O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi


O’simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) kenja sinfi


Download 1.06 Mb.
bet4/12
Sana08.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1342693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
224-bio. Quromboyeva Mahliyo (Teng xivchinlilar sinfi )

O’simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) kenja sinfi.
Bu kenja sinfga kiruvchi bir hujayralilarning ko’pchiligi yashil rangli boiib, yopygiik ta’sirida fotosintez qilish xususiyatiga ega. Ularning ta­ nasi duksimon, silindrsimon, sharsimon va boshqa shaklda bo’Iishi mumkin. Tanasi tashqi tomondan kletchatka yoki unga yaqin boigan pellikula qobiqbilan qoplangan (7-rasm). O’simliksimon xivchinlilar tanasida xivchinlar soni 1-2 tadan bir necha yuztagacha, hatto mingtagacha bo’lishi mumkin. Odatda tananing xivchin joylashgan tomoni oldingi qutb hisoblanadi. Xivchinlarsoni juda ko’p bo’lganida ular tana yuzasida bir tekis joylashadi. Xivchinlaming uzunligi ham har xil boiadi; ba’zan tana uzunligidan ham oshadi. Xivchinlar suyuq muhitga parmaga o’xshab buralib kirishi natijasida oldingi tomoni bilan suzib ketadi. K o’pchilik turlaridayorugiikni sezishga yordam beradigan qizil dog’ ko’zchasi - stigma ham bo’ladi.
Yashil xivchinlilar tanasidagi xlorofill saqlovchi xromatoforlarning tuzilishi o’simliklardagi xloroplastlarga o’xshash boiadi. Xromotoforlar plastinka yoki donga o’xshash boiib, ular har bir hujayrada 1-2 ta yoki juda ko’p bo’lishi mumkin. Yashil xivchinlilar ham o’simliklar singari muhitdan karbonat angidrid va suv bilan birga mineral tu- zlar, xususan, azot va fosforni o’zlashtirishi hisobiga organik moddalarni sintez qiladi. Yorug’lik energiyasi hisobiga oziqlanish avtotrof ya’ni golofit deyiladi. Ayrim avtotrof xivchinlilar qorong’i joyga tushib qolganida yoki muhitda erigan organik moddalar ko’p bo’lganida yashil rangini yo’qotib, saprofit oziqlanishga o’tishi mumkin. Ba’zi bir evglenasimonlar birdaniga ikki xil avtotrof (fotosintez) va geterotrof (saprofit) oziqlanish xususiyatiga ega. Bu xildagi aralasfi oziqlanish miksotrofdeyiladi. Ayrim o’simliksimon xivchinlilar xlorofillim tamoman yo’qotib, organik moddalarga boy bo’lgan muhitda yashashga moslashgan. Yashil xivchinlilar fotosintez jarayonida kraxmal yoki unga o’xshaydigan karbonsuvlar (masalan, paramila) sintez qiladi. Ulaming sitoplazmasida kraxmal va unga o’xshash bo’lgan paramila to’planadi. Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan xivchinlilarda osmoregulyatsiya va ayirish vazifasini qisqaruvchi vakuollar bajaradi. Dengizlarda yashovchi va parazit turlarida qisqaruvchi vakuollar bo’lmaydi.
Ko’pchilik xivchinlilar faqat ikkiga bo’linish orqali jinssiz ko’payadi, bunda dastlab yadro mitoz usulda bo’linadi, so’ng tanasi oldingi tomon­ dan orqaga qarab asta-sekin bo’linadi. Xivchini esa yosh hujayralardan biriga o’tadi; ikkinchisida esa yangidan hosil bo’ladi. Boshqa hollarda bo’linayotgan hujayraning xivchini tushib ketib, yosh hujayralarda yangidan hosil bo’lishi mumkin. Bir qancha hollarda hayvonlar sista davrida ham ko’payadi. Bu vaqtda ular xivchinini tashlab, yumaloqlanadi va tana sirti­ ga pishiq qobiq ishlab chiqarib, sista hosil qiladi. Sista ichida hayvon tana­ si bir necha marta ketma-ket bo’linadi. Hayvon tanasi o’smasdan bo’linganidan juda kichik hujayralar hosil bo’ladi. Hujayralami shu usulda yiriklashmasdan ketma-ket bo’linishipalintomiya deyiladi. Palintomiya ko’p hujayralilar tuxum hujayralarining maydalanishiga o’xshab ketadi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling