O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Download 146.5 Kb.
bet4/12
Sana19.06.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1607197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat apparati

2.2 Davlatning tuzilish shakli
Davlatning tuzilish shakli deganda, u davlatni siyosiy, ma’muriy, hududiy tuzilishi va uni oliy organlari bilan mahalliy organlari o‘rtasidagi aloqalar nazarda tutiladi. Davlat tuzilish shakli ikkiga bo‘linadi: oddiy (unitar); murakkab (federativ va konfederativ). Oddiy (unitar) davlat tuzilishida ma’muriy hududiy qismlarga (viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo‘linib, u yagona oliy organga, yagona boshqaruv organlari tizimiga, bitta Konstitutsiyaga yagona fuqarolikka, muayyan hududga, davlat chegarasiga, yagona armiyaga va qonunchilik tizimiga ega bo‘lgan davlatdir. Masalan, Fransiya, Italiya, Ukraina, Qozog‘iston kabi davlatlar unitar davlatlar hisoblanadi. Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar mavjud bo‘lmaydi. Unitar davlatlar ichidagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududiga o‘z ta’sirini tanho o‘tkazadi. Federativ davlat – teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvidan iborat. Federativ davlat tarkibiga kiruvchi subyektlar o‘zining qonun chiqaruvchi organlariga, o‘z hukumatiga, sud organlariga ega bo‘lgan bir necha davlat tuzilmalari ittifoqidan iborat bo‘ladi. Federativ davlat belgilari quyidagilardan iborat: 72 Birinchidan, uning hududi subyektlar hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federatsiya va subyektlar miqyosida ikki pog‘onali bo‘ladi. Federatsiya va uning subyektlarining vakolatlari federatsiya konstitutsiyasida belgilab qo‘yiladi. Uchinchidan, ikki fuqarolik mavjud bo‘lib, u har bir fuqaroning bir vaqtning o‘zida ham federativ davlat fuqarosi, ham federatsiya subyekti fuqarosi ekanligini bildiradi. Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlar ixtiyoriy ravishda birlashib, markazlashgan davlatni tashkil qiladi. Federatsiyada barcha a’zolar nomidan markaziy idoralar mamlakat ichki va tashqi siyosatida yagona ish olib boradi va uning manfaatlarini himoya qiladi. Masalan, dunyoda hozirgi kunda yigirmadan ortiq federativ shakldagi davlatlar mavjud. Bular Rossiya, Braziliya, Hindiston, Germaniya, AQSH, Shveysariya, Meksika, Kanada va boshqalar. Konfederatsiya – bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil davlatlarning ko‘ngilli ittifoqidir. Uning belgilari quyidagilardan iborat: 1) konfederatsiya muayyan maqsadlarga erishishi uchun birlashgan mustaqil davlatlarning ittifoqi; 2) barqaror bo‘lmagan siyosiy tuzilma; 3) yagona hududning bo‘lmasligi; 4) yagona fuqarolikning o‘rnatilmasligi; 5) konfederatsiya subyektlari undan erkin holatida chiqib ketishi mumkinligi; 6) konfederatsiya subyektlari qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaslik huquqiga egaligi; 7) konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalarni hal etish kirishi; 8) konfederatsiya budjeti uning a’zolari ixtiyoriy badallaridan tashkil topishi. Hozirgi vaqtda Yevropaning 15 ta davlatini birlashtirgan Yevropa ittifoqi davlatlarining hamdo‘stlik konfederatsiyasi mavjud. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi konfederatsiya emas.

Siyosiy rejim – davlat hokimiyatini amalga oshirishda foydalaniladigan tartib va usullarning yig‘indisi. Siyosiy rejim tushunchasi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi yondashuvda siyosiy rejim barcha siyosiy hayot, umuman jamiyat siyosiy tizimi hodisalarining namoyon bo‘lishi va tartibi tushuniladi. Tor ma’nodagi yondashuv esa siyosiy rejimni faqat davlat hayoti, davlat hokimiyatini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq hodisalar va usullar namoyon bo‘lishi tarzida talqin etadi. Har bir mamlakatda davlat hokimiyati o‘ziga xos xususiyatlarga ega, shu bois siyosiy rejim ham turlicha qaror topadi va namoyon bo‘ladi. Biroq siyosiy rejimni muayyan belgilariga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin: avtoritar va demokratik rejimlar. Avtoritar siyosiy rejimni izohlaydigan asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: – fuqarolarning huquq va erkinliklarining cheklanganligi, bekor qilinganligi yoki umuman yo‘qligi; – davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining cheklanganligi, tugatilganligi yoki umuman taqiqlanganligi; – davlat hokimiyati ustidan xalq nazoratining yo‘qligi, ularning yashirin usullar bilan shakllantirilishi; – butun hokimiyatning yagona shaxs (bir organ yoki bir necha shaxs) qo‘lida to‘planganligi; – davlat hokimiyatini amalga oshirishda ma’muriy – buyruqbozlik, ba’zan terrorchilik (o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik) usullarining qo‘llanilishi; – taraqqiyparvar siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari faoliyatining taqiqlanganligi, cheklanganligi yoki tarqatib yuborilganligi; – siyosiy monizm, ya’ni yakka mafkuraning ustunligi, uning davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilganligi; – fuqarolik jamiyatining mavjud emasligi, uning institutlarining cheklanganligi, ijtimoiy manfaatlarni ifodalash imkoniyatlarining taqiqlanganligi. Davlat va huquq nazariyasida avtoritar rejimning despotik, tiraniya, totalitar, fashistik va h.k. tarixiy turlari farqlanadi. Demokratik siyosiy tartibda davlat fuqarolarning huquq va 74 erkinliklarini ta’minlash, aholini turli jamoat tashkilotlariga birlashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xalq ishtirokida saylash, davlatni boshqarishda keng xalq ommasining ishtirok etishi ta’minlanadi. Demokratik tartib ikki shaklda amalga oshiriladi: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya. Vakillik demokratiyasida xalq o‘zi saylagan deputatlari orqali davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni muhokama qilish, hal etish haqida qaror qabul qilish va davlatni idora etishda qatnashadi. Bevosita demokratiyada davlatni idora etishda xalqning bevosita ishtiroki ta’minlanadi, ya’ni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalarni hal etishda umumxalq ovoziga qo‘yish (referendum)ni amalga oshirish mumkin. G‘ayridemokratik siyosiy tartib demokratik usulga qarshi bo‘lib, totalitar, avtoritar va fashistik shaklda bo‘ladi. Totalitar usulda davlat boshqaruvi markazlashgan va buyruqbozlik asosida bo‘ladi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari ta’minlanmaydi, barcha davlat hokimiyati yagona diktatura tarzida amalga oshiriladi. Masalan, sobiq Ittifoq yagona kommunistik partiya diktaturasi asosida boshqarilgan. U totalitar davlat bo‘lib, oxir-oqibat inqirozga uchradi. Demokratik siyosiy rejimning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: – fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarining mavjudligi; – davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalq ekanligi; – vakillik hokimiyat organlarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi; – siyosiy qarorlar qabul qilinishi ustidan xalq nazoratining o‘rnatilganligi; – hokimiyat vakolatlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud o‘rtasida taqsimlanganligi; – davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga qonunsiz aralasha olmasligi; – huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatining qonunga to‘la asoslanganligi; – jamoat birlashmalari tizimining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish idoralarning mavjudligi; 75 – siyosiy partiyalarning muholifatda bo‘lish erkinligining ta’minlanganligi; – siyosiy plyuralizm qaror topganligi – turli ijtimoiy guruhlar o‘z manfaat (fikr)larini erkin ifodalash imkoniyatiga egaligi; – fuqarolik jamiyatining shakllanganligi. Demokratik siyosiy rejim doirasida liberal yoki liberaldemokratik rejim turlari farqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, davlatni boshqarishda prezidentlik instituti joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi boshqaruv shakli bo‘yicha Prezidentlik Respublikasi shaklidagi davlat, tuzilish shakli bo‘yicha oddiy – unitar davlatdir, siyosiy rejimiga ko‘ra, demokratik tartibdagi davlat. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kunidan boshlab hozirgi kunga qadar o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu Prezidentimiz I.A. Karimovning: «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» risolasida ham ko‘rsatib o‘tilgan. Bu risolada yosh suveren davlat rivojlanishining besh tamoyili belgilab berilgan: iqtisodning siyosatdan ustunligi, davlat bosh islohotchi, qonun ustuvorligi, islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va kuchli ijtimoiy siyosat. Unga ko‘ra O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lida umuminsoniy qadriyatlarni qayta tiklash, inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini tan olish asosida xalqaro va sharq milliy davlatchilik tajribalariga asoslanib, kelgusida demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etadi. 1991-yilning 31-avgust kuni o‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshdi – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Respublika butun ko‘pmillatli aholisining irodasi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlandi hamda umumxalq referendumida yakdil tasdig‘ini topdi. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan darhol respublikada demokratik huquqiy davlat asoslari vujudga keltirila boshlandi. Respublikada amalda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov hokimiyatlariga bo‘linishi tamoyili amal qilmoqda. Ikki palatali parlamentning qaror topishi (2004-yil, dekabr – 2005-yil, yanvar) davlatchiligimiz taraqqiyotida yangi bosqichni 76 1 Êàðèìîâ È. À. ¤çáåêèñòîí: ìèëëèé èñòè³ëîë, è³òèñîä, ñè¸ñàò, ìàôêóðà. 1-æèëä. – T.: «¤çáåêèñòîí», 1996. 40-bet. boshlab berdi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining huquqiy asosini vujudga keltirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Bularning hammasi qonun chiqarish ishini yanada faol yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Davlat boshqaruvining yangi tizimi shakllandi. Boshqaruvning prezidentlik respublikasi shakli bu tizimning o‘zagi bo‘ldi. Joylardagi boshqaruv tizimida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlik lavozimlari joriy etildi. Qonun ustuvorligini, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlovchi sud hokimiyatini qayta tashkil etish va vakolatlarini yanada kengaytirish ishlari faol olib borilmoqda. Prezident I. A. Karimov «O‘zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to‘plangan va respublika sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan shak-shubhasiz samarali foydalanadi», – deb ta’kidladi1 .


Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling