O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti
I.A. Karimov, O‘zbekiston Prezidenti
Download 0.66 Mb.
|
Mustaqillik davrida ajdodlarimiz ma’naviy merosiga munosabatning tubdan yangilanishi.
I.A. Karimov, O‘zbekiston PrezidentiKirishMavzuning dolzarbligi. Barcha zamon va makonlarda ma’naviyati kuchli, ishonch va e’tiqodi mustaqkam millat bir jonu bir tan bo‘lib, muammolarni tez va soz yechgan, peshqadam bo‘lgan. Mafkuraviy birligi ichidan yoki tashqaridan buzilgan millatlar esa, mag‘lub bo‘lib, mustamlakaga aylangan. Buning tarixiy misolini Bilga xoqonning turk xalqiga bundan 1266 yil oldin toshga bitilgan murojaatida xam ko‘ramiz. Bu bitik mafkurasizlikning ayanchli oqibatlarini tasvirlaydi. Bilga xoqon turk elining adashuvi natijasida uning boshiga qanchalar falokat yog‘ilganini kuyinib aytadi. «Tabg‘ach xalqi so‘zi shirin, nafis ipaklari bilan aldab, yiroq xalqni shunday yaqinlashtirar ekan. Yaqin bo‘lgandan so‘ng yovuz ilmini u yerda ko‘rsatar ekan... Shirin so‘ziga, nafis ipakligiga aldanib, ko‘p turk xalqi, o‘lding. Ey, turk xalqi, o‘lding...» Ushbu tarixiy misol «mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar» ekanligini ko‘rsatib turadi. Ma’lumki, sobiq sho‘rolar istibdodi davrida turli ijtimoiy toifalarni bir-biriga zid qo‘yib, sinflar aro kurash g‘oyasini hayot ma’nosi deb e’lon qilgan dohiylarning sodiq shogird va izdoshlari nafaqat tirik dushmanlar bilan kurashdilar, balki millatlarning o‘tmish ma’naviy merosi bilan ham tinimsiz jang qildilar. Din - afyun, diniy ilm peshvolari, tasavvuf ulamolari ashaddiy reaksioner, barcha o‘tmishdagi hukmdorlar - qonxo‘r, bosqinchi (faqat ayrim rus podshohlari bundan istisno etildi), o‘tmish allomalar - dunyoqarashi cheklangan, shoirlar - maddoh va hokazo da’volar qilindi. Bunday qora tamg‘alar qaramlik asoratiga tushgan barcha xalqlarning boy ma’naviy merosiga bosib chiqildi. Hatto uyidan eski arab yozuvida kitob topilgan odamlar davlatga qarshi jinoyatda ayblangan davrlar bo‘ldi. Bolshevizm mafkurasining itoatkor qullariga aylantirilgan sovet intellegensiyasiga tirik va o‘lik dohiylarni madh etish, kommunizmning birinchi bosqichi deb e’lon qilingan bolshevistik diktatura tuzumining jahon tarixidagi barcha makon va zamonlardan afzalligini har qanday usul bilan isbotlab va dalillab berish asosiy vazifa qilib belgilangan edi. Ushbu vazifadan zarracha chekinish xalqqa va nurli kelajakka xiyonat deb baholanardi. Mustaqillik tufayli bizning ma’naviy qadriyatlarimiz, o‘tmish ajdodlarimiz qoldirgan meros, o‘zining butun mukammalligida, qaychilanmasdan, progressiv-reaksion atalmish zo‘raki qoliplarga tiqishtirilmasdan tiklana boshladi. Qur’oni karim, hadisi shariflar birinchi marta o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi, Nosiriddin Rabg‘uziy, Ahmad Yassaviy, Ubaydiy, Muhammad Rahimxon Firuz, Burxoniddin Marg‘inoniy, Abu Mansur Moturidiy, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon va boshqa sovet davrida hatto nomlarini eslash man qilingan allomalarimizning asarlari birin-ketin nashr etilib, chanqoq kitobxonlar qo‘liga yetib kela boshladi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Tasavvuf pirlari - Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband yubileylari millatimizning ruhida poklanish tuyg‘ularini uyg‘otdi. Poytaxtimizning qoq markazida sohibqiron bobomiz Amir Temurning ulug‘vor mujassamasi o‘rnatilishi o‘zbek xalqining har bir farzandi ruhida haqli iftixor hislaridan o‘chmas yog‘du paydo qildi. XX asr boshlarida millatni ma’rifat, adolat, hurriyat sari yetaklagan jadid allomalarimiz xalq dilidan yana munosib o‘rin ola boshladi. Bosmachi deya yoppa qoralangan milliy ozodlik harakati ishtirokchilari o‘z qadrlariga loyiq baholandilar. Maqsad: 150 yillik qaramlikdan so‘ng yurtimizda yoshlarning ma’naviyatini oshirish va jaon kadrlari bilan raqobat qila oladigan kadrlarni yaratishdir. Ma’naviyat sohasiga ham mustaqillikka qadar ye’tibor berilmagan, shuning uchun o‘zbek san’atining mingyillik tarixini qayta tiklash va jahonga ko‘z-ko‘z qilish asosiy maqsadimiz yekanligini isbotlash. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisidir. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmog‘i zarur. Bizning o‘tmish madaniyatimiz butun insoniyatni o‘ziga rom etib kelayotgan markaz bo‘lib kelayotganligi tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san’at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Mustaqillik davrida o‘zbek olimlarining kuch-g‘ayratlari bilan tariximizning ko‘pdan-ko‘p g‘oyat muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar davri, XIX asr oxiri - XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling