O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Milliy g‘oya va ma’naviy hayot.Milliy g‘oya, mafkura, ma’naviyat. ularning o‘zaro nisbati


Download 0.66 Mb.
bet4/11
Sana28.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1022836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqillik davrida ajdodlarimiz ma’naviy merosiga munosabatning tubdan yangilanishi.

Milliy g‘oya va ma’naviy hayot.Milliy g‘oya, mafkura, ma’naviyat. ularning o‘zaro nisbati


Milliy g‘oya - millatning yetakchi maqsadi, xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu maqsadning aniq

ifodasini Prezident I.A.Karimov 2000 yil 8 iyundagi Fidokorgazetasi muxbiri bilan suhbatida shunday bayon qiladi:
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va taraqqiyot siyosatining strategik maqsadi huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat.Yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kafolatlanadigan turmush darajasi va erkinliklarni ta’minlash. Va shu asosda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida, munosib o‘rin egallashiga erishish.5 Buning uchun siyosat sohasida, iqtisodiy va ma’naviy yo‘nalishlarda nimalar qilish lozim ekanligi to‘g‘risida ham o‘sha suhbatda batafsil javoblar berilgan.
2008 yili nashr etilgan “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” nomli asarining Mustaqillik ma’naviy tiklanish va yuksalishdeb atalgan ikkinchi bobida Prezident Islom Karimov milliy g‘oyaning yanada mukammal ta’rifini beradi:Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz.6
Darhaqiqat, milliy g‘oya 130 yillik asoratdan qutulib, mustaqillikning oydin yo‘liga chiqib olgan, hayotida erkinlik sari tub o‘zgarishlarni dadil amalga oshirayotgan millatning bosh maqsadi, intilishi. Uni Yurtboshimiz istiqlolning dastlabki yillaridayoq bir jumlada yorqin ifodalab bergan edi: Mustaqillikning oliy maqsadi – o‘zbek xalqining izzatini joyiga qo‘yish7 Bu - o‘z izzati va qadrini bilgan millat o‘zini ham xo‘rlatib qo‘ymaydi, o‘zgalarning ham hurmatini joyiga qo‘yadi, degani. O‘zbek doim jahon sahnasida o‘zining salmoqli mavqeiga ega bo‘lib kelgan xalq. Jahon tarixini xolis varaqlagan odam bunga amin bo‘ladi. Ayni shu sababdan elimiz bag‘rikengligi bilan mashhur. Amu va Sir oralig‘ida doimo turli elat, turli e’tiqod vakillari inoq-ittifoq yashab kelishgan. Agar urushga bo‘lsa, sulolalar urushgan, aka-ukalar taxt talashgan, xalqlar yoki millatlar emas. Ajdodlarimiz qo‘shni xalqlar madaniyatiga, turmush tarziga e’tibor bilan qaragan, o‘zlaridan meros qoldirgan o‘lmas ma’naviy obidalarni turli tillarda yaratishgan. O‘z kuchiga ishongan xalqning bag‘ri keng bo‘ladi, deydi Prezident.8
Milliy mafkura millatning fikr maydoni, uning asriy orzulari, kelajak rejalarining munazzam bir ifodasidir. Ma’naviyatimiz an’analaridan kelib chiqib, tushunib yetishimiz lozimki, biz ishlatadigan mafkura so‘zi sovet davri targ‘ibotchilarining tilidan tushmay kelgan ideologiya tushunchasining ayniy tarjimasi emas. Mafkura - fikr maydoni, uni xoh tor qolip qilib oling, xoh jahon sivilizatsiyasi va milliy ma’naviyatimiz qadriyatlarini uyg‘unlashtiruvchi keng tafakkur olami sifatida yondoshing. Albatta, har bir ijtimoiy toifaning, siyosiy harakatning, guruhning o‘z mafkurasi bo‘lishi mumkin. Bu tabiiy holat. Ammo millat mafkurasi uning tarkibiga kiruvchi barcha toifalar va guruhlarning maqsad yo‘nalishi, tafakkuridagi eng umumiy tomonlarni birlashtiradi. Uning ahamiyati ham shunda. Elni Vatan manfaati birlashtiradi, degan qutlug‘ ibora bor. Milliy istiqlol mafkurasi bizga el-yurtimiz, Vatanimiz oldidagi fuqarolik burchimizni teran anglab yetishimizga yordam beradi, yosh avlodning har bir vakilini haqiqiy millat farzandi bo‘lib ulg‘ayishiga ko‘maklashadi. Milliy istiqlol mafkurasi qonun moddasi kuchi bilan emas, ma’naviy kamolot orqali erishiladigan hidoyat yo‘lidir.
Mustaqillikning ikkinchi yilida asosiy qonunimiz qabul qilindi. Uning ikkinchi bobi 12-moddasida O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas, deb yozib qo‘yilgan.9 Yetmish yil totalitarizm jabrini tortgan xalqimiz bu qoidaning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunadi. Uzoq va yaqin tarixdan yaxshi ma’lumki,- deb ta’kid etadi Prezident,- biron mamlakatda, biron davlatda yakkayu yagona g‘oya yoki mafkura hukmronlik qilar ekan, bu jamiyat, bu davlat, albatta inqirozga yuz tutadi.10 Chunki hayot doimo o‘zgarishda, rivojlanishda. Inson tafakkuri, uning intilishlari, oldiga qo‘ygan maqsadlari ham doimo o‘zgarib, takomillashib boradi. Shu sababli unga harqanday g‘oyaviy, mafkuraviy tazyiq o‘tkazishga urinish aks ta’sir ko‘rsatishi, noxush oqibatlarga olib kelishi tabiiy. Qolaversa, jamiyatning rivojlanish jarayoni ham undagi yetakchi tamoyillarning vaqti-vaqti bilan yangilanib, o‘zgacha ma’no, o‘zgacha tarkiblar hosil qilib turishini taqozo qiladi. Undagi ijtimoiy toifalarning mavqei va ahamiyati ham turli davrlarda turli holatda bo‘ladi. Shunga muvofiq siyosiy kuchlar nisbati ham muayyan o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Shunday ekan, hech qaysi mafkura, jumladan, xatto milliy mafkura ham hayotiy ehtiyojlardan uzoqlashib, qotib qolgan aqida holiga tushmasligi uchun davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilmasligi, aylanmasligi kerak
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizga xos bo‘lgan eng muqaddas tuyg‘u va tushunchalarning mujassam ifodasi bo‘lishi kerak,12 - deydi Prezident. Milliy mafkurani o‘zlashtirish, bir tomondan, tafakkurimizning milliy ma’naviyatimiz ildizlaridan muntazam oziqlanib, quvvat olib turishi bilan bog‘liq. Ikkinchi tomondan, jahon madaniyati samaralaridan bahramand bo‘lmagan, zamon ruhini his qilmagan odam hech qachon milliy mafkuraning mohiyatini yaxshi anglab yeta olmaydi. Chunki odam o‘z qudratini to‘g‘ri belgilashi uchun maydonga chiqib, mardlar bilan kuch sinashi kerak. Shu ikki jihatning uyg‘unligiga erishish milliy mafkurani har bir inson ruhida voqean shakllantirish bo‘ladi. Asli milliy mafkura yo‘q joydan sun’iy hosil qilinmaydi, allaqanday kabinetlarda o‘tirib to‘qib chiqarilmaydi. Bu haqiqatni Prezident O‘zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi umumiy yig‘ilishida 1994 yil yozida so‘zlagan nutqidayoq batafsil tushuntirib bergan edi. Unda islomiy qadriyatlar, ma’naviy meros, xususan, Sharq falsafasini teran o‘rganish haqida so‘zlab, Yurtboshimiz yaqin o‘tmishdagi qaramlik mafkurasidan xalos bo‘lish uchun

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling