Biz, - deydi Prezident, - iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma’naviy o‘nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishini
Chunki xalq ma’naviyati o‘nglanmaguncha, na ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda, na iqtisodiy sohada jiddiy yangilanishlar quvvatga kirishi qiyin.
Ma’naviyat juda murakkab, serqirra, shu bilan birga xalq diliga nihoyatda yaqin, tushunarli hodisa. Uni, bir tomondan, soxta «ilmiy» murakkab ta’riflar bilan mavhumlashtirmay, shu bilan bir paytda siyqa, odmi
«targ‘ibot»ga aylantirmay, xalq ongiga tiniq yetkazmoq, yosh avlod ruhiga esh qilmoq lozim. Bunda qanday me’yorlarga rioya etish zarurligini 1992 yildayoq O‘zbekiston Prezidenti aniq tavsiflab bergan edi:
Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; Insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
Vatanparvarlik20.
Mustaqillik ma’naviyatining asosini tashkil etuvchi bu to‘rt negiz o‘zaro chuqur ichki uyg‘unlikka ega. Shu bilan birga bugungi kun uchun dolzarbligi jihatidan alohida inson shaxsining o‘z ichki imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi masalasi birinchi o‘ringa chiqib turipti. Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir21, deb ta’kidladi I.A.Karimov 1999 yili 14 apreldagi ma’ruzasida. Davlatimiz va Prezidentimizning milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishga e’tibori, aslida va birinchi navbatda, har bir insonning haqiqiy erkinligini ta’minlashga bo‘lgan asosli e’tiborini ko‘rsatadi. Chunki o‘zligini anglamagan odam, unga qancha imkon va sharoit yaratib bermang, voqean hur va ozod bo‘la olmaydi. Ammo o‘zligini anglash degani, o‘zining Vatanga, millatga, bashariyatga, Borliq haqiqatiga nisbatini to‘g‘ri belgilay bilish degani, bunga erishish osonlik bilan bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |