O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi
Teng xivchinlilar sinfi, tallomli, yadroli plastidli avtotrof o’simliklar - Talladiontha eucaryata
Download 1.06 Mb.
|
224-bio. Quromboyeva Mahliyo (Teng xivchinlilar sinfi )
2.3. Teng xivchinlilar sinfi, tallomli, yadroli plastidli avtotrof o’simliklar - Talladiontha eucaryata.Hozircha bu bo’limning 360 avlod va 5700 turi ma’lum, Ular chuchuk va sho’r suvlarda, zah yerlarda, ba’zi turlari esa hatto, yer betida quruq joylarda ham yashaydi. Yashil suvo’tlar sof, tiniq yashil rangli bo’ladi, chunki xromatoforida qo’shimcha bo’yoqlar bo’lmaydi. Bu bo’limga mansub o’simliklar bir hujayrali, koloniyali va ko’p ho’jayrali suvo’tlari kiradi. Yashil suvo’tlarning hujayra tuzilishi differensiyalangan bo’lib, po’st, protoplazma, yadro’va xromatoforga aniq ajralgan. Umuman, ularning hujayra tuzilishi yuksak o’simliklarning hujayra tuzilishiga o’xshaydi. Juda sodda tuzilgan yashil suvo’tlarning hujayrasi hamda gametalari yalong’och holda, ba’zan, hujayrasida kletchatka, pektindan iborat qalin po’st bo’ladi. Protoplazma yopishgan holda bo’lib, uning ichida bitta yoki bir nechta yadro’joylashgan. Xromatoforining shakli xilma-xil bo’lib, ustki qatlamida joylashgan. Ichki tuzilishi esa yuksak o’simliklarning xlorofill donalari tuzilishiga o’xshaydi. Xromatofor tanachalari xlorofillga to’yingan oqsil va lipoidlardan tuzilgan bo’lib, ichida pirenoidlar ham joylashgan. Pirenoidlar yumaloq tanachalar bo’lib, uning atrofida asosan kraxmaldan iborat zapas oziq moddalar to’planadi. Hujayra markazini esa rangsiz hujayra shirasi bilan to’lgan vakuolalar tashkil etadi. Fotosintez mahsuloti sifatida asosan kraxmal , ba’zilarida yog’lar to’planadi. Ko’payishi. Yashil suvo’tlarning ko’payshi vegetativ, jinssiz va jinsiy yo’l bilan boradi. Nasllarining gallanishi esa bularda yaxshi ifodalangan. Taraqqiyot davrida ustunlik qiluvchi nasl gametofitdan iborat. Vegetativ ko’payshi tallomining bir qancha qismlarga bo’linishi bilan boradi, jinssiz ko’payishi esa zoosporalar vositasi bilan sodir bo’ladi. Xivchin, protoplazma xromatofor, bitta yoki bir qancha yadrolarga ega bo’lgan harakatchan noksimon tanachalar zoospora deb ataladi. Zoosporaning mustaqil harakat qiluvchi, boshqa bir hujayrali organizmlardan farqi zoosporada kletchatkali po’st bo’lmaydi. Sirt protoplazma pardasi bilan o’ralgan bo’ladi. Sitoplazmaning organoidlardan tashqari, xivchinlari, qizil ko’zchalari, tebranuvchi vakuolalari ham bo’ladi. Zoosporalar hosil bo’ladigan joy zooporangiy deb ataladi. Zoosporangiyda bir yoki bir qancha zoosporalar hosil bo’ladi. Ular zoosporangiyda chiqadi, ma’lum masofaga suzib borib, to’xtab, po’st hosil qiladi va o’sib yangi individga aylanadi. Ba’zan yashil suvo’tlardagi reduksiyalangan spora, ya’ni aplanospora harakatsiz sporalar vositasi bilan ham ko’payadi. Aplanosporalarda xivchin bo’lmay, ona hujayra ichida po’st vujudga keladi. Yashil suvo’tlarning jinsiy ko’payshi ham har xil bo’lib, u asosan 3 tipga bo’linadi. 1) izogamiya; 2) geterogamiya; 3) oogamiya. Izogamiyada o’sishi va tuzilishi jihatidan zoosporalarga o’xshash, shaklan bir xilda va teig harakatchan gametalar qo’shiladi. Geterogamiyada shakli har xil, ya’ni bnri kichikroq va serharakat, ikkinchisi kattaroq va sust harakatli gametalar qo’shiladi. Bularning kattarog’ini urg’ochi, kichikrog’ini esa erkak gameta deb aytish mumkin. Oogamiyada qo’shilishga qatnashuvchi gametalarniig biri ancha ynrik va harakatsiz, ikkinchisi juda kichik va serharakat bo’ladi. Yirik, harakatsiz gameta urg’ochi gameta yoki tuxum hujayra deb, kichik harakatchan gameta erkak gameta yoki spermatozoid deb ataladi. Gametalar hosil bo’ladigan hujayra gametangiy deyiladi. Oogoniyda tuxum hujayrasi anteridiyda spermatozoidlar hosil bo’ladi. Spermatozoidlar rangsiz, ko’pincha, ikki xivchinli bo’ladi va shu xivchinlar vosntasida harakatlanadi. Gametalarnnng qo’shilishidan hosil bo’lgan individ zigota deb ataladi. Zigota tinchlik davrini kechirgandan keyin o’sib yangi individga aylanadi. Zigota yadrosining reduksion yo’l bilai bo’linishi natijasida gaploid xromosomali to’rtta harakatchan yoki harakatsiz zoospora hosil bo’ladi, ularning hammasi yoki bir qismi yangi individga aylanadi. Yashil suvo’tlarining turlarini ko’pligi, morfologik jihatidan xilma - xil strukturalarni hosil qilishi va boshqa bir qator xususiyatlari bilan suvo’tlari ichida markaziy o’rinni egallaydi. Tallomining tuzilishi va ko’payish xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni uchta sinfga bo’lib o’rganiladi. Chin yashil suvo’t lyoki teng xivchinlilar sinfi- Euchlorophyсеае yoki Isocontae. Matashuvchisimonlar — Conjugatophyceae. Xarasimonla— Charophyceae sinfi Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling