O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Download 146.5 Kb.
bet5/12
Sana19.06.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1607197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat apparati

2.3 Davlat funksiyasi tushunchasi
Davlat o‘z oldida turgan vazifalarni bajarish uchun faol, qat’iy harakat qiladi. Davlatning mazkur harakatlarini, butun faoliyatini ta’riflash uchun yuridik fanda “davlat funksiyasi” degan ibora kiritilgan. Davlatning vazifalari va funksiyalarini to‘la tushunib olish, tahlil eta bilish uning mohiyatini yanada kengroq, chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Davlatning mohiyati uning funksiyalarida yana ham yorqinroq namoyon bo‘ladi. Davlatning funksiyasi – bu davlat oldida turgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Olimlarning davlat funksiyasiga bergan ta’riflarida jiddiy farq yo‘q, ularning hammasi ham davlat funksiyasini uning faoliyati yo‘nalishi bilan bog‘laydilar. Davlatning vazifasi va funksiyasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki ma’nodagi tushunchadir. Har bir davlatning vazifasi u amalga oshiradigan bosh asosiy yo‘lni belgilaydi, butun faoliyatini ana shu vazifalarni hal etishga qaratadi. Davlatning funksiyalari esa davlatning vazifalaridan kelib chiqadi. Davlatning vazifalariga muvofiq amalga oshiriladigan harakatlar, faoliyat ularning funksiyalarini tashkil etadi. Davlat funksiyalari jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tarkibidan, ijtimoiy guruhlar, jamoalar, xalq manfaatlaridan kelib chiqadigan maqsad va vazifalarning hal qiluvchi ta’siri ostida shakllanadi. «Davlat funksiyasi» nafaqat siyosiy mazmundagi va boshqaruvga oid tushuncha, balki yuridik ma’nodagi hodisadir. Chunki, funksiyalar asosan huquqiy shakllarda amalga oshiriladi. Yuridik adabiyotlarda davlat funksiyalarini amalga oshirish shakli deganda: – birinchidan, davlat mexanizmi asosiy bo‘g‘inlarining faoliyati tushuniladi; – ikkinchidan, davlat funksiyalarini amalga oshirishning tashqi ko‘rinishi, belgilari, tartibi tushuniladi. Dastlabki mezonga ko‘ra, davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllari quyidagicha: 1) qonun ijodkorligi; 2) boshqaruv (ijro etish); 3) sud faoliyati; 4) nazorat faoliyati. Qonun ijodkorligi faoliyati orqali davlatning yuqori vakillik organlari jamiyatdagi barcha subyektlar bajarishi majburiy bo‘lgan qonunlar yaratadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlar ikki palatali parlament – Oliy Majlis tomonidan yoki referendum 79 orqali qabul qilinadi. Qonunlarni qabul qilishdan maqsad jamiyatga rahbarlik qilish, undagi barcha ijtimoiy munosabatlarni ijtimoiy taraqqiyot manfaatlari yo‘lida huquqiy tartibga solishdan iborat. Boshqaruv (ijro etish) faoliyati vositasida davlatning ko‘pgina funksiyalari bajariladi. Chunki, ijroiya hokimiyat davlatning muhim bo‘g‘ini bo‘lib, jamiyat hayotini tashkil etishda salmoqli o‘rin tutadi. Mazkur hokimiyat davlat organlarining asosiy qismini, mansabdor shaxslarning eng ko‘p sonini o‘z ichiga oladi. Ijroiya hokimiyatning asosiy vazifasi – qonunlar ijrosini ta’minlash, keng miqyosda boshqaruv va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirishdan iborat. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining ijro hokimiyati organi – Hukumat hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy-madaniy sohaning faoliyatiga rahbarlik qiladi; mamlakat qonunlarining, parlament palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi: – iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy vazifalarni bajaradi; – mulkchilikning barcha shakllarini uyg‘unlashtiradi, ularning tengligini ta’minlaydi; – bozor iqtisodiyotining huquqiy qurilishini ro‘yobga chiqarish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoit yaratadi, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga ko‘maklashadi; – respublika budjetini shakllantiradi va ijro etadi, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va milliy dasturlarini ishlab chiqadi va ularning ijrosini ta’minlaydi; – fan va texnika sohasini boshqaradi; – fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish choralarini ko‘radi, shuningdek, boshqa ijroiya funksiyalarni bajaradi. Sudlov faoliyati. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida, mustaqil shoxobchalaridan biri bo‘lib, jamiyat hayotida odil sudlovni amalga oshirishga safarbar etilgandir. Odil sudlov – davlat faoliyatining maxsus yo‘nalishi bo‘lib, bunda vakolatli sud muassasasi (sudlar) huquq normalari talablarini buzishdan kelib chiquvchi nizoli holatlarni muhokama etib, ularni qonun doirasida hal etadi. Odil sudlovning oliy maqsadi – kuch va zo‘ravonlik g‘oyasini huquq ustuvorligi va adolat g‘oyalari bilan almashtirishdan iborat. 80 Nazorat faoliyati. Davlat apparatiga kiruvchi barcha davlat organlari tarkibida qonunchilik va huquqiy tartib-intizom ustidan nazorat yurituvchi tuzilmalar mavjud. Ushbu tuzilmalar o‘z tasarruflari va vakolatlariga kiradigan sohada nazorat faoliyatini amalga oshiradi. Davlat nazorati tizimida prokuror nazoratini, soliq nazoratini, bojxona nazoratini, sud nazoratini, ekologiya nazoratini, sanitariya-epidemiologiya nazoratini, tog‘-kon sanoati nazoratini, iste’mol mahsulotlari ustidan (sertifikatlash) nazoratini va boshqa turdagi nazorat faoliyati turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Davlat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllari deyilganda, davlat organlarining o‘z tashqi belgi va xususiyatlariga ko‘ra bir turdagi faoliyati tushunilib, bu faoliyatning oqibatida albatta muayyan huquqiy hujjat (akt) qabul qilinadi. Davlat funksiyalarini amalga oshirishning quyidagi shakllarini ko‘rsatish mumkin: – huquqni ijod qilish (qonun ijodkorligi faoliyati); – huquqni ijro etish (ijroiya-farmoyish berish faoliyati); – huquqni qo‘riqlash (odil sudlov nazorat faoliyati). Davlat va uning organlari o‘z funksiyalarini ma’lum metod (usul)lar vositasida amalga oshiradi. Ushbu usullar qatoriga – ishontirish, majbur qilish, rag‘batlantirish singarilar kiradi. Davlatning har bir aniq funksiyasi davlat hokimiyatini amalga oshirishning mazmuni, shakli va usullari uzviyligida namoyon bo‘ladi. Davlat funksiyalarining asosiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi: – funksiyalar davlatning mohiyati va ijtimoiy holati bilan bevosita bog‘liq; – ular o‘zgaruvchan tabiatga ega bo‘lib, davlatning shakllanishi, mustahkamlanishi va rivojlanishiga yo‘naltirilgan. Har bir tarixiy davrda davlatning o‘ziga xos muayyan funksiyalari bo‘ladi. Hokimiyat tepasiga boshqa siyosiy kuchlarning kelishi bilan davlatning mohiyati va unga mos funksiyalari ham o‘zgaradi. Jamiyatda ustuvor manfaatlar almashganda ham davlat funksiyalarining o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Masalan, urush davrida davlatning mudofaa funksiyasi birinchi o‘ringa chiqadi yoki bozor munosabatlariga o‘tishda davlatning iqtisodiy funksiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Funksiyalarning mazmuni davlat rivojlanishining muayyan bosqichlarida o‘zgarishi mumkin. Davlat 81 funksiyalarining o‘zgarishi, ayniqsa, tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, inqiloblar davrida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Davlatning har bir taraqqiyot bosqichiga muayyan funksiyalar to‘g‘ri keladi. Masalan, hozirgi zamon davlatlarining barchasida iqtisodiy funksiyalar mavjud. Ammo ularning mazmuni, shakllari, amalga oshirish usullari turlicha bo‘lishi mumkin. Har bir ijtimoiy taraqqiyot bosqichiga o‘ziga xos funksiyalar to‘g‘ri keladi. Shu bois davlat yangi bosqichdagi rivojlanishga o‘tar ekan, o‘z vazifalarini to‘la yoki qisman o‘zgartirishi mumkin. Davlatning yangi funksiyalari paydo bo‘lib boradi, ammo avvalgilari ham izsiz yo‘qolmaydi, ular yangi mazmun bilan boyiydi. Bu holni har qanday davlatning taraqqiyotida kuzatish mumkin.


Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling