O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Download 146.5 Kb.
bet6/12
Sana19.06.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1607197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat apparati

2.4 Davlat funksiyalarining tasnifi
Har qanday davlatning funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga bo‘lish mumkin. Davlat funksiyalarining ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linishi umumiy xarakterga ega. O‘z navbatida, davlatning ichki va tashqi funksiyalari ham turli-tuman bo‘ladi. Ichki funksiyada davlatning mamlakat ichidagi roli namoyon bo‘ladi. Davlat boshqa davlatlar qurshovida yashaydi. Shu bois boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda davlatning tashqi funksiyasi ro‘yobga chiqadi. Harakatining muddatiga ko‘ra davlat funksiyalari doimiy va muvaqqat funksiyalarga bo‘linadi. Doimiy funksiyalarga davlatga doimo xos bo‘lgan xususiyatlar, davlat muntazam shug‘ullanadigan vazifalar, masalan, ishlab chiqarishni boshqarish vazifasi, ya’ni davlatning iqtisodiy funksiyasi kiradi. Davlatning muvaqqat funksiyalariga esa ma’lum vaqt mobaynida muayyan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan vazifalar kiradi. Masalan, favqulodda holat e’lon qilingan davrdagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan funksiyalar vaqtinchalik tusga egadir. Ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra, davlat funksiyalari asosiy va qo‘shimcha turlarga bo‘linadi. Davlatning ichki funksiyalari – mamlakat ichki hayotini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Ichki funksiyaga quyidagilar kiradi: iqtisodiy funksiya, ijtimoiy funksiya, davlatning huquq-tartibotni muhofaza etish funksiyasi, tabiatni muhofaza qilish funksiyasi. Har bir davlat 82 iqtisodiyot sohasida muayyan vazifalarni bajaradi, ular, asosan, quyidagilardan iborat. Birinchidan, rivojlanayotgan iqtisodiyotni yaratish, ikkinchidan, iqtisodiyotni barcha sohalarini o‘zaro bog‘liqlik asosida rivojlantirish, uchinchidan, mehnat zaxiralarini oqilona joylashtirish, mehnatning yangi texnologiyalar, xalqning tarixiy an’analari va malakalariga mos keladigan sohalarini yaratish. To‘rtinchidan, samarali iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish. Beshinchidan, tadbirkorlikni rivojlantirish. Oltinchidan, aholini ish bilan ta’minlash. Ijtimoiy funksiya – bunda davlat shaxsni ijtimoiy jihatdan muhofaza etilishini, jamiyat barcha azolarining talablar darajasidagi moddiy-ma’naviy hayot sharoitlariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Ijtimoiy funksiyaga quyidagilar kiradi. Ijtimoiy boyliklarni taqsimlash, aholini eng kam muhofazalangan qismini (nogironlar, ko‘p bolali oilalar, keksalar, yetim-yesirlar) himoya qilish, pensiya ta’minoti kabilarni tashkil etish. Sog‘liqni saqlash, madaniyatni rivojlantirish, jamoat transportini tashkil etish, uy-joy qurilishi. Siyosiy funksiya – fuqarolarning siyosiy huquq erkinliklarini himoya qilish, qonuniylikni va huquqiy tartibotni ta’minlash, jamiyatda barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni ta’minlashdan iborat. Ma’naviy funksiya – jamiyat a’zolari ongiga milliy mafkurani singdirish, san’atni qo‘llab-quvvatlash, milliy madaniyani rivojlantirish, jamiyatning ma’naviy-axloqiy sog‘lomligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish. Moliyaviy funksiya — soliq to‘plash, jamiyat hayotining asosiy sohalarini moliyalashtirish, davlat budjeti ijrosi, bojxona nazorati va boshqalar. Qonunlarga rioya etish hamma uchun majburiy bo‘lgan, uni buzishga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan davlat faoliyati sohasidir. Huquqiy tartibotni va aholining huquqiy madaniyati hamda ongini yuksaltirish davlatning huquqiy tartibotni muhofaza etish funksiyasining mazmunini tashkil etadi. Huquqiy tartibot bilan bog‘liq faoliyatning markazida, eng avvalo, fuqaro, jamiyat a’zosi erkin inson sifatida shakllanishi va faoliyat yuritishi masalasi turadi. Davlat bu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi: – birinchidan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish; 83 – ikkinchidan, qonunlar ijrosini ta’minlash va ular ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish; – uchinchidan, fuqarolarni konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari amalga oshirilishini ta’minlaydigan qonunchilik kafolatlarini yaratish; – to‘rtinchidan, huquqni muhofaza qilish organlari tizimini shakllantirish va ularning samarali faoliyatini tashkil etish; – beshinchidan, qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash. Har qanday davlatning eng asosiy talabi — qonunlarni amalga oshirishga, qonunchilikni ta’minlashga mutasaddi bo‘lgan idora va shaxslarning qonunlarni aniq va og‘ishmay ijro etishlaridan iborat. Tabiatni muhofaza qilish funksiyasi — insoniyatni o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy boyliklardan yovuzlarcha foydalanish, odamlar istiqomat qiladigan joylar hayot uchun xavfli falokat mintaqalariga aylanib ketishi natijasida tabiat bilan inson o‘rtasidagi muvozanat buzildi. Masalan, O‘zbekistonda Orolning qurib borayotganligi, qishloq xo‘jaligida ekologik zararli moddalarni ishlatish, aholi yashaydigan hududlarda zararli ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish, yerdan oqilona foydalanish qonunlarini buzish tabiiy ekologik vaziyatni izdan chiqardi. Shu munosabat bilan davlatning ekologik funksiyasi alohida e’tibor kasb etmoqda. Davlatning tabiatni muhofaza qilishga oid funksiyasi quyidagi vazifalardan iborat. Jumladan, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishga, atrof-muhitga zarar yetkazishga va ekologik vaziyatni yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik. Ikkinchidan, jahon hamjamiyati davlatlari ishtirokida ekologik sharoitlarini sog‘lomlashtirish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi ekologik nomaqbul oqibatlarni bartaraf etish. Uchinchidan, samarali ekologik qonunchilik tizimini shakllantirish va tegishli davlat organlarini tuzish. Davlatning tashqi funksiyasi – uning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Davlatni tashqi funksiyasiga quyidagilar kiradi. Turli davlatlar bilan tinch-totuv yashash, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish, mamlakatni boshqa davlatlar hujumidan mudofaa etish va jahonda tinchlikni mustahkamlash ishlarida faol qatnashish kabilar. Jamiyatning hozirgi zamon taraqqiyot darajasi barcha davlatlarning xo‘jalik, siyosiy, madaniy hayot sohalarida hamkorlik qilishni talab qiladi. Iqtisodiy hamkorlikda eng muhim o‘rinni xalqaro mehnat 84 taqsimoti, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, eng yangi texnologiyalari bilan almashish, kredit-moliya aloqalarini rivojlantirish va tovar aylanmasini muvofiqlashtirib turish kabilar egallaydi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari: Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Xalqaro taraqqiyot banki va boshqalar olib boradi. Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasi. Davlatchilik taraqqiyotining barcha bosqichlarida bu funksiya, uning ahamiyati g‘oyat katta bo‘lib kelgan. Zero, hamisha mamlakat ozodligi va mustaqilligini tashqi tajovuzlardan himoya qilishning obyektiv zarurati mavjud bo‘lib kelganligi ma’lum. Mamlakat mudofaasi funksiyasi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va harbiy vositalar bilan amalga oshiriladi. Davlat mudofaa faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: – birinchisi, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash. Mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, eng avvalo, mudofaa salohiyatini yuksaltirish; – ikkinchisi, qurolli kuchlarni doimiy takomillashtirib, ularning jangovar qudrati va jangovar tayyorgarligini oshirib borish; – uchinchisi, davlat chegaralarini muhofaza qilish; – to‘rtinchisi, qurolli kuchlarning harbiy ta’limi; – beshinchisi, fuqaro mudofaasini tashkil etish. Istiqlol davrida O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplari yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining huquqiy asoslari Konstitutsiyaning maxsus bobida, 1991-yil, 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunda va 1996-yil, 26- dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi qonunda o‘z aksini topgan. Suveren davlat sifatida mustaqil davlat siyosatining ishlab chiqilishi va uni amalga oshirishda tegishli funksiyalar ro‘yobga chiqmoqda. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarda o‘z aksini topayotgan iqtisodiy siyosat pirovard natijada demokratik o‘zgarishlar kiritish, kuchli suveren huquqiy davlatni barpo etish uchun mustahkam moddiy negizni yaratishga yo‘naltirilgandir. Shu vazifalardan O‘zbekiston davlatining ichki va tashqi funksiyalari kelib chiqadi. 85 Ichki funksiyalarga quyidagilar kiradi: 1. Huquqiy tartibni ta’minlash, inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish funksiyasi; 2. Iqtisodiy funksiya; 3. Soliqlarni undirish funksiyasi; 4. Ijtimoiy himoya funksiyasi; 5. Tabiatni muhofaza qilish funksiyasi; 6. Barcha shakllardagi mulklarni himoya qilish funksiyasi; 7. Madaniy-ma’rifiy funksiya. Tashqi funksiyalarga quyidagilar kiradi: 1. Mamlakatni mudofaa qilish; 2. Xalqaro miqyosda iqtisodiy va siyosiy hamkorlik; 3. Xalqaro tartibni qo‘llab-quvvatlash. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning davlat mustaqilligini 170 dan ortiq davlat tan oldi, ulardan 120 tasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Toshkentda 44 ta davlatning elchixonalari hamda 20 ta yirik xalqaro tashkilot vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlarda 40 ta vakolatxonasi (jumladan 28 tasi elchixona) ochilgan. Bugun O‘zbekiston 60 ta nufuzli xalqaro tashkilotlarning to‘laqonli a’zosi bo‘lib, ularning faoliyatida faol ishtirok etmoqda.


Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling