O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Umumiy oriyzabon qabila jamoasining parchalanishi


Download 405 Kb.
bet8/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
5

Umumiy oriyzabon qabila jamoasining parchalanishi.
Eroniy tillar guruhining (oilasi) ajralishi
Umumjamoa oriy qabilasi davri juda qadim-qadimgi zamonga borib taqaladi. O‘sha davrga oid yozma yodgorliklar yo‘q. Buni keyinroq vujudga kelgan yodgorliklar va tarixiy-madaniy guvohliklar asosida o‘rganish mumkin. Tarixan (Inda) Hind vohasida yashagan va hindiy tillar va shevalarda gapirishgan qabilalar hamda eroniy tillar va shevalarda gapirishib, Eron yassitog‘liklari va O‘rta Osiyoda yashagan qabilalar va xalqlar aslan tub aholi bo‘lishmagan. Bu tillarda so‘zlashuvchi qabila va xalqlarning hammasi biz yuqorida nomlarini keltirgan yurtlarga kelgindilardir. Buning isboti shuki, Veda matnlarida oriyzabon (hindiyzabon) qabilalarning hind vodiysi tomon yurishi va er.av. III-II minginchi yillarda yuqori madaniyatni yaratgan o‘troq tub aholi bilan kurashganlari aks ettirilgan. Xuddi shunday xolatni Eron yassitog‘liklarida (ayniqsa uning g‘arbiy qismlarida) yashagan qabilalar eroniy tillar va uning shevalarida gapirishmagan tub aholini tashkil qilgan, ya’ni tor ma’noda oriy tili guruhiga, kengroq aytganda, hindevropa tillariga taaluqli bo‘lmagan. Oriy shevalarida gapirishgan qabilalarning ona yurti O‘rta Osiyo va unga yondosh hududlar bo‘lgan. Bu fikrning dalili bo‘lib Avesto kitobi ham xizmat qiladi. Chunki Avesto mualliflariga O‘rta Osiyoning topografiya va toponomikasi yaxshi ma’lum bo‘lgan. Ikkinchidan hindshunoslarning fikricha Rigvedi hind vodiysida to‘la yaratilgan bo‘lib u er.av. II minginchi yillarning o‘rtalariga mos keladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, umumoriyzabon qabilalarining davri er.av. III minginchi yillarning oxiri va II minginchi yillarning boshlariga to‘g‘ri keladi. Keyinroq ko‘chmanchi holatda yashovchi oriyzabon xalqlar turli siyosiy-iqtisodiy sabablarga ko‘ra ikki yo‘nalishda O‘rta Osiyodan boshqa yurtlarga ko‘chib ketganlar.
1. Sharqiy yo‘nalish:
III ming yillikning oxiri va II ming yillikning boshlarida ko‘chmanchi oriyzabon qabilalarining bir qismi ona yurti O‘rta Osiyoni tark etib, Afg‘oniston orqali Panjob va Ganga vodiysining yuqori qismlariga ko‘chib ketishgan.

Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling