Guruh - guruh bo’lib harakat qilish
Guruh bo’lib harakat qilish taktikasini o’rgatish asosida kombinatsiyani o’rganish yotadi. Biroq kombinatsiyani egallashdagi eng bosh fikr shundan iboratki ya’ni kombinatsiya qilishni bilish balki, kombinatsiyani o’zini bajarish emas. Taktik kombinatsiyani o’rganishda shug’ullanuvchilarning taktik fikirlashni rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin. Ular nafaqt o’z vaqtida va to’p bilan to’g’ri harakat qilishni balki sheriklari bilan ham o’zaro haraktni o’rganadilar.
Dastlab eng ko’p tarqalgan ikki-uch o’yinchilarni o’zaro harakatini o’rganadilar, keyin esa maksimal miqdordagi o’yinchilarni jalb qilish bilan o’rganadilar. Hujum va himoyadagi kombinatsiyalar parallel o’rganiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, ya’ni o’rganilgan kombinatsiya har doim ham muvoffaqiyat ga olib kelavermaydi, chunki o’yin jarayonida ular «toza ko’rinishda» kam uchraydi. Shuning uchun kombinatsiya qilish san’atini, o’yinda aniq yo’l bilan mos ravishda o’yin kombinatsiyasini tashkil etish o’rgatish zarur.
Jamoa bo’lib harakatlanish
Jamoa bo’lib harakatlanishni o’rganishni jamoa ni tashkil qilingan vaqtdan va o’ynovchilarni asosiy vazifalarni aniqlangandan keyin bolanadi. O’rgatish imkoniyatlari bilan mos ravishda o’yinni taktik shaklni tanlab, ularni joylashtirish sistemasini qabul qiladi va himoyada va hujumda har bir o’yinchiin vazifasini aniqlaydi. Shundan so’ng o’yinchilarning asosiy o’zaro harakatini va to’pni o’ynash kombinatsiyasini o’rganadi, mustaqil ravishda taktik qarorni yoki fikirni qabul qilishga o’rganadi.
J amoa ga oid taktik harakatni egallashni asosiy uslubi o’yin hisoblanadi: o’quv, nazorat, o’rtoqlik va rasmiy o’yinlar. O’quv o’yinida shug’ullanuvchilar oldiga aniq taktik vazifa qo’yiladi. Bu vazifani hal etishga mos ravishda o’zgartirishlar kiritish zarur. Odatda nazorat o’yinlari egallashi, sheriklarni bir-biriga to’g’ri kelishi aniqlash maqsadida o’tkaziladi. O’rtoqlik uchrashuvlarida nimalarni o’rgatilgan bo’lsa, ularni barchasini takomillashtiriladi.
Taktikani o’rgatishda o’yinchilarni ixtisoslashtirishga shoshmaslik kerak. Faqat shundan keyingina, jamoa u yoki bu vazifani bajarishga o’yinchilarni ishtiyoqini yoki xavasi aniq namoyon bo’ladi va bu ishtiyoqni takomillashtirishga hujumda va himoyada barcha o’yin usullarini bajarishga o’rgatish kerak. O’z qobilyatini hali egallamagan, o’yinchini taktik vazifasini takomillashtirishga kirishda eng muhim hatolikka yo’l qo’ymaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |