O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti «Texnologik mashina va jixozlar»


Download 199.01 Kb.
bet1/2
Sana23.11.2020
Hajmi199.01 Kb.
#150777
  1   2
Bog'liq
QUVURLARGA SHIPLARNI YIg'ISH VA RELEFLI KONTAKTLI PAYVANDLASH TEXNOLOGIK



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti
«Texnologik mashina va jixozlar»

kafedrasi

5320300 – «Texnologik mashina va jixozlar» yo`nalishi buyicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun

«Bosim ostida payvandlash »fanidan
KURS ISHI
Bajardi:«Texnologik mashina jihozlari» yo’nalishi 197-guruh talabasi
Isaqov I.
Qabul qildi: Qosimova M.
Andijon 2019-2020 o’quv yili

Mundarija:



1

Kirish.




2

Payvanlanadigan konstruksiya va uning materiallariga xarakteristika.




3

Kostuksiyaning detallarini tayyorlash. ……………………………




4

Quvurlarga shiplarni yig‘ish vа relyefli kоntаktli pаyvаndlаsh tеxnоlоgik jаrаyoni. ……………………………………………...




5

Payvandlash rejimi. ……………………………………………….




6

Payvand nuqsonlar va choklarini tekshirish. …………………….




7

Texnalogik jarayonni ketma-ketligi. ………………………………




8

Xulosa. ……………………………………………………………..




9

Foydalanilgan adabiyotlar. …………………………………………





Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Mamlakatni 2019-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2020-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturi”ning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamarsining kengaytirilgan majlisida avtomobil sanoati borasida ham to’xtalib o’tdi. O'zbekistonning avtomobil sanoati bugun - eng yuqori jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beruvchi, kezi kelganda esa yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun qayta moslashtiriladigan noyob va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o'nlab zamonaviy korxonalar demakdir. Mahalliy avtomobilsozlarimiz yaratgan avtomobillar bugun dunyodagi ko'plab davlatlarning yo'llarida o'zbek avtomobillarining ishonchliligini, sifatini va qudratini namoyon etib harakatlanmoqda.

Payvandlash texnikasi va texnologiyasi hozirgi ishlab chiqarishda yetakchi o`rinlardan birini egallaydi. Ulkan supertankerlarni korpusi va inson ko`zining to`r pardasi, yarim o`tkazgich asboblarning kichkina detallari va jarohlik operatsiyalarida odam suyaklari payvandlanadi. Hozirgi mashina inshoatlarning ko`pgina konstruksiyalarini masalan, kosmik reketalarni suv osti kemalarini, gaz va neft quvrlarini payvandlash yordamisiz tayyorlashning imkoni yo`q. Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish usullariga, jumladan payvandlash texnologiyasi tobora yangi talablar qo`ymoqda. Kecha yaqinda g`alati hisoblangan materiallar payvandlanmoqda. Bularga titan, noibiy berelliyli qotishmalar, molibden, volfram, o`ta mustahkam turli qotishmalar kiradi. Elektronikaning bir necha metr qalinlikdagi detallari va og`ir jixozlarning bir necha metr qalinlikdagi detallari payvandlanadi. Payvandlash ishlari bajariladigan sharoitlar doimo murakkablashib bormoqda: suv ostida, yuqori haroratda, yuqori vakuumda, radiatsiya oshgan sharoitda, vaznsizlikda payvandlashga to`g`ri keladi. Payvandlashda yig`ishdan keying ikkinchi texnologik jarayon bo`lib qolgani bejiz emas, buni kosmonavtlarimiz dunyoda birinchi bo`lib qosmosda sinab ko`rdilar.

Mehnat unumdorligini oshirish zaruriyati payvandlash ishlab chiqarishning mexonizatsiyalashtirish va avtomatlshtirish darajasini yuksaltirishga uning yangi mashinalar va agregatlari bilan jihozlanishiga olib keladi, bularsiz hozirgi kunda mahsulotlarning ko`pgina turlarini seriyalab ishlab chiqarishni tasavvur qilib bo`lmaydi. Bunga avtomobil zavodlaridagi avtomatik payvandlash liniyalari yaqqol misoldir. Payvandlash ishlab chiqarishiga robotlar faol joriy etilmoqda, bu esa detallarni payvandlash ishlarini payvandlovchi ishchining ishtirokisiz to`la avtomatlashtirishga imkon beradi.

Ushbu kurs loyihani bajarish jarayonida konstruksiyalarni tayyorlashda eng to`g`ri bo`lgan payvandlash usulini, payvandlash materiallarini tanlash, tanlangan usul yordamida konstruksiyani payvandlash rejimlarini hisoblash, konstruksiyani yigish uchun jixoz tanlash, payvand chok sifatini tekshirish haqida umumiy ma`lumotlar berib o`tilgan. Shuningdek, konstruksiya haqida internet ma`lumotlar va xulosalar keltirilgan.

2. Payvanlanadigan konstruktsiya va uning materiallariga

xarakteristika.

Korroziyabardosh po’latlar. Korroziyabardosh po’latlarga 0X18N10T, 0X18N10T, 0X18N10T, X18N10T, X18N9, X18N9T, 0X18N12T, 1X16N13V, X18N12T va boshqa po’latlar kiradi.

0X18N10T, 0X18N10 vaX18N10T po’latlar, chok metali kristallitar okorroziyaga qarshi chidamli bo’lish talab qilinmagan hollarda payvandlanadi.

X18N9, X18N9Tpo’latlari, chok metaliga kristallitar korroziyaga qarshi chidamlilik talab qilinadigan hollarda yoki payvand birikmasi 350 S gacha haroratda ishlatiladigan bo’lsa (agressiv muhit bo’lmaganida 250 dan 800 S gacha haroratda ishlatilsa) OZL-8 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvand choklarida ferrit faza miqdori 3,5 dan 8,5% gacha bo’ladi.

0X18N10T, 0X18N9T, 0X18N12T, 0X18N12V, 1X21N5T, 1X16N13B po’latlari agar payvand choki metaliga kristallitaro korroziyaga qarshi chidamlilik jihatidan yuqori talablariga qo’yiladigan bo’lsa, StL-11 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvand choklarida ferrit faza miqdori 2,5dan 7% gacha bo’ladi.

X18N10T, X18N9T po’latlari, agar payvand choklari 560 S gacha haroratlarda ishlatilsa yoki chok metaliga kristallitaro korroziyaga qarshi yuqori talablar qo’yilsa, ZIO-3 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvand chokida ferrit faza miqdori 2,5 dan 5% gachabo’ladi.

Olovbardosh po’latlar. Bu guruhga X25T, X28, X23N18, X23N13, X20N14S2, X25N20S2 va boshqa po’latlar kiradi. Agar payvandlanuvchi buyumlar 1150S gacha haroratlarda ishlatiladigan bo’lsa, (oltingururt gazi bo’lmagan muhitlarda va siklik o’zgarishlar bo’lmaganda) X25T va X28 po’latlari OZL-6 elektrodlari bilan qisqa yoy yordamida payvandlanadi. Metall chetlari payvandlashga faqat mexanik usulida tayyorlanadi. Ferrit faza miqdori 2,5 dan 10% gacha bo’ladi. Agar payvandlanadigan buyumlar 850 S haroratdan yuqori haroratlarda ishlatiladigan bo’lsa, X23N18 X25T va X28 po’latlarni StL-25 elektrodlari bilan payvandlanadi. Kengligi elektrod diametridan uch martadan ortiq bo’lmagan valiklar tarzida payvandlanadi. Kraterlarni qisqa tutashuv yo’li bilan to’ldiriladi. Ferrit miqdori 3 dan 9% gacha bo’ladi.

900-1100 S gacha haroratlarda ishlatiladigan X25T, X28, X23N13, X23N18 po’latlarn iOZL-4 elektrodlari bilan eng qisqa yoy vositasida payvandlaniladi. Chetlarni faqat mexanik usulda payvandlashga tayyorlanadi. Ferrit faza 2,5 dan 8% gacha bo’ladi.

Oksidlovchi va uglegodlanuvchi muhitlarda 900-1050 S haroratlarda ishlaydigan X23N13, X23N18 po’latlari OZL-9A elektrodlari bilan payvandlanadi. Bu po’latlarni payvandlashda kraterlarda yoriqlar paydo bo’lmasligiga aloxida axamiyat berish kerak. Ferrit choklari kristallitaro korroziyaga unchalik chidamli emas.

1050 S gacha haroratda ishlaydigan X20N14S2, X25N20S2 po’latlariGS-1 elektrodlari bilan payvandlanadi (birinchi qatlam). Eritilgan metalning olovbardoshligi 1150 S.

900-1100 S haroratda ishlaydigan X20N14S2, X25N20S2 po’latlar OZL-5 elektrodlari bilan payvandlanadi. Chetlari payvandlashga faqat mexanik usulda tayyorlanadi. Payvand choklari issiq yoriqlar paydo bo’lishiga qarshi chidamli. 900-1100 S haroratda ishlatiladigan X20N14S2 po’lati StT-17 elektrodlari bilan payvandlanadi, bunda juda katta kenglikda-elektrod diametridan 3 martadan katta bo’lmagan choklar solib payvandlanadi.

Issiqbardosh po’latlar va qotishmalar. Bu guruh po’latlarga 1X16N14V2BR, 1X16N16V2MBR, 1X14N14V2M, 1X16N13M2V, 1X14N14V2M, X18N12T, X23N13, X23N18, XN35VT va boshqalar kiradi.

1X16N14V2BR va 4X14N14V2MBR po’latlari StT-16-1, elektrodlari bilan payvandlanadi. Kraterlarni elektrodlarini qisqa tutashtirish yo’li bilan to’ldiriladi. Agar payvandlangan bo’yumlar 700 S gacha haroratlarda ishlatiladigan bo’lsa, shu po’latlarning o’zi StT-16 elektrodlari bilan payvandlaniladi.

600 S haroratgacha bo’lgan sharoitlarda ishlaydigan 1X14N14V2M va 4X14N14V2M po’latlari StT-1 elektrodlari bilan payvand qilinadi. Payvand choklari issiq hosil bo’lishiga qarshi chidamli.

620 S gacha haroratlarda ishlaydigan 1X16N13M2B, 1X14N14V2M va X18N12T po’latlari StT-7 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvand choklaridagi issiq yoriqlar ferrit fazasini 2 dan 5% gacha oshirish yo’li bilan bartaraf qilinadi. Payvandlashdan keyin 750-800 S da 10 soat davomida yumshatiladi.

1050 S gacha haroratda ishlaydigan X23N13, X23N18 po’latlari OZL-9 elektrodlari bilan payvandlanadi. Chetlarini payvandlash oldidan olovda ishlov berish mumkin emas. Ko’p qatlamli payvandlashda choklarni OZL-4, OZL-5, OZL-6 vaGS-1 elektrodlari bilan eritib quyilgan qatlamlarning har biridan keyin OZL-9 elektrodlari bilan payvandlash kerak. Temir-nikel asosli XN35VT qotishmalar KTI-7-62 elektrodlari bilan payvand qilinadi.

Ko’p legirlangan po’latlarni payvandlash turlari. Ko’p legirlangan po’latlarni payvandlash uchun qoplamli elektrodlari bilan dastaki usulda yoy yordamida payvandlash, himoya gazlari muhitida mexanizastiyalashtirilgan va dastaki usulda payvandlash, flyus ostida, elektrosh lak usulida, nur yordamida paydandlash, kontaktlab payvandlash va boshqa payvandalash turlaridan foydalaniladi.

Qoplamali elektrodlar bilan dastaki usulda yoy yordamida payvandlash uglerodli po’latlarni payvandlashdagiga qaraganda kamaytirilgan toklarda [Ipayv=(15/35)d] teskari qutblikdagi o’zgarmas tokda, ko’ngdalang tebranishlarsiz ipsimon va liklar yotkizib, qisqa yoyda bajariladi. Sterjenning simi asos xarakterdagi qoplamli elektrodlardan foydalaniladi. Bunda sterjen simining markasi payvandlanadigan po’lat markasiga mos bo’ladi va payvandlanuvchanlik asosiy ko’rsatkichi hamda ekspluatastion talablar hisobga olinadi. Masalan kislota bardosh xrom-nikel 12X18N10T po’latni payvandlashda issiq hosil bo’lishining va kristallararo korroziyaning oldini olish uchun chokli austenit-ferritli (austenit plyus 2,5-7 ferrit) struktura hosil qiluvchi E-04X20N9 (ЦL-11 markali elektrod), E-02X19N9B tipidagi (OZL-7 markali elektrod) elektrodlardan foydalaniladi.

Flyus ostida payvandlashdan 3-50 mm qalinlikdagi metallni biriktirshda foydalaniladi. Uglerodli po’latlarni payvandlashdagiga qaraganda ko’p leriglangan po’latlarni payvandlashda elektrodlarning chiqib turish uzunligi 1,5-2 martakamayadi, diametri 2-3 mmli elektrodlar ishlatiladi, payvandlash ko’p o’tishli bo’ladi, teskari qutblilikdagi o’zgarmas tokda, oksidlanmaydigan kamkr emniyli, ftorli va asos xarakterli yuqori flyuslardan (ANF-14, ANF-16, K-8, AN-26) foydalanib bajariladi. Flyus ostida payvandlashning dastaki usulda payvandlashdagiga qaraganda afzalligi shundaki, bunda payvandlash unumdorligi va payvand birikmalarining sifati oshishi bilan bir qatorda qirralarga ishlov berishga ketadigan xarajatlar kamayadi.

Himoya gazlari muhitida payvandlash inert gazlarda suyuqlanadigan va suyuqlanmaydigan elektrodlar bilan, uzluksiz yonadigan va impulsli yoylar vositasida bajariladi. Volfram elektrodlar bilan argon-yoy vositasida payvandlashdan 7 mm dan kam qalinliklarni va negiz payvandlashda foydalaniladi. Himoya gazlari muhitida suyuqlanadigan elektrod bilan payvandlash argon, shuningdek argon bilan geliyning aralashmasi muhitida bajariladi, argonning kislorod va karbonat angidrid bilan aralashmasi ham ishlatiladi. Ayrim hollarda korroziyalanish xavfi bo’lmaganda karbonat angridrid muhitida payvandlashga yo’l qo’yiladi.

Suyuqlanadigan elektrodlar bilan payvandlash metallning oqimcha tarzida ko’chirilishini ta’minlaydigan toklarda bajariladi.

Aksariyat ko’p legirlangan po’latlar kontaktlab payvandlashda yaxshi payvandlanadi. Austenitli po’latlar issiqlik va elektro’tkazuvchanligining pastligi kam legirlangan po’latlardagiga qaraganda qattiqroq rejimlardan foydalanishni taqozo qiladi. Po’latlar qattiqligining yuqoriligi payvandlashda elektrodni siqish kuchini oshirishni talab qiladi. Optimal rejimda hosil qilingan payvand birikmalarning mustahkamlik xaraketirstikalari yuqori bo’ladi.



3. Kostuksiyaning detallarini tayyorlash.

Detallar chizmalarga muvofiq, ularning o’lchamlari va joizliklariga aniq rioya etilgan holda tayyorlanmoi zarur,

chunki ularning tayyorlanish sifati yiish, bir necha joyidan payvandlab qo’yish (ushlagichsa), payvandlash ishlarining m ehnat sarfi ham da aniqligiga bevosita ta ’sir qiladi. Ko’p ho llardda tirqishlarning keragidan katta chiqishi va detalning yomon tutashuviga aynan tayyorlash aniqligining pastligi sabab bo’ladi.Tanavorlar listlardan gilotin, disksimon va tebranm a qayc ilar bilan, shtamplarda, gaz alangasi,plazma oqimi bilan kesib olinadi. Titan qotishm alaridan issiqqa chidam li po’latlardan qilingan listlarni avtomatik bichish uchun lazerdan foydalaniladi, Profillar pressqaychilar va arralar bilan kesib bo’linadi. Detallarga shakl berish odatda sovuq holatda deformatsiyalash: aylanuvchi joyvalarda egish, erkin usulda egish, sirish, cho’zish, shtamplash yoli bilan amalga oshiriladi.

4. Quvurlarga shiplarni yig‘ish vа relyefli kоntаktli pаyvаndlаsh tеxnоlоgik jаrаyoni.

Relyefli payvandlash.

Relyefli payvandlashni kontaktli payvandlashning bir turi sifatida ta’riflash mumkin. Bunda bo’lusi payvand birikma joyidagi tokning zarur zichligi elektrodning ish yuzasi bilan emas, balki payvandalanadigan buyumlarning tutashadigan shakli bilan hosil qilinadi. Buyumning bu shakli sun'iy ravishda, turli shakldagi mahalliy chiqiqlar (relyeflar) olish yo’li bilan hosil qillinadi. Birikmaning konstruktiv xususiyatlariga muvofiq buyumning shakli tabiiy bo’lishi ham mumkin.

Relyefli payvandlashda biriktiriladigan detallar bir vaqtning o’zida bitta yoki bir necha nuqtada yoki butun tegish yuzasi bo’yicha payvandlanadi, bu detallarning birida maxsus tayyorlangan chiqiqlar (relyeflar)ga yoki payvandlanadigan detallarning payvandlanadigan joyi shakliga boliq.

Payvandlash toki ulangandan so’ng payvandlash joyida tok miqdori ko’payadi va metall tez qiziydi. Bu hol plastik deformatsiyalar jadal kattalashuviga olib keladi.

Relyefli payvandlashda payvand birikma quyma o’zak hosil bo’lishi bilan yoki qattiq fazada shakllanadi.

Payvandlashning mazkur usulida, qoidaga ko’ra, agar mashinaning bir yurishida bir necha payvand birikmalar yoki katta yuzali bitta birikma hosil bo’lsa, jarayonning unumdorligi ortadi.

Ba’zi hollarda ushbu usuldan foydalanish payvand birikmaning tashqi ko’rininishini yaxshilash, payvandlash qo’llaniladigan sohalarni kengaytirish, eritib payvandlashning kam tejamli usullarini boshqasi bilan almashtirish va elektrodlarning chidamliligini oshirish imkonini beradi.

Bir yo’la bir nechta (10–15 tagacha) nuqtalar tushirib relyefli payvandlash eng samaralidir. Zalvorli elektrodlar vositasida barcha relyeflar bo’yicha siqilgan detallar qiziydi. Siqish kuchi ta’sirida chiqiqlar bir vaqtning o’zida cho’kadi. Ichki tegish joyida (kontaktda) me'yoridagi o’lchamli quyma o’zak yuzaga keladi. Shunday qilib, bir sikl ichida qo’shimcha belgilanmagan va nuqtalari berilgan tarzda joylashgan ko’p nuqtali payvand chok hosil bo’ladi.





Relyefli payvandlash sxemasi:

1 – payvandlanayotgan detallar; 2 – tok keltiruvchi elektrodlar; 3 – transformator; 4 – o’zak; 5 – relyef.

Relyefli payvandlashning afzal jixatlari:

- mashinaning bir yurishida bir necha nuqtalar bir yo’la payvandlanadi, bu esa mehnat unumdorligini oshiradi. Bir vaqtning o’zida payvandalanadigan nuqtalar soni uskunaning elektrodlarda zarur payvandlash toki va kuchini hosil qilish imkoniyatiga boliq (yupqa po’latlarda bir yo’la 20 tagacha relyef payvandlanadi);

- payvand birikmlar ko’p elektrodli mashinanalarda nuqtali payvandlashga list metallardan yasalgan kichikroq o’lchamli detallarni payvandlashga qaraganda ixchamroq joylashadi;

- relyeflar nuqtali payvandlashga nisbatan kichikroq oraliqda (kichikroq qadam bilan) va payvandlanayotgan detallarning chetiga yaqinroq joylashadi. Shu tufayli tayanch yuzasi kichik bo’lgan, list po’latdan tayyorlangan detallarga turli mahkamlash detallarini bir necha joyidan payvandlab qo’yish (privarka) uchun relyefli payvandlashdan foydalanish imkoni bo’ladi;

– nuqtalar oldindan relyeflar bilan belgilab qo’yilgan joylarda joylashadi. Payvandlash izlarining kamligi (kichikligi) birikmaning tashqi ko’rinishini yaxshilaydi;

– 1:6 va bundan katta nisbatli list metallarni payvandlash mumkin;

– yuzasi oksidlangan list po’latlar ham yaxshi payvandlanadi, chunki relyeflarni shtamplash va katta bosim oksid pardalarini qisman yemiradi, tegish (kontakt) qarshiligini kamaytiradi hamda barqarorlashtiradi;

– relyefli payvandlash uskunalari ko’p elektrodli nuqtali payvandlash mashinalariga nisbatan soddaroq.

Relyefi payvandlash har xil mayda mahkamlash detallari, vtulkalar, skobalar, o’qlar va shu kabilarni list po’latdan yasalgan yirikroq buyumlar bilan biriktirish uchun eng ko’p qo’llaniladi. Relyeflar odatda mayda detallarda ularni tayyorlash jarayoni bilan bir vaqtda sovuqlayin hosil qilinadi.

5. Payvandlash rejim hisobi.

Payvandlash rejim i elektr, m exanik va vaqt param etrlari maj uyidan iborat bo’lib, bularni sifatli birikma olish uchun payvandlash uskunalari bilan ta’minlanadi.

Issiqlik ajratish va issiqlik chetlatish jarayonlarining tutgan o’rniga qarab qattiq ham da yumshoq payvandlash rejimlari farq qilinadi.Qattiq rejim 1—4 mm qalinlikdagi detallarni payvandlashda

pay<0,02s bo’lganda payvandlash tokining qisqa muddatli kuchli impulsi bilan ajralib turadi. Bu holda harorat maydoni asosan ajralib chiqadigan issiqlik bilan belgilanadi.

Qattiq rejimda qizish va sovish tezligi yuqori boladi. Bunda chayqalib to ‘kilishga moyillik ortadi va buning oldini olish uchun payvandlash kuchi oshiriladi.Yumshoq rejim uchun tokning oqish muddati ancha uzoqligi (/„ > 0 ,1 s), kuchning nisbatan kichikligi xosdir.

Bunda detal ichida va elektrodlar orasida ancha katta issiqlik almashinuvi yuz beradi.Shuningdek, elektrodlar ish yuzasining olchamlari (dE, RE) kiradi.

Rejimlarni hisoblash, hisoblash-tajriba o’tkazish va tajriba o ‘tkazish usullari bilan aniqlash mumkin. Rejimlarga oid koplab tavsiyalar (odatda jadvallar, nomogrammalar, grafiklar ko’rinishida) mavjud. Ammo bu rejimlar taxminiy bo’lib, payvandlashdan oldin tekshirishni, muayyan shart-sharoitni (yuzani hozirlash, yiish, uskunlarning ahvoli va b.) inobatga olish uchun tez-tez tuzatishlar kiritishni talab qiladi.

Tuzatishlar kiritish guvoh nam unalarda, quym a o’zakning diametri va rejim parametrlariga bogcliq holda amalga oshiriladi. Chunonchi, agar diam etr yetarli bo’lmasa, I PAY oshiriladi. Chayqalib to’kilishning oldini olish uchun Fpay oshirilaai. Agar o ‘zakda darzlar bo’lsa,Fch oshiriladi.

Guvoh namunalarni sinash natijalari ijobiy boclib, sifatli birikma hosil bo’lganda payvandlash rejimi tegishli hujjatlarda qayd etiladi va uzelni payvandlashga ruxsat beriladi. Ammo haqiqatan mavjud (real) detallarni payvandlash paytida jarayonga turli noqulay omillar ta ’sir qilib, tanlangan rejim parametrlarini amalda o ‘zgartirib yuborishi mumkin. Bunday omillarga elektrod ish yuzasining yalpayishini, detallar qarshiligi va payvandlash konturining o’zgarishini, tarmoq, kuchlanishi, pnevm otarm oqdagi havo bosimi o ‘zgarishini va hokazolarni korsatish mumkin.

Shu bois har bir aniq holda ushbu noqulay omillar ta’sirini kamaytirish, parametrlarni barqarorlashtirish yoki ularning avtomatik rostlanishi zarurligi masalasi hal qilib olinadi. Nuqtali va chokli payvandlash qator o’ziga xos xususiyatlarga ega birikmalarning zichligi va atmosfera gazlaridan himoyalanishi ishonchlidir, bu esa legirlovchi elementlarning oksidlanishi yoki bulanib ketishiga deyarli barham beradi; jarayonning hamma bosqichlarida payvandlash joyida bosim yuqori bo’ladi hamda sikl ichida uni o’zgartirish mumkin, natijada gaz tufayli yuz beradigan ovakdorlikka chek qo’yish, shuningdek qoldiq kuchlanishlar qiym atini va ishorasini sam arali boshqarish mum kin bo’ladi; metallning jadal siljishi yupqa sirtqi qatlamlarning yemirilishi hamda aralashib ketishiga yordam beradi; o ‘zak metalini legirlash qiyin bo’lsada, ammo mumkin; qizish muddati qisqa va termik ta’sirzonasi eng kalta: nuqtalarning chekka qismlarida zo’riqishlarning to ‘planishi juda yuqori; payvandlash sikli ichida oldindan va qayta qizdirish, qizish va sovish tezligini rostlash, payvandlash siklini butkul avtomatlashtirish imkoniyati bor.



Amaliyotda uzellarning qalinligi, xossalari, shakli ham da muhim ligiga, shuningdek payvandlash uskunalarinin g borimkoniyatlariga qarab, nuqtali payvandlashda kuch va tokning quyidagi siklogrammalari qo’llaniladi:

a) o’zgarmas payvandlash kuchi T7 bilan — 3 mm gacha qalinlikdagi metallarni nuqtali payvandlashda ko’proq qo’llaniladi;

b) o’zgarmas payvandlash kuchi Fpay bilan va cho’kichlash kuchi Fch ni qo’yish bilan — qiziganda darz Јetishga moyil qalin detal va metallar uchun;

d) oldindan qisish va cho’kichlash bilan — tirqishlarni bartaraf etish va chayqalib to’kilishlarning oldini olish uchun, shuningdek

detallarni oldindan suyuq, qoplama (yelim, lok, grunt) bilan qoplab payvandlashda;e) payvandlash kuchini bosqichma-bosqich oshirib borish (FrauI

dan Fpay II gacha) va cho’kichlash kuchi Fch bilan — 4 mm dan qalin detallarni payvandlashda;

f) qo’shimcha tok impulsi vositasida oldindan qizdirish bilan payvandlash tirqishlarini yo’qotish va ichki chayqalib to ‘kilishlarning

oldini olish uchun;

g) keyin qizdirish bilan — qiziganda darz ketishga moyillikni

kamaytirish, termik ishlovni amalga oshirish yoki Fch qiymatini kichiklashtirish maqsadida; h) oldindan va keyin qizdirish boclgan uch impulsli dastur.

Payvandlash impulsining davomliligi va qiymatini mos ravishda

rostlash orqali qattiq yoki yumshoq rejim hosil qilinadi.



Download 199.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling