O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Qadimgi eroniy tillarning dialektologik tasnifining asoslari
Download 405 Kb.
|
5
Qadimgi eroniy tillarning dialektologik tasnifining asoslari
Eramizdan avvalgi II-I minginchi yillarda eroniyzabon qabilalardan midiy, fors va boshqa qabilalar eron yassi tog‘ligining G‘arbiy viloyatlariga ko‘chib borib, u yerda o‘rtoqloshib qoldilar. Natijada ular o‘zlarining asl vatanlari O‘rta Osiyodan uzoqlashib ketdilarki O‘sha davrdagi geografik muhit ularningbir-biri bilan yaqin munosabatda bo‘lishiga imkon bermasdi. Fanda dialektlar o‘rtasidagi farqqa qarab ularni ikki guruhga ajratish qabul qilingan: 1. G‘arbiy Eron dialektlari guruhi. 2. Sharqiy Eron dialektlari guruhi. Bu dialektlar o‘rtasidagi chegara qilib Dashti Kabir cho‘lini olish mumkin. Cho‘lning g‘arbiy qismida tarqalgan dialektlar, cho‘lning sharqiy qismiga tarqalgan dialektlar deyiladi. Sharqiy Eron guruhiga o‘sha paytlarda va O‘rta Osiyo va unga qo‘shni hududlarida tarqalgan dialektlarga Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya, Marg‘iona kirgan. Shuningdek, ko‘chmanchi sak qabilalari ham shu guruhga taaluqli bo‘lgan. Bu haqda Avestoning xot qismida ham aytib o‘tilgan. G‘arbiy Eron dialektlari o‘z navbatida ikki guruhga ajraladi: a) shimoliy-g‘arbiy (midiy) dialektlari. Bu dialektda gapiruvchi aholi Eron yassi tog‘liklarining shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan edi; b) janubiy-g‘arbiy (fors) dialektlari. Bu guruhda gaplashuvchi qabilalar Eron yassi tog‘liklarning janubi-g‘arbiy qismida fors ko‘rfazi tomon joylashgan yerlarida ya’ni Parso viloyatida yashashardi. Qadimgi fors mixxat yozuvlari shu guruhga taaluqlidir. Qadimgi eroniy til davridagi bu dialektal bo‘linish hozirgi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. Chunki o‘sha paytdagi g‘arbiy Eron til guruhiga kiruvchi dialektlardan yoki sharqiy Eron dialektal guruhiga taaluqli shevalardan paydo bo‘lgan hozirgi zamon eroniy tillari qaysi hududda tarqalganidan qat’iy nazar o‘sha qadimgi guruhga kiritila beriladi. Faqat shuni ta’kidlash kerakki, qadimgi eroniy til davridagi shevalar ozroq fonetik, leksik jihatdan farq qilishsada, lekin ular bir-birlarini tushunishar edi. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling