O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


II-BOB. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul-kredit


Download 298.41 Kb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1548240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs m



II-BOB. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul-kredit

siyosatini samarali tashkil etishning amaldagi holati tahlili

2.1. Pul-kredit siyosatining vositalari


Pul kredit siyosatining 3ta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi:
1.Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi-Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi.Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko’zda tutilmagan zarurat tug’ilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam bo’lgan hollarda oladilar.Hisob stavkasining pasayishi bilan tujorat banklarida Markaziy bankdan qo’shimcha zahiralarni olish imkoniyatlari kengayadi.
2.Majburiy zaxiralar normasi –kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Zahira normasi 2 ta assiy funksiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi.Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo’lgan zahiralarning eng quyi normasini o’rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobilyatiga imkoniyatiga tasir etadi.
3.Ochiq bozordagi operatsiyalar-Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini(qimmatli qog’ozlarini) tijorat banklari va aholidan sotib olish va ularga sotish bo’yicha operatsiyalardir.Markaziy bank tijorat banklari yoki aholidan bu qimmatli qog’ozlarni sotib olar ekan,tijorat banklari zahiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko’paytiradi.Bu zahiralar pul bazasiga kiradi ,ya’ni yuqori quvvatli pullar bo’lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko’payadi.Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni sotish bilan zahiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobilyatini kengaytiradi
Markaziy bankning diskont siyosatida qayta moliyalash stavkasi instrumentidan pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o'sish jarayonlarini rag'batlantirish maqsadida keng foydalaniladi. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining asosiy va zamonaviy vositalaridan biri bo'lgan qayta moliyalashstavkasidan kreditga bo'lgan talabni boshqarish va muomaladagi pul massasi hajmini tartibga solish orqali narxlaro'sishini jilovlash va pasaytirish maqsadida foydalanildi.
Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining va boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2022 yilda yillik 14 foiz miqdorida saqlab qolindi.
Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo'lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini ta'minlashga xizmat qilmoqda.
Milliy valyuta muomalaga kiritilgan paytda qayta moliyalash stavkasi yiliga 150 foizni tashkil etar edi. Ammo milliy valyuta muomalaga kiritilgunga qadar mavjud bo'lgan inflyatsiyaning inertsiya kuchi shu darajada katta ediki, tezda qayta moliyalash stavkasining bu darajasi etarli emasligi ma'lum bo'lib qoldi.
Hozirda Markaziy bank milliy valyutamiz barqarorligini ta'minlash maqsadida, xalqaro amaliyotga mos ravishda monetar siyosatni amalga oshirmoqda va shundan kelib chiqqan holda, bugungi rivojlanishdagi asosiy e'tibor iqtisodiyotda foiz stavkalarining ta'sirchanligini bosqichma-bosqich kuchaytirishga qaratilmoqda.
Ammo mamlakatimizda o'tish davrining dastlabki yillaridagi zaruriyat tufayli, iqtisodiyotning ustuvor yo'nalishlarini mablag' bilan ta'minlash uchun Markaziy bank tomonidan ajratilgan markazlashgan kreditlar qayta moliyalash stavkasi asosida emas, Hukumat qarorlari asosida imtiyozli foizlarda berildi.
Kredit siyosatining bozor mexanizmlaridan keng foydalanilishi tez orada o'zining ijobiy natijalarini bera boshladi. Xususan, Markaziy bank olib borilayotgan monetar siyosatni, jumladan foiz siyosatini barqarorligini ta'minlashda inflyatsiya darajasining pasayishi va pul bozoridagi holatdan kelib chiqqan holda qayta moliyalash stavkasini pasaytirib bordi.
Inflyatsiyaning past darajada bo'lishi natijasida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining pasaytirilishi milliy valyutamiz barqarorlashib borayotganligidan dalolat beradi va real ishlab chiqarish hajmining o'sishiga xizmat qiladi.
Markaziy bank tomonidan pulga bo'lgan real talabdan kelib chiqib qayta moliyalash stavkasining bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi, respublikamizda makroiqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga xizmat qilmoqda.


Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling