O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va inovatsiyalar vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 0.72 Mb.
bet2/6
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1429820
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zulfiyaxon

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo’yicha ko’plab ishlar qilinlmoqda. Bu ishlar kimyo fanini o’qitishda ham o’z samarasini bermoqda. Lekin olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining aksariyati umumiy o’rta ta’lim yoki oily o’quv yurtlarida kimyo o’qitishni takomillashtirishga bag’ishlangan.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida kimyo o’qitishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish masalalari yaxshi o’rganilmagan.
Kursishning maqsadi.Akademik litseylarda kimyo o’qitish samaradorligini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali oshirish.
Tadqiqot ob’ekti. Akademik litseylarning tabiiy fanlar yo’nalishi talabalariga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida kimyo kursini o’qitish jarayoni.
Tadqiqot predmeti. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida kimyo kursini o’qitish jarayonida talabalarning mustaqil bilim olish faoliyati.
Tadqiqot farazlari. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida talabalarning kimyodan o’quv faoliatini tashkil etish va takomillashirish bo’yicha didaktik jihatdan to’g’ri hamda maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiriladigan tadbirlar ta’limning sifat va samaradorligini oshiradi.
Tadqiqot vazifalari.
-zamonaviy ta’lim texnologiyalari tizimida didaktik o’yinli, muammoli va modulli o’qitishning o’rnini ko’rsatib berish;
-didaktik o’yinli, muammoli va modulli o’qitish texnologiyalarining mohiyatini aniqlash;
-umumiy kimyo kursining ayrim mavzulari bo’yicha muammoli o’qitishga asoslangan dars ishlanmalarini yaratish;
-organik kimyo kursining “Uglevodorodlar”mavzulari oid modulli dastur shlab chiqish;
-noorganik kimyo kursining “Azot va uning birikmalari” mavzulari bo’yicha didaktik o’yinli dars senariysini ishlab chiqish.
Ishning ilmiy yangiligi: Akademik litseylarda kimyo fanlarini o’qitishning o’ziga xos tomonlari,mavjud muammolar o’rganilib,ularni uslubiy jihatdan to’g’ri hal etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars senariylari ishlab chiqildi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling