‘z asarlarida alohida e’tibor qaratganlar. Boshqaruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari aholi bilan o‘zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etishi tushuniladi. Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar monarxiya va respublikaga bo‘linadi. «Monarxiya» yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, yakka hukmronlik, yakka hokimiyatchilik, degan ma’noni anglatadi. Monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud: 1. Monarx davlatni shaxsiylashtiradi. 69 2. Monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i hisoblanadi; 3. Monarx davlatni o‘zi yakka boshqaradi. 4. Monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi. 5. Hokimiyatni o‘rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud. 6. Monarx o‘z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar bo‘lmaydi. Monarx davlatni tanho hokimlik asosida boshqaradi. Albatta, bu davlatni barcha ishlarini uning bir o‘zi hal etar ekan, degan ma’noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko‘p sonli maslahatchilar, vazirlar, amaldorlar davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etadi. Ayni paytda, eng muhim davlat ishlari bo‘yicha monarxning o‘zi hukm chiqarishiga to‘g‘ri keladi. U davlat hokimiyatining to‘laqonli suveren egasidir. Monarx hokimiyati oliy maqomga ega bo‘lib, u mustaqildir. U – davlatdagi oliy hokimiyatdir. Monarxiya hokimiyati vorislik asosida bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Hokimiyatni bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tishiga xalqning hech qanday aloqasi bo‘lmaydi. Monarx muddatsiz, umrbod hokimiyat egasi hisoblanadi. Lekin monarxlar ag‘darib tashlanganligi, o‘ldirilganligi, boshqa kishilar bilan almashtirilganligiga tarixda misollar ko‘p. Monarx siyosiy boshqaruvda mas’uliyatdan ozod hisoblanadi, ya’ni u o‘z boshqaruvi natijalari uchun yuridik va siyosiy javobgar hisoblanmaydi. Masalan: 1809-yilda Shvetsiyada davlat boshqaruvi qonunda ko‘rsatilishicha, Qirolning xattiharakatlari qonunga kirmaydi, deb ko‘rsatilgan. Monarxiyaning ikki turi mavjud: mutlaq monarxiya va cheklangan monarxiya. Davlat hokimiyati boshqa bironta idora vakolatlari bilan cheklanmagan holda amalga oshirilsa, bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi. Agar monarx hokimiyati Konstitutsiya asosida amal qiladigan biron-bir vakolatli idora bilan cheklangan bo‘lsa, bunday monarxiya cheklangan, yoki parlamentar shakldagi monarxiya bo‘ladi. Cheklangan monarxiya davlatlari, o‘z navbatida, dualistik va parlamentar monarxiyaga bo‘linadi. Dualistik monarxiya davlatlariga Saudiya Arabistoni, Quvayt kabi davlatlar kiradi. Ularda hokimiyat podsho bilan parlament o‘rtasida taqsimlangan. Amalda davlatni podsho boshqaradi. Podsho 70 hukumatni tuzish, parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega. Parlamentar monarxiya shaklidagi davlatlarda – davlat boshlig‘i monarx, qirol, qirolicha, podsho, imperator bo‘lib, amalda ular davlatni boshqarmaydi, huquqlari cheklangan bo‘ladi, davlatni hukumat boshqaradi. Masalan, Angliya, Yaponiya, Belgiya, Shvetsiya kabi davlatlarda davlat boshlig‘ining davlat ishlarini olib borishda mamlakatda va xalqaro miqyosda o‘rni kattadir. Respublika shaklida davlat hokimiyati va boshqaruvning oliy organi saylab qo‘yish yo‘li bilan tashkil topadi va u ma’lum muddatga saylanadi. «Respublika» lotincha so‘z bo‘lib, «jamoa ishi», «xalq ishi» degan ma’noni bildiradi. Respublikaning asosiy belgilari – hokimiyat oliy organlarining saylab qo‘yilishi, hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi, qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi organ – sudlarning mavjudligi, fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda keng ishtirok etishi. Jamiyat taraqqiyotida davlat boshqaruvi respublika shaklining bir necha ko‘rinishlari ma’lum. Afina davlatida (eramizgacha V – IV asrlar) boshqaruvning demokratik respublika shakli mavjud bo‘lgan. Unda afinalik erkin fuqarolarning qulga aylanishiga yo‘l qo‘yilmasdi. Bu respublikada ijtimoiy raqobat, qulga egalik qilishning maxsus tartibi, jamoa qulchiligi mavjud edi. Shuningdek, Afinada davlat boshqaruvining samarali tizimi faoliyat ko‘rsatardi. Sparta (eramizgacha V – IV asrlar) va Rim davlatlari (eramizgacha V – II asrlar) aristokratik respublikalar bo‘lgan. Ular davlat sifatida aksariyat aholining aristokratiya, nufuzli kiborlar qismi manfaatlarini ifodalagan. Shuningdek, shahar – respublikalari ham mavjud bo‘lib, ularda fuqarolarning erkinliklari va xususiy mulk munosabatlarining erkinligi tan olingan. Shahar – respublikalar Florensiya, Venetsiya – Italiyada; Novgorod, Pskov – Rossiyada va Germaniya, Fransiya, Angliyada ham shahar respublikalari mavjud bo‘lgan. Respublika hozirgi dunyoda keng tarqalgan davlat boshqaruv shakli bo‘lib, uning ikki ko‘rinishi mavjud: 1) prezidentlik respublikasi; 2) parlamentar respublika. Prezidentlik respublikasida hukumatni prezident tuzadi va u prezident oldida hisobot beradi. Prezident davlat boshlig‘i 71 hisoblanadi va prezident maxsus tartibda xalq tomonidan saylanadi. Masalan: Rossiya, AQSH, Fransiya, Italiya, O‘zbekiston Respublikasi va boshqalarda prezident xalq tomonidan saylanadi. Bu borada tegishli qonunlar mavjud. Parlamentar respublikada – hukumat parlament tomonidan tuziladi va u parlament oldida hisobot beradi. Parlament vakillik va qonun chiqaruvchi idora bo‘lib, ijro hokimiyatini amalga oshirishda asosiy o‘rinni hukumat boshlig‘i egallaydi. Hukumat – Vazirlar Kengashi deb nomlanib, u parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob beradi. Germaniya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar parlamentar respublika shaklidagi davlatlar qatoriga kiradi.


Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling