O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi buxgalteriya hisobi va audit
Ichki va tashqi audit o’rtasidagi farq
Download 90.95 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazir-fayllar.org
3.2.Ichki va tashqi audit o’rtasidagi farq.
Tashqi va ichki audit o`rtasidagi farq, avvalo, ularni amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy va uslubiy shakllarida namoyon bo ladi. Bundan ichki audit doirasida aktivlar saqlanishining to`la nazoratini o`tkazish va mulk egasining mulkiy manfaatlarini himoya qilishdan tashqari, moliyaviy menejment sifati va siyosati ham nazorat qilinadi. Ichki audit tizimi (o`z-o`zini nazorat qilish) shakli AQShda XX asrning 30 yillarida yuzaga kelib, keyinchalik G arbiy Evropa va Yaponiyada tarqalgan. Ichki audit tizimining vujudga kelishiga ishlab chiqarish jarayonida texnologiya yangiliklarining keng ko`lamda qo`llanilishi, ishlab chiqarish samaradorligini ta`minlash maqsadida korxonani boshqaruv vazifasi rahbardan menejer zimmasiga o`tishi, xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi korporatsiyalarning vujudga kelishi va jahon bozorining tashkil topishi kabi omillar asos bo`ldi. Hozirga vaqtga kelib ko`p hollarda ichki auditorlarning funktsiyalari, hatto o`z kompaniyasi tarkibiy bo`linmalari buxgalteriya hisobotlarini tekshirish doirasidan ham chetga chiqadi. Ichki auditorlar korxonaning iqtisodiy siyosati va boshqaruv masalalarida ko`proq ishtirok etmoqdalar. Ichki auditorlar yuqori malakali mutaxassislar bo’lib, o`z maqomiga ko`ra katta vakolatlarga ega. Ularning majburiyatlari doirasiga ko`proq quyidagilar kiradi: operatsion audit- boshqaruv masalalari bo`yicha korxonaning turli tarkibiy bo li alariga maslahat berish kabi faoliyat (masalan, marketing ishlarini baholash, korxona tarkibiy tuzilmasini baholash va sh.k.); muvofiqlik auditi- ushbu korxona bo`linmalari faoliyati, uning ma`muriyati va zarur bo`lganda yuqori organlar tomonidan belgilangan yoki qonun hujjatlarida ko`rsatilgan qoidalarga muvofiqligini tekshirishdan iborat. Masalan, tuzilgan shartnomalarni yuridik talablar nuqtai-nazaridan tekshirish va baholash, risklarni kamaytirish va h. k AQSHda auditorlarning professional tashkilotlari 1941- yilda tashkil topgan bo lib, ichki auditorlar instituti- IAI (IIA- Institute of Internal Auditors) deb nomlangan. U hech qancha vaqt o`rtasida «taraqqiyotga hamkorlik orqali 14 erishiladi» degan shior bilan chiqqan. O`tgan asrning 70 yillarida institut xalqaro markazini Florida shtatiga ko`chirgan . Ushbu institut faoliyati quyidagilar negizida qurilgan: a) ichki auditorlarning umum kasbiy bilimlari; b) professionallikni uzluksiz rivojlantirish dasturi; c) iqtisodiy kodeks; d) professional me`yorlar; Audit jarayoni tashkilotning uzoq muddatli omon qolishi va muvaffaqiyat qozonishining muhim jihatlaridan biridir. Kompaniyaning audit jarayonining samaradorligini tekshirish uchun direktorlar kengashi tomonidan taftish komissiyasi tayinlanadi. Ichki audit va tashqi audit - bu audit jarayonining ikkita asosiy komponenti. Ichki va tashqi audit o'rtasidagi asosiy farq shundaki, ichki audit - bu tashkilotning ichki nazorati va tavakkalchiliklarini boshqarish tizimining samarali ishlashiga mustaqil va ob'ektiv kafolat beruvchi funktsiya , tashqi audit esa moliyaviy va tavakkalchiliklarni baholaydigan tashkilot tashqarisidagi mustaqil funktsiya. qonuniy audit talablariga rioya qilish uchun tegishli jihatlar. Download 90.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling