O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


Markaziy bankning pul-kredit siyosatining strategik va taktik maqsadlari


Download 298.41 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1548240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs m

1.2. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining strategik va taktik maqsadlari.

Pul-kredit ta’limotlarining asosiy masalalaridan biri monetar siyosatning maqsadli ko’rsatkichlarini to’g’ri tanlash masalasi hisoblanadi. Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, monetar siyosatning asosiy yo’nalishlari muhokama qilinayotganda Markaziy bankning mas’ul mutaxassilari asosiy e’tiborni mamlakatda iqtisodiy o’sish, narxlar, foiz stavkalari, moliya va valyuta bozorlarining barqarorligini ta’minlash hamda mustahkamlash kabi bir qator masalalarga qaratadilar.


Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishda mamlakatda amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy, monetar va fiskal siyosatning muvofiqligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Aks holda qo’yilgan maqsadlarga muvaffaqiyatli darajada erishib bo’lmaydi.
Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirish va uning maqsadlariga erishishda yetarli darajada samara berishi mumkin bo’lgan bir yoki bir-necha maqsadli ko’rsatkichlarni tanlab olishi muhim ahamiyatga egadir. Odatda markaziy bank monetar siyosatning oraliq maqsadi sifatida pul agregatlaridan, jumladan, pul massasi yoki pul bazasidan foydalanadi.
Markaziy bank pul massasi ustidan qat’iy nazoratni o’rnatish orqali valyuta kursining barqarorligiga erishish mumkin. Ammo bank tizimining va moliya bozorining likvidliligi kamayib ketadi. Moliya vazirligi esa harajatlarni oshirish orqali, bir tomondan iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, ikkinchi tomondan, moliya bozorida foiz stavkasining ko’tarilishiga, iqtisodiyot real sektorida investitsiyalarning kamayishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda shunga o’xshash ziddiyatli holatlar iqtisodiyotni, jumladan, bank tizimi va moliya bozorlarini erkinlashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, almashuv kursi bo’yicha cheklovlarni olib tashlash natijasida kuchayadi. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etish uchun makroiqtisodiy va monetar siyosatning moslashuvchan bo’lishini talab etadi.
Jahon bank amaliyotiga muvofiq pul aylanish tezligi nominal yalpi ichki mahsulotning o’rtacha yillik pul massasiga nisbati orqali aniqlanadi. Klassik iqtisodiy maktab vakillarining nominal YAIMning pul massasi hajmining tebranishlari ta’siri ostida o’zgarishi to’g’risidagi hulosalari shunga asoslanganki, pulning aylanish tezligini (PY/M) yetarli darajada doimiy deb hisoblash mumkin.Ularning hulosasidan farqli o’laroq, biz pul aylanish tezligini doimiy, deb hisoblamaymiz.
Ma’lumki, monetar siyosatning kelgusi yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilayotganda Markaziy bank asosiy e’tiborni hukumat tomonidan qo’yilgan qator maqsadlarga: iqtisodiy o’sish, inflyatsiya, valyuta kursi, foiz stavkalari, to’lov balansi, moliya, xususan pul va valyuta bozorlarining barqororligini ta’minlashga qaratadi. Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda Markaziy bank monetar siyosatning oraliq, operatsion va pirovard maqsadlarini belgilab oladi. Buning uchun Markaziy bank bir yoki bir necha ko’rsatkichni tanlab olishi mumkin. Pul-kredit siyosatning maqsadi ochiq va yopiq tarzda bo’lishi mumkin. Pul kredit siyosatning maqsadi ochiq bo’lsa, siyosatning maqsadi ommada e’lon qilinadi10.
Markaziy bank pul agregatlarini samarali nazorat qilish va tartibga solish uchun monetar siyosatning oraliq maqsadidan foydalanadi va odatda rezerv pullarni tanlab oladi. Operatsion maqsad - sifatida pul massasi yoki kredit hajmini tanlaydi. Pirovard maqsad sifatida esa - narxlarning barqarorligini, YAIMning real o’sishini ta’minlash kabi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni tanlab oladi. Hozirgi paytda inflyatsiya darajasi va milliy valyuta kursini barqaror ushlab turish monetar siyosatning pirovard maqsadlari hisoblanadi.
Yuqoridagi chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilayotganligi, bank tizimi va moliya bozorining, xususan, pul, qimmatli qog’ozlar va valyuta bozorining barqaror rivojlayotganligi, o’z navbatida, monetar siyosat samaradorligini yanada oshirish imkonini bermoqda.
Ayni paytda MDH davlatlarida, jumladan O’zbekistonda ham monetar siyosatning ochiq bozordagi operatsiyalar, valyuta siyosati, majburiy zahira talablari, foiz siyosati, depozit operatsiyalari kabi bir qator bilvosita vositalaridan samarali foydalanilmoqda. Shuningdek, tijorat banklarining bo’sh pul mablag’larini maxsus depozitlarga va Markaziy bankning qimmatli qog’ozlariga jalb qilish bo’yicha operatsiyalar ham muntazam ravishda o’tkazilmoqda. Ushbu operatsiyalar 1 kunlik, 1 haftalik, 2 haftalik depozit auksionlari ko’rinishida amalga oshirilmoqda. Ushbu vositalar, o’z navbatida, Markaziy bankka monetar siyosat samaradorligini oshirish imkonini bermoqda.
Shu sababli, XX asrning 70-yillari boshidan 80-yillarining ohiriga qadar rivojlangan mamlakatlar barqaror iqtisodiy o’sishni va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida, pul-kredit siyosatini amalga oshirishda bevosita vositalardan asta-sekin voz kechib, ochiq bozordagi operatsiyalar, zahira talablari kabi bir qator bilvosita vositalarga o’ta boshladi. Bilvosita vositalarga o’tish jarayoni ko’pchilik mamlakatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Ushbu davlatlarning integratsiyalashuvi, o’z navbatida, pul-kredit siyosatini amalga oshirishda bilvosita vositalardan foydalanish usullarini bir-biriga yaqinlashtirishga imkon berdi.
"Monetar siyosatning bilvosita vositalarini to’liq joriy qilish o’tish iqtisodiyotining tugallanganligini anglatadi. O’z navbatida, foiz stavkasi bo’yicha cheklovlar bekor qilingan va Markaziy bankning maqsadli kreditlari umumiy kredit hajmining 25 foizidan oshmagan taqdirdagina monetar siyosatning bilvosita vositalariga o’tish jarayoni tugallangan hisoblanadi11. Umuman horijiy davlatlar monetar siyosatning bilvosita vositalariga o’tishda moliya tizimini isloh qilish va erkinlashtirish, qat’iy monetar va fiskal siyosatni yuritish, moliya bozorlarini rivojlantirish, keng qamrovli xususiylashtirishga yo’naltirilgan qator islohotlarni o’tkazdi.


Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling