O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Download 405 Kb.
|
5
Avesto tili
Muqaddas kitob Avestoning tili Eroniyzabon tillar ichida eng qadimiysidir. Uning grammatik tuzilishi juda arxaik bo‘lib, sanskrit tili bilan deyarli barobardur. Avesto tili flektiv til bo‘lib, ot va fe’l fleksiyasi tizimi juda rivojlangan, ot va fe’l o‘zak-negizlarining ko‘plab hillari mavjud, supletiv olmoshlari ham ko‘plab uchraydi. Avesto turli davrlarda va turli hududlarda yozilgani uchun uning tili ham bir xil emas. Unda ikki dialekt borligi ko‘zga tashlanadi. Xot yoki ot dialekti. Kichik Avesto dialekti. Xot dialekti nisbatan arxaikdir. Pars an’analariga ko‘ra Zardo‘sht o‘z va’zlarini qadimgi Baktriyada boshlangani uchun Avesto tilini ba’zi olimlar XIX asrda uni «Qadimgi Baqtriya tili» deb noto‘g‘ri nomlashgan. Shuningdek ba’zilar Avesto tilini zend tili deb ham atashgan (O‘rta fors tilidagi – “zand” so‘zidan olingan va bu Avestoga izohlardan iborat bo‘lib Sosoniylar davrida o‘rta fors tiliga oiddir). Hozir paytda Avesto tili termini fan olamiga keng tarqalgan. O‘quvchilarimizda Avesto tili haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun eronlik tilshunos olim Parviz Notel Xonlariyning “Zabonshenosi va zabon-e forsi” kitobida arab-fors alifbosida berilgan bir baytni quyida keltiramiz: Bag‘a vazraka axuramazda... iya sheyyatum ada marti yahya Hozirgi zamon fors tilida: Axuramazda xudo – yi bo‘zurgist ke shodiro baro-yi mardum ofarid Axuramazda shunday katta xudoki odamlarga shodlikni yaratdi. Taqriban 25 asr davomida tilda ro‘y bergan o‘zgarishlarga e’tibor bering. bag‘a – ado – vazrak – xudo – bo‘zo‘rg – katta ulug‘ ofaridan yo xalq kardan – yaratmoq shiyatum va marti yaxya – shodi va mardum – shodlik va xalq Hozirgi fors tilida te tovushi dolga o‘zgaradi.11 Bag‘a (Xudo) so‘zi shuningdek, geografik nomlarda ham uchrab turadi Masalan, Afg‘onistondagi Bog‘lon va Iroqdagi Bag‘dod shaharlarining nomlari buning dalilidir. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling