O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 298.41 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1548240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs m

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Monetar siyosatni takomillashtirish, uning makroiqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlashdagi rolini oshirishning nazariy asoslari xorijlik iqtisodchi olimlar – G.Kassel, J.Keyns, Jan Matuk, A.Ulyukayev, A.Shvarts, J.Fleming, I.Fisher, L.Katao, L.Krasavina,M.Ershov,O.Lavrushin,P.Samuel’son,S.Fisher,M.Fridmen,F.Maxlup,G.Fetisov,I.Mamonova, kabi olimlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan.J.M.Keyns keynschilik pul-kredit konsepsiyasini yaratdi va to’lovga qobil talabni rag’batlantirishga qaratilgan “arzon pullar” konsepsiyasini joriy qildi va ushbu konsepsiya hozirga qadar o’zining amaliy ahamiyatini yo’qotgan emas. M.Fridmen monetarizm pul-kredit konsepsiyasini yaratdi va bu konsepsiya monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishning nazariy - uslubiy asosini tashkil etmoqda.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ilmiy ishning maqsadi, yetakchi olimlarning keng ilmiy izlanishlari va metadologik uslublariga tayanib,
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini takomillashtirish va uning makroiqtisodiy barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashdagi rolini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun ilmiy ishimiz oldiga quyidagi vazifalarni hal etish qo’yildi:

  • Keynschilik pul-kredit konsepsiyasining nazariy asoslarini o’rganish;

  • Monetarizm pul – kredit konsepsiyasining o’ziga xos xususiyatlari va uning nazariy asoslari;

  • Monetar siyosatning strategik va taktik maqsadlarini aniq belgilash va uning barqarorligini ta’minlash;

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosati instrumentlaridan foydalanish amaliyotini tahliliy yo’llar bilan o’rganish;

Kurs ishining ob’ekti sifatidaO’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti – respublikamizda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy, moliyaviy munosabatlar hisoblanadi.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling