O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti
Download 0.66 Mb.
|
Mustaqillik davrida ajdodlarimiz ma’naviy merosiga munosabatning tubdan yangilanishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bob. Mustaqillik davrida ajdodlarimiz ma’naviy merosiga munosabatning tubdan yangilanishi.
Vazifalari Yoshlarning qalbida ma’naviyat tuyg‘sini uyg‘otish va ularni vatanga, xalqqa, millatga muhabbat ruhida tarbiyalash, xalq tinchligi uchun har narsaga tayyor, vatanparvar, davlat va uning ramzlariga, millat madaniyati, tarixiy obidalari, san’atiga hurmat va uni ko‘klarga ko‘tarib, jahonga tanita oladigan bilmli va qobiliyatli shaxslarni tarbiyalash va voyaga yetkazish. Milliy ma’naviyat o‘tmish emas, u ham o‘tmish, ham bugun, ham kelajakni o‘zida mujassam etadi. Buning uchun uning manbai sifatida biz faqat ajdodlarimizning yozma merosiga tayanib qolmay, balki ushbu merosdan anglaganimizni bir paytning o‘zida xalqning tirik xotirasi bilan, uning ma’naviy qadriyatlari bilan qiyoslab, ularning uyg‘un jihatlariga e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi.
Bob. Mustaqillik davrida ajdodlarimiz ma’naviy merosiga munosabatning tubdan yangilanishi. Milliy mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi. Insonlar ongidagi eski mafkura asoratlaridan qutulish muammosi va yangicha tafakkur zarurati Ma’naviyat haqida har qancha gapirish, yozish mumkin. Ammo ma’naviyat falsafa emas, dunyoni har qancha izohlab berganingiz bilan, qonun- qoidasini aniqlab, tushuntirib berganingiz bilan siz aqlli, bilimdon, mantiqiy fikrlovchi odam sifatida qadrlanishingiz mumkin, ammo bular sizni ma’naviy barkamol ekanligingizdan dalolat bermaydi. Yana Siz o‘ta iste’dodli bo‘lishingiz, Vatan haqida, mustaqillik haqida ajoyib qasidalar bitishingiz mumkin. Albatta, iste’dod ham ma’naviyat nishonasi, ammo ta’rifu tavsiflar bilan Vatan ravnaqi ta’min etilmaydi, mustaqillik mustahkamlanmaydi. Mustaqillik ma’naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori mas’uliyat tuyg‘usidir. Necha ming yillik tarix davomida ne-ne xoqonlaru xonlar, amirlaru shohlar o‘tdi. Ularning birlari millat dovrug‘ini dunyoga tarqatgan bo‘lsalar, boshqalari yurtni abgor qilganligi ham sir emas. Oxirgi yuz yil davomida yurtimizning yetakchi o‘g‘lonlari foje taqdirga ro‘baro‘ keldilar. Sobiq SSSRning xomashyo bazasi bo‘lmish markaz manfaatlariga qat’iy bo‘ysunuvchi yagona tizim zanjiriga qo‘l-oyog‘i, har bir hujayrasi bilan chambarchas bog‘lab tashlangan respublikaning asli nochor iqtisodiy-ishlab chiqarish binosi, SSSR parchalangach, butkul xarobaga aylangan edi. Islom Karimov bozor iqtisodiga o‘tish yo‘lidagi islohotlarni shunday murakkab sharoitda, shunday nosoz poydevorga tayanib amalga oshira boshladi. Oradan 20 yil o‘tib, mana endi mustaqil O‘zbekiston davlati iqtisodiy sohada ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritganligini butun jahon jamoatchiligi e’tirof etmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon miqyosida o‘ziga xos barqaror siyosiy mavqe kasb etib turipti. Jahonning eng ilg‘or davlatchilik an’analarini o‘zbekning milliy tabiati bilan, o‘z qadim udumlari bilan uyg‘unlashtira olgan Konstitutsiyamiz – mustaqil mamlakatning Asosiy qonuni - har bir sohada batafsil ishlab chiqilayotgan qonun va kodekslar bilan amalda qo‘llanib, mustahkamlanib bormoqda. Bozor iqtisodiga o‘tish, mamlakatning ichki iqtisodiy tizimini uyg‘unlashtirish, ilg‘or texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish borasida o‘tgan yillar ichida ulug‘ ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Ijtimoiy uyg‘unlik, barqaror osoyishtalik, xalq birdamligi fikrlar, qarashlar xilma-xilligi bilan bahamjihat rivojlanmoqda. Turli siyosiy partiyalar o‘z mustaqil yo‘nalishlarini shakllantirib, siyosiy muhorabaning madaniyatli usullarini, demokratik tamoyillarni o‘zlashtirib bormoqdalar. Vatan manfaati, mustaqillik manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yadigan, qalbida o‘ti va erk tuyg‘usi bor, g‘ayratli, kuyunchak1, ayniqsa, bugungi kun millat ehtiyoji va jahon talablariga javob bera oladigan yosh va talantli avlod borgan sari siyosat maydoniga keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Xullas, yutuqlar bisyor. Eng muhimi, xalq, millat o‘zligini anglab bormoqda. Ammo, baribir, xotirjamlikka o‘rin yo‘q. Chunki muammolar hanuz yetarli. Jumladan, kishilarimizning, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy tarbiyasi borasida qiyinchiliklar ko‘ngildagidek bartaraf etildi, deyish qiyin. Insonlar ongining eski aqidalar asoratidan poklanishi oson savdo emas ekan. Ayniqsa, yurtning yetakchilari bo‘lishi lozim bo‘lgan ziyolilarimiz ruhiga singib ketgan ko‘nikmalarni yengib o‘tish mashaqqati har qadamda sezilib qolyapti. 1991 yil Alisher Navoiy yili deb e’lon qilindi va o‘sha yil to‘kin kuzning birinchi oyida o‘zbek milliy ma’naviyatining quyoshiga bag‘ishlanadigan asosiy tantana va tadbirlarni o‘tkazish belgilandi. She’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludlariga bag‘ishlangan anjumanda Respublikamiz rahbari nutq so‘zlab, yosh avlodni tarbiyalashda buyuk allomamizning o‘rinlari juda katta ekanligini yana bir bor e’tirof etdi. Mana, salkam bir yildirki, O‘zbekistonimizda, O‘rta Osiyoda barcha Sharq xalqlari tomonidan nishonlanayotgan Alisher Navoiyning umr va ijod to‘ylari — qutlug‘ ma’raka davom etmoqda. Bu to‘y millat bayramidir. Qadriyatimizni yana bir bor ulug‘laydigan bayramdir. Bu to‘y xalqimiz, O‘zbekistonimiz hayotiga alohida fayz, tarovat baxsh etdi. Alisher Navoiy yili deb e’lon qilingan 1991 yil yurtimiz, elimiz tarixida qutlut keldi, unutilmas sana bo‘lib qoldi. Bu yil xalqimizning asriy orzu- umidlari amalga oshirildi. O‘zbekistonimiz davlat mustaqilligini e’lon qildi va o‘z taqdirini endi o‘zi hal qiladigan bo‘lib qoldi. 1994 yil bahorida Ma’naviyat va ma’rifat respublika jamoatchilik markazini tuzish haqida Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996 yil sentyabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida yana alohida Farmon bo‘ldi va uning asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. 1999 yilga kelib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tashkil etildi. 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida Prezident I.A.Karimov Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori degan mavzuda nutq so‘zlab, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarish, shu bilan o‘sib kelayotgan avlodning kelajak hayotiga mustahkam poydevor yaratish masalasini bayon qilib berdi. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ushbu nutqida va keyingi ma’ruzalarida yosh avlod tarbiyasining puxta o‘ylangan va mukammal tizimini muhokamaga qo‘ydi. Ushbu rejaning amalga joriy qilinishi, ayniqsa, 11 yillik umumiy majburiy ta’lim o‘rniga 9 yillik umumiy o‘rta ta’lim va 3 yillik kollej-litsey ta’limining yo‘lga qo‘yilishi balog‘at yoshiga yetib endi mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarni bugungi kunimiz uchun zarur bo‘lgan muayyan kasb-hunarni egallab, kelajakka qarab dadil qadam tashlashlari uchun real imkoniyat yaratib berdi. Mustaqillik yillarida o‘tgan ulug‘ shoir va adiblarimizning yubileylarini o‘tkazish ham qutlug‘ an’anaga aylanib bordi. 1993 yili atoqli shoir G‘afur G‘ulomning 90 yilligi va shoh-shoir va ulug‘ adib Zahiriddin Muhammad Boburning 510 yilligi tantanalari o‘tkazildi va Andijonda Bog‘i Bobur barpo qilindi. 1994 yilda Sho‘rolar zamonida faqat hukmdor bo‘lgani tufayli nomi qoralangan ma’rifatparvar shoh va iste’dodli shoir Muhammad Rahimxon Feruzning 150 yillik yubileyi nishonlandi. 1997 yili noyabrda Abdulhamid Cho‘lponning 100 yilligi, 1999 yili buyuk tasavvuf shoiri Pahlavon Mahmudning 750 yilligi va ulug‘ shoir va tarjimon Ogahiyning 190 yilligi keng ko‘lamda bayram qilindi. 2003 yili G‘afur G‘ulomning100 yilligi munosabati bilan shahar markazidagi shinam madaniyat va istirohat bog‘i uning nomiga qo‘yildi va shu bog‘da unga ulug‘vor haykal o‘rnatildi. Bugungi kunda birgina Toshkent shahrining o‘zida Bobur nomida, Mirzo Ulug‘bek nomida, Abdulla Qodiriy nomida, bolalar shoiri Zafar Diyor nomida bog‘lar barpo etilgan. Iqtisodiy va siyosiy islohotlar xalq ongiga teran yetib borishi, amalda jadal o‘zgarishlar hosil qilishi uchun insonlar ongida tub o‘zgarishlar yuz berishi zarur. Biz totalitar davlat mulkiga asoslangan iqtisodni rad etib, mulkchilik shakllarining turli-tumanligiga asoslangan erkin bozor iqtisodiga o‘tmoqdamiz. Siyosatda yakka partiya, yagona mafkura zo‘ravonligiga barham berib, ko‘p partiyaviylik, fikr va qarashlar xilma-xilligiga yo‘l ochmoqdamiz. Lekin insonlar tafakkurini eski andazalar, tor qoliplar tugal tark etishi qiyinchilik bilan amalga oshmoqda. Tafakkurimiz, qarashlarimizdagi yangi tamoyillar hanuz ancha yuzada, ongimizning sirtqi qatlamlarida qolib ketmoqda, ba’zan yangi qadriyatlarni ham eski o‘lchovlar bilan baholashga urinmoqdamiz. Shunday ekan, insonlar ongida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Ma’naviyat va mafkuraga alohida e’tibor qaratilishining bosh sababi ham shunda. Prezident I.A. Karimov bu haqda shunday fikr bildiradi: Bu tuzum o‘z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o‘z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi. Ular yo‘q emas edi, hayotimizda mavjud edi. Xalq ongini, uning barcha faoliyatini markaz izmiga bo‘ysundirish asosan o‘shalarga ishonib topshirilgan edi. Allohga beadad shukrlar bo‘lsinki, bizning xalqimiz aksariyati ushbu makr domiga to‘liq tushib qolmadi. Chunki tuzum olg‘a surgan marksistik mafkura bizning necha ming yillik ma’naviy merosimiz, milliy an’analarimiz, xalqimiz ruhi uchun mutlaqo begona bo‘lib, faqat siyosiy va iqtisodiy qaramlik sharoitida chetdan zo‘ravonlik yo‘li bilan kiritilgan va shafqatsiz usullar bilan ongimizga singdirishga urinilgan edi. Ammo, taassuf bilan qayd etish lozimki, totalitar tuzumining urinishlari baribir muayyan natijalarga erishdi. Chingiz Aytmatov juda yorqin ifodalab bergan manqurtlik kasali odamlarimiz ongida ancha-muncha tomir otib ulgurdi. 70 yillik istibdod mobaynida bolshevistik mafkuraning yakka hukmronligi, ayniqsa, 1937-1938 yil qatag‘onlaridan keyingi avlodni o‘z milliy qadriyatlaridan, ma’naviy merosidan jiddiy begonalashuviga sabab bo‘ldi. Ana shu majburiy yuqtirilgan illat ba’zi insonlar ruhiyatida hanuz qaramlik asorati sifatida namoyon bo‘lmoqda. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling