O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Davlat mexanizmining tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari


Download 146.5 Kb.
bet8/12
Sana19.06.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1607197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Davlat apparati

2.6 Davlat mexanizmining tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari
Davlat mexanizmining tashkil etilishi va faoliyat yuritishi muayyan bir rahbariy g‘oyalar, ya’ni prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Davlat mexanizmining prinsiplari ularning to‘g‘ri faoliyat yuritishida yo‘llanma beruvchi vazifani o‘taydi. Shuningdek, mazkur prinsiplar davlat apparatining harakat doirasini va mezonini belgilab beradi. Davlat mexanizmi faoliyati va uni tashkil etishning asosiy prinsiplari: 1. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlatning uchta asosiy tayanchidir. Davlat mexanizmini qurish muayyan obyektiv tamoyillar asosida amalga oshadi, bu esa jamiyatni davlat tomonidan idora etishning samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi vakolatlar ayni bir odamning qo‘lida yoki ayni bir idorada jamlangan bo‘lsa, erkinlik mavjud bo‘lmaydi, zero, monarx yoki senat noto‘g‘ri qonunlar qabul qilishi va ulardan johillarcha foydalanishi mumkin. Hokimiyat vakolatlarini bo‘linishining bosh ma’nosi – ijtimoiy-siyosiy kuchlar orasidagi hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishidir. Bundan maqsad – hokimiyatni suiiste’mol qilishning imkoniyati bo‘lmasligi, hokimiyatlar bir-birlarini muayyan muvozanatda ushlab va cheklab turishidir. 2. Inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarining ustuvorligi prinsipi. Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olinishi prinsipidan kelib chiqqan holda davlat apparati o‘z faoliyatini amalga oshirishi lozim. Davlat organlarining tashkil etilishdan asosiy maqsadi ham inson, uning manfaatlari va ehtiyojlarini ta’minlash, ularni himoya qilish va rioya etishdir. Davlat apparati o‘z faoliyatida turli davlat organlarining normativ – huquqiy hujjatlarni qabul qilish davrida inson huquq va erkinliklarini birlamchi ekanligidan, hech qaysi bir organ inson huquq va erkinliklariga zid hujjatlar chiqarishi mumkin emasligini kafolatlaydi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 90 ham davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashi e’tirof etilgan. Har qanday demokratik huquqiy davlatda inson huquqlari oliy qadriyat sifatida tan olinadi va ulug‘lanadi. 3. Demokratizm prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati) tashkil etilishi demokratik prinsip asosida amalga oshiriladi. Chunki, davlatning qonun chiqaruvchi organlari xalq tomonidan saylash orqali tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat O‘zbekiston xalqi tomonidan yashirin ovoz berish asosida saylanadi va shu demokratik tartibda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi shakllantiriladi. Xuddi shu kabi Oliy Majlisning Yuqori palatasi bo‘lgan Senat ham xalq vakillarining ishtirokida tashkil etiladi. Senatdagi mavjud 100 nafar senatorning 16 nafarini Prezident tayinlasa, 84 nafarini viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 nafardan mahalliy vakillik organlari deputatlari yig‘ilishida saylanadi. Ijro etuvchi hokimiyat – Hukumat ham xalq tomonidan saylangan Prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidan tashkil qilinadi. Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi va Konstitutsiyaviy sudlarning raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, sudyalari ham Oliy Majlisdagi xalqning vakillari bo‘lgan senatorlar tomonidan saylanadi. Davlat mexanizmi (apparati) xalqning ishtirokida shakllantiriladi, xalq hokimiyatini ifodalaydi, u ham o‘z faoliyatida faqatgina xalq manfaatlariga xizmat qiladi. 4. Pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish (ierarxiya) prinsipi. Ierarxiya – bir-biriga o‘zaro bo‘ysunuvda bo‘lish degan ma’noni anglatadi. Ierarxiya – pog‘onama-pog‘ona, piramida, o‘zaro bo‘ysunuvdagi kabi so‘zlar bilan bir ma’noni anglatadi. Pog‘onama-pog‘ona joylashish prinsipining mazumuni shundaki, davlat organlari tuzilishining bir shakli bo‘lib, yuqori davlat organlarining vakolatlari quyi organlarning vakolatlariga nisbatan ko‘proq bo‘ladi hamda ular quyi organlarning faoliyatiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi oliy organlarining qarorlari mamlakatning butun hududida quyi turuvchi barcha organlar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy. Masalan, 91 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishi Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun majburiy ahamiyatga ega. Shuningdek, tuman hokimi chiqargan qarorni viloyat hokimi, viloyat hokimining qarorini Bosh vazir bekor qilishga haqli. 5. Oshkoralik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar o‘z faoliyatini oshkoralik asosida amalga oshiradilar. Qonun chiqaruvchi organ – parlament faoliyati jarayonida qabul qilinayotgan qonunlar loyihasini yoki qabul qilgan qonunlar matnini ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa e’lon qilinishi hamda xalqni qonunlardan xabardor etilishi oshkoralik ifodasidir. Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat tomonidan qabul qilingan farmoyish va qarorlarning to‘plamlarda chop etilishi hamda sud organlari tomonidan chiqarilgan hukmlar (davlat va oila siri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bundan mustasno) va qarorlar haqida ma’lumotlar bilan ham xalqning tanishishi uchun ochiq bo‘lishidir. Oshkoralik davlat apparati faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi lozim. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari davlat apparati faoliyati haqida doimiy ravishda kundalik axborotlarini e’lon qilib turishi, xalqning jamiyatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lib turishi maqsadga muvofiq sanaladi. 6. Qonuniylik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ning tashkil etilishi qonun yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat apparatining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan qonun chiqaruvchi organ – Oliy Majlis, ijro etuvchi organ – Vazirlar Mahkamasi va sud organlari – Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi va Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi tegishli qonunlari qabul qilingan. Mamlakatimizdagi barcha davlat organlari qonun asosida tashkil etilgan va qonun asosida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida nooshkora, maxfiy va harbiy tashkilotlar tuzish taqiqlangan. Shuningdek, davlat organlari o‘z faoliyatini qonun asosida amalga oshirishi shart. Har qanday davlat organlarining qonunlarda belgilab qo‘ygan vakolatlardan chetga chiqishi mumkin emas. 7. Professionalizm prinsipi. Davlat apparati xizmatchilari o‘z 92 sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lib, ular maxsus malaka va bilimga, yetarli tajriba va amaliy o‘quvga ega bo‘lgan xodimlar hisoblanadi. Davlat apparatida xizmat qilayotgan xodimlar dastlab mazkur soha bo‘yicha quyi organlarda xizmat qilgan, ushbu sohada boy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis xodim bo‘lishi shart. 8. Kollegiallik va yakkaboshchilikning birgaligi prinsipi. Davlat apparati organlari o‘z faoliyatini kollegiallik va yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi. Kollegiallik, ya’ni jamoaviy boshqaruv hisoblanib, Oliy Majlisning quyi palatasi deputatlari va yuqori palatasi senatorlarining xizmat faoliyatida yaqqol ko‘rinadi. Chunki ushbu organlar bamaslahat, muhokama tarzida bir-biri bilan hamkorlikda masalani hal etadilar. Masalan: Oliy Majlis qonun qabul qilishda bahamjihat ish tutadi. Yakkahokimlik yoki yakkaboshchilik prinsipida esa kollegiallikka o‘xshash umumning irodasi ro‘yobga chiqishi emas, balki xizmat sohasining yoki bo‘lim boshlig‘i o‘zining yakdil fikri asosida masalani hal qiladi. Masalan, Bojxona qo‘mitasi raisining tegishli masala yuzasidan yakka tartibda buyruq chiqarishi. 9. Saylanish va tayinlanishning uyg‘unligi. Davlat mexanizmi (apparati)ning tashkil etilishi saylanish va tayinlanish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida oliy vakillik idoralari – Qonunchilik palatasi deputatlarining barchasi, Senat a’zolarining aksariyat qismi, Oliy sud idoralarining rais va o‘rinbosarlari saylash orqali tashkil etiladi. Ijro etuvchi organlarning barchasi tayinlash tartibida shakllantiriladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti vazirlar va hokimlarni lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Davlat apparati mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar yuqorida qayd etib o‘tilgan prinsiplar asosida tashkil etiladi hamda ular o‘z faoliyatini mazkur prinsiplar asosida amalga oshiradilar. Davlat apparati nima ekanligini va uning nima ekanligini bilmasdan, sizni o'qimishli odam deb hisoblash mumkin emas. lm-fan sohasida "davlat apparati" tushunchasining bir necha xil ta'riflari shakllangan. Ularning o'rtasida tub farq yo'q; umuman aytish mumkinki, davlat apparati - bu davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar tizimining bir turi. Shunday qilib, hokimiyat davlat apparati orqali amalga oshiriladi. "Davlat mexanizmi" atamasi ko'pincha huquqshunoslikda sinonim sifatida ishlatiladi. Biroq, bu aynan bir xil narsa emas degan fikr bor: davlat apparati to'g'ridan-to'g'ri organlar va muassasalar tizimi sifatida tushunilishi kerak va davlat mexanizmi ostida - xuddi shu organlar amalda, ya'ni. boshqaruv faoliyati.
Davlat apparati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati orqali boshqariladi. Unda mansabdor shaxslar va umumiy va tarmoq vakolatlarining davlat organlari, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari mavjud.
Davlat apparati quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- ish haqini boshqarish bilan shug'ullanadigan professional davlat xizmatchilari, - jamiyat hayotining turli sohalarini tartibga soluvchi davlat idoralari va muassasalari ierarxiyasi, - moddiy resurslar.
Shuni tushunish kerakki, turli xil davlat tuzilmalari bo'lgan mamlakatlarda davlat apparati tuzilishi sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Masalan, totalitar davlatlarda hokimiyat ajratilishi va mahalliy o'zini o'zi boshqarish mavjud emas. Davlat apparati tuzilishi, shuningdek, mamlakatning siyosiy-hududiy tashkilotiga (unitarizm, federatsiya, konfederatsiya) bog'liqdir.
Zamonaviy demokratik davlatda davlat apparati, albatta, davlat boshlig'ini, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarini, davlat majburlov organlarini, qurolli kuchlarni va barcha turdagi ma'muriy tuzilmalarni o'z ichiga oladi.
Davlat apparati konstitutsiya, siyosiy sadoqat, mas'uliyat, maqbul tuzilish va yuqori professionallik kabi qator tamoyillarga amal qilishi shart.
Davlat apparati va mexanizmining bir xil emasligi shubha qoldirmaydi. Biroq, ko'p odamlar taqdim etilgan toifalar o'zaro qanday asosda farq qilishlarini tushunmaydilar. Davlat mexanizmi rasmiy organlar va muassasalar tizimi ekanligidan boshlash kerak. Bunday holda, barcha, istisnosiz, boshqaruv jarayoni sub'ektlari haqida aytiladi. Davlat apparati biroz boshqacha. Ushbu toifaga faqat o'ziga xos vakolatlar berilgan bo'lsa-da, mamlakat uchun muhim bo'lgan qarorlarni qabul qilmaydigan va ularning faoliyat doirasi tarmoq normativ-huquqiy hujjatlari doirasida cheklangan organlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, davlat apparati mamlakat mexanizmining bir qismidir. Ammo ushbu o'ziga xos toifalarning mohiyatini batafsilroq tushunish uchun siz ularning belgilarini tahlil qilishingiz kerak.
Davlat apparati hokimiyat mexanizmining bir qismi ekanligi uning o'z tizimiga ega emasligini anglatmaydi. Uning tuzilishi, shuningdek, bir-biriga bog'langan bir nechta elementlardan iborat. Ular orasida:

  • qonun chiqaruvchi hokimiyat organlari;

  • shtatning ijro etuvchi bo'limlari;

  • sud organlari;

  • turli xil maqsadli yo'nalishlarga ega bo'lgan nazorat qiluvchi va nazorat qiluvchi idoralar.

Ushbu organlar faoliyati davomida davlat hokimiyati amalda amalga oshiriladi. Davlatning mexanizmi va apparati, o'z navbatida, faqat uning rasmiy doirasidir.



Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling