O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya yoʻnalishi 21


Suvdagi asosiy ionlar va ularning kelib chiqishi


Download 401.68 Kb.
bet9/21
Sana04.04.2023
Hajmi401.68 Kb.
#1328926
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Indikator turlari

Suvdagi asosiy ionlar va ularning kelib chiqishi. Suvdagi asosiy inoalarga quyidagilar kiradi: Cl-, SO2-4, HCO-3, Na+, Mg2+, Ca2+ va К+. Bu ionlar suvning mineral tarkibining asosiy qismini tashkil etadi. Asosiy ionlar suvning ximiyaviy turini aniqlab beradi yoki uning makrokomponenti deyiladi.
Mikrokomponentlar esa suvda juda oz miqdorda uchraydilar va suvning kimyoviy turini belgilamaydilar. Bir qator komponentlar esa oraliq holatini egallaydi. Bular qatoriga Н+, NH+4, NO-3, H2SiO2.
Xlorid ionlari kuchli migrasiyaga moyil bo'lib u harakatlantiruvchi harakterga egadir. Xlorid ionlari qiyin eruvchi minerallar hosil qilmaydi, kolloid sistemalari bilan adsorbsiyalanmayli (tropik hududdagi qizil tuproqli erdan bo'lak) biogen yo'li bilan to'planmaydi. Natriy, magniy va kalsiyning xlorli tuzlarini eruvchanligi juda yuqoridir. Shu sababli xlorid ionlari hech qanday to'siqsiz suv orqali migrasiyalanadi. U barcha suvlarda uchraydi. Suv mineralizasiyasining oshishi xlorid ionlarining absolyut va nisbiy oshishini ta'minlaydi. Agar o'ta minerallashgan suv bo'lsa undagi xlor ionlari boshqa ionlarga nisbatan birinchi o'rinni egallaydi. Tabiiy suvlarga xlor ionlarining kelib tushishi manbai quyidagilardir:

  • Tog' dinslarining xlorli minerallari (galit, NaCl silvin KCl va boshq.)-vulqonlardan chiqadigan chiqindi.

  • Yog'ingarchiliklar - sanoat korxonalar va xo'jalikdan chiqadigan chiqindi suvlar

Sulfat ionlari-ham harakatlanuvchi bo'lib ammo xlorid ionlariga nisbatan biroz passivroqdir. Tuproqning kolloidlari deyarli SO2 - 4ni ushlay olmaydi, faqatgina yuqori namgarchilikka ega tropikdagi tuproqni musbat zaryadlangan temir va alyuminiyning gidrooksidlari bilan boyitgandagina sulfat ionlarini adsorbsiya qilish mumkin. Tabiiy suvlarda sulfat ionlarining bo'lishi suvdagi kalsiy (Сa2+) ionlarining qatnashishi bilan limitlanadi va nisbatan kam eruvchi СaSO4 hosil qiladi. Kislorod bo'lmasligi (anaerob muhitda) sulfat ionlari beqaror bo'lib tezda vodorod sulfidga aylanadi. Bunga asosiy sababi sulfat hosil qiluvchi bakteriyalardir va ularning faoliyati organik moddalar bor joyda rivojlanadi.
Yer usti va er osti suvlari uncha chuqur qoplamga ega bo'lmasa ularda albatta sulfat ionlari bo'ladi. Bu suvlarning juda chuqur qatlamlarida kislorod bo'lmaganligi sababli sulfatsiz suv bo'ladi. Suvda sulfatning bo'lishida cho'kindi jinslar sababchidir. Bu jinslarning tarkibini gips va angidridlar tashkil etadi. Unda tashqari sulfat ionlarining hosil bo'lishida vodorod sulfidining (N2S) oksidlanishi ham katta rol o'ynaydi. Cho'l sharoitlarida esa yuza va er osti suvlarining sulfat ionlari bilan boyishida tarkibida galitdan tashqari gips (СaSO4·2H2O) va mirobligi bor bo'lgan solonchaklarning ishqorlanishi asosiy rol o'ynaydi.

Download 401.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling