O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
5110300- “Kimyo o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi
4-kurs talabasi 01/19 gurux talabasi Ergasheva Zulfiyaxonning
“Kimyo o’qitish metodikasi” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Akademik litseylarda kimyodan amaliy mashg’ulotlarni tashkillashda faollashtiruvchi usullar”
“Tasdiqlayman” Ilmiy rahbar:
“Kimyo kafedrasi mudiri “Kimyo” kafedrasi o’qituvchisi
_________G’.Ochilov _________N.Kazimova
“____”__________2023 yil “____”__________2023 yil
Qo’qon-2023
MUNDARIJA:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Akademik litseylarda “Noorganik kimyo” kursini o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
2.2. Organik kimyo kursini modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanib o’qitish
2.3. Anorganik kimyo kursini o’qitishda didaktik o’yinli texnologiyalardan foydalanish
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida jamiyatimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham bir bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»ги qonunlarda O’zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya tizimini zamonaviy talablar darajasiga ko’tarish va ta’limning uzluksizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari va shart sharoitlari belgilab berildi.Ushbu maqsadda Respublikamizda yangi turdagi o’quv muassasalari bo’lgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida Prezident I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek,«Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. Biz o’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz»[1].
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish uchun ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali o’quvchilarning faol bilim olishlarini tashkil etish va ta’lim tizimining demokratik tamoyillariga tobora keng yo’l ochib berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |