O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Janubiy-g‘arbiy eroniy til


Download 405 Kb.
bet55/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
5

Janubiy-g‘arbiy eroniy til (dialekt)lar Eron yassi tog‘liklarining janubiy-g‘arbiy qismi (parsa viloyati)da mavjud bo‘lgan qadimgi eroniy dialektlarga bog‘lanadi. Hozirgi janubiy-g‘arbiy eroniy tillar ichida fors va tojik tillarining mavqei balandroq. Ularning har ikkisi fors (tojik) klassik tilini (parsi, farsi) shahobchalaridir (IX-XVI asr). Mazkur til o‘rta fors tilining davomidir. Bu o‘rta fors tili esa parsa viloyatida yashagan aholi tilining davomidir. Janubiy-g‘arbiy eroniy tillar tarkibiga tat, lur va baxtiyor dialektlari hamda yerli fors shevalari va kumzari dialekti kiradi.
Sharqiy eroniy tillar
Sharqiy eroniy tillar Dashti Kavirdan boshlab sharqqa qarab O‘rta Osiyo va Afg‘oniston hududida qadimiy eroniy dialektlarga bog‘lanadi. Bu guruhga Qora dengiz atrofida yashagan skif qabilalarining dialektlari kiradi.
Hozirgi zamon sharqiy eroniy tillar guruhiga:

  1. afg‘on tili (pashtu);

  2. osetin tili;

  3. pomir tallari;

  4. munjon tili;

  5. yag‘nob tili kiradi.

Sharqiy eroniy tillar ham o‘z navbatida ikki kichik guruhga ajraladi: a) shimoliy-sharqiy tillar; b) janubiy-g‘arbiy tillar kiradi.
Shimoliy-sharqiy (skif) guruhi. Bu guruhga hozirgi eroniy tillardan osetin va yag‘nob tillari kiradi. Osetin tili Qora dengiz atrofidagi qadimgi skif dialektlari o‘rta asrlardagi alan tilining davomchisi bo‘lsa, yag‘nob tili esa shu kungacha davom etib kelayotgan so‘g‘d dialektining variantidir.
Bu guruhga XIII-XIV asrlarda iste’moldan chiqib ketgan xorazm tili ham kiradi. Osetin va yag‘nob tillarining bir qator o‘xshash xususiyatlari bor.
Janubiy-sharqiy guruh. Hozirgi eroniy tillarda bu guruhga quyidagi tillar kiradi: a) afg‘on; b) munjon; v) pomir. Bu tillarning hammasi qadimda (er.avv. II asrlarda) sak va tohar qabilalari yashagan hududda tarqalgan bo‘lib, qadimgi baqtriya va sak-tohar dialektlarining davomidir. O‘rta eroniy til davrida bu guruhga baqtriya va sak-xotan tillari kirgan.



Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling