O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
L. S. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. Luriya, D.B. Elkonin
Download 136 Kb.
|
Kichik maktab yoshida muloqot xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.N. Myasishev
- Yershov A.A.
- MANBA VA ADABIYOTLAR RO’YHATI.
L. S. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. Luriya, D.B. Elkonin tadqiqotlariga ko‘ra, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri bu — muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V. Zaporojes va M .l. Lisina izlanishlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlarda rivojlanib boradi.
Boshqa olimlar muloqotni nutq kommunikatsiyasi bilan bog'lab o'rgangan bo'lsalar, V.N. Myasishev muloqotni jarayon sifatida o'rgangan. Ya’ni shaxslarning bir-biriga muloqot orqali ta’sir ko'rsatishlarini, bir-birlarini idrok qilish obyekti sifatida tahlil qiladi. N.P. Anikeyeva fikricha, boshqa odamlar bilan muloqotda har bir shaxs muayyan ijtimoiy rolni egallaydi. Rollar shaxsning tabiatini to'laroq ochib berishi yoki uni niqoblashi mumkin. Insonning muloqot jarayonida inson tomonidan idrok etilishi «ijtimoiy persepsiya» deyiladi. Dastlab, bu atama J. Bruner tomonidan 1947-yilda ishlatilgan bo'lib, u perseptiv jarayonlarning ijtimoiy determinatsiyasini anglatgan. Keyinchalik bu atama ijtimoiy obyektlami, ya’ni odamlar, ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan. Rahbar faoliyatidagi eng muammoli masalalardan biri — xodimlar bilan bo'ladigan muloqotda ziddiyat va nizolar. Ushbu masala bo'yicha psixologlar Yershov A.A. (Shaxs va jamoa: Jamoadagi shaxslararo nizolarni bartaraf etish), Kichanov I.M. (Ziddiyatlar: yoqlaydiganlar va qarshilar.), Smolin G.L. (Ziddiyatlami tadqiq qilish tamoyillari) bir qancha ishlarni amalga oshirganlar. V. Karimovaning fikricha, psixologiyada, psixologik ta’siming uch vositasi farqlanadi: XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bo`lg’usi pedagog - psixologlardan psixologik bilimdonlik talab etiladi. Buning ijtimoiy - psixolik treninglar yordamida amalga oshiriladi. Odamlarda muloqot malakalari hosil qilinib, ular turli ijtimoiy sharoitlarda o`zini to’g’ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha aytganda, trening muloqotga o’rgatishdir. Muloqotga o’rgatish hozirgi zamon kishisining turli ishlab chiqarish va muomala sharoitlarida to’g’ri moslashishga yordam beradi. Buning uchun maxsus tayyorgarlik guruhlari yoki trening guruhlari tashkil etishni psixologlar taklif etishgan. G’arbda shu maqsadda T- guruhlar tashkil qilinib, muloqot jarayonida qiyinchilik his etayotgan kishilar taklif etilgan. Ijtimoiy pisixologik treningning asosiy usullari - guruhiy munozaralar, rolli o’yinlar, psixolik sezgirlikni oshiruvchi treninglardir. Trening guruh a’zolari 7-15 kishigacha bilib mashg’ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom etadi. Ularning muloqot manbaida o’zini «o’zgalar» o‘rniga qo’yish, ularning ichki olamini to’g’ri tushinish qobiliyati va istagi tarbiyalanadi. TAVSIYA Muloqotning salbiy oqibatlarga olib kelishi ham bor gap. Shaxslarning o’zaro tushunmovchiligi tufayli nizo kelib chiqadi. Psixologlar muloqotdagi nizolarning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozimligini tavsiya qiladi: • tanqid va ayblovni ko'p ishlatmaslik, ko'p noliyvermaslik; • fikrni qisqaroq gaplarda ifodalash; • e’tiborli tinglovchi bo'lish — suhbatdosh flkrini bo'lmaslik, suhbatdoshga o'z flkrini bildirishi uchun vaqt berish, unga bo'lgan qiziqishni ko'rsatish, suhbatdosh nutqining xususiyatlariga kamroq e’tibor berish, suhbatni monopollashtirib yubormaslik, suhbat vaziyatidan chalg'imaslik; • ovozning imkon qadar samimiy jaranglashini ta’minlash; • suhbatdoshning noverbal signallarini diqqat bilan kuzatish; • qat’iy fikr bildirishdan saqlanish; • fikrni bildirishdan avval u nima haqida ekanini ma’lum qilish; • suhbatdosh «tilida» gapirish (professionalizmga yo'l qo'ymaslik); • befoyda bahslarga kirishishdan saqlanish; • buyruq ohangidan voz kechish; • «hech qachon» va «har doim» so'zlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish; • ijobiy emotsiyalami saqlab turish, ko'proq tabassum qilish. MANBA VA ADABIYOTLAR RO’YHATI. 1. I.A.Karimov Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch. – T.: Ma`naviyat, 2008. 2. G`oziev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001. 3. Karimova V. “Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot” Toshkent – 1999 4. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoe posobie dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 2004-512 s. 5. Maqsudova M . “Muloqot psixologiyasi” Namangan -2004 6. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznanie sebya: Vliyanie na lyudey:Posobie dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003. 320 s. 7 .Internet ma’lumot : www.ziyonet.uz. www.arxiv.uz Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling