O’zbekiston respublikasi oliy ta’limi, fan va inavatsiyalar vazirligi
Download 1.29 Mb.
|
sanow kurs iwi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari: - Maqom san’atining rivojlanishi;
- Kurs ishining obyekti
- I.BOB. SHARQ ALLOMALARINING MUSIQA ILMIGA MEROSI. 1.1. Farobiyning yaratgan merosi haqida.
Kurs ishining maqsadi: Maqom san’atining rivojlanishi. Sharq allomalarining musiqa ilmiga oid merosi va maqom yo’llari maqom san’ati rivojlanishi uchun allomalarimizning bizgacha yetib kelgan kitoblarini o’rganmoqdamiz.
“Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no – mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o’ziga xos ta’sir o’tkazadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, zaminimizda yashab o’tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy – ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g’urur bilan ta’kidlash lozim”. Kurs ishining vazifalari: - Maqom san’atining rivojlanishi; - Allomalarining bizgacha yetib kelgan kitoblarini o’rganish; - Allomalarning hayotini va moqomot musiqa ilmiga oid merosini o’rganish. Kurs ishining predmeti: O’zbek maqom ijrochilarini xalqaro va Respublika tanlovlari o’tkaqish va, allomalarimiznig musiqa ilmiga oid merosini va maqom san’ati rivojlaanishiga katta xissasini qo’shadi. Kurs ishining obyekti: Respublikamizda maqom san’ati rivojlanishi, buyuk allomalarimizning musiqa ilmiga oid qoldirgan merosi, hamda bizgacha yetib kelgan kitoblari va risolalari, kuylari, asarlarni butun dunyoga targ’ib qilish ko’zda tutiladi. Kurs ishining tuzulishi: : Kirish, 2 bob ( 4 ta paragrif ), xulosa, ilovalar, foydalanilgan adabiyotlar,asosiy adabiyotlar, rahbariy adabiyotlar,qo’shimcha adabiyotlar. I.BOB. SHARQ ALLOMALARINING MUSIQA ILMIGA MEROSI. 1.1. Farobiyning yaratgan merosi haqida. Movarounnahr diyoridan jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy kabi qomusiy allomalar yetishib chiqdi. Buyuk vatandoshlarimiz – Abu Abdullo Xorazmiy (780–850), Ahmad Farg‘oniy (797–865) va Abu Rayhon Beruniylarning (973–1048) ilmiy faoliyatlari bois aniq fanlar (algebra, astronomiya, geometriya) rivojlandi, Sharq xalqlari orasida ishq falsafasi bilan yo‘g‘rilgan komil inson ta’limoti keng yoyildi va uning ijobiy ta’siri badiiy ijod jabhalarida ham ko‘rina boshladi. Aynan shu davrlarga kelib nafislar davrasida samo‘ (qalban zavqli tinglash) amaliyoti keng yoyildi, musiqaga tasavvuf namoyandalari tomonidan nozik ta’riflar berildi. Jumladan, taniqli muhaddis, shayx Abu Bakr Buxoriy-Kalobodiyning (vaf. 994-y.) «nag‘ ma – jon quvvati va ruh ozig‘i turur1»iborasi mazmunan te ran ligi bilan musiqa haqida shakllanayotgan ko‘pgina qarashlarga muhim asos bo‘ldi. Bu ibora hozirga qadar ham musiqaga berilgan chuqur ma’noli go‘zal ta’riflar qatorida ma’lum va mashhurdir. IX–XVII asrlarda yashab ijod etgan Al Kindiy, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy, Darvish ali Changiy kabi allomalarning musiqa ilmiga bag‘ishlangan risolalarida musiqa zamonasi kesimida bayon etilgan. Risolalarda qayd etilishicha, musiqaning nazariyasi va amaliyoti azaldan o‘zaro bog‘liq holda shakllanib kelgan. Sharq allomalari – Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Mansur ibn Zayla va ularning izdoshlari aksincha, yuksalma tarzidagi mukammal tovushqatorlarni nazariy jihatdan ishlab chiqish borasida tadqiqot olib borgan edilar. Bu kabi nazariy holatlar esa, o‘sha davr badiiy-estetik talablariga muvofiq bo‘lib, jumladan, musiqada ustuvor ahamiyat kasb eta boshlagan yangi uslub negizida amalga oshirilgan ko‘rinadi2. Ushbu uslubga berilgan dastlabki ta’rif esa shunday: yangi uslub bu kuy ohanglarining umumiy to‘lqinsimon harakatida avj pardalariga (cho‘qqiga) qarab yuksalish tamoyili yetakchi o‘rin tutgan musiqiy jarayondir. Tabiiyki, Movarounnahr hududida shakl topayotgan yangi uslub tarkibiga mafkura nuqtayi-nazardan ustuvor ahamiyatiga ega bo‘lgan mahalliy musiqiy an’analar ham jalb etilgan. Masalan, shunday an’analar salmog‘ini turk kuylari tashkil etgan bo‘lishi haqi qatga yaqindir. Bu fikrga «kuy» atamasining kelib chiqishi va semantik jihatlari ham asos bo‘lishi mumkin. – «Kuy» atamasi dastlab «kug» («ko‘k») tarzida talaffuz etilgan bo‘lib, keyinchalik «kuy» shakliga o‘tgan3 . Abu Nasr Forobiy O'tror shahrida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug’ildi. Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada o'zlashtirdi. Forobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi va uni yahshi bilardi. O'zi turkiy halqlarga mansub bo'lib ona tilini yahshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puhta egallagan edi. U ko'proq Bag'dodda yashagan.Arab tilini juda ham yahshi bilar edi. U ko'proq falsafa, mantiq va diniy ilmlarga qiziqar edi. Farobiy musiqashunoslik faniga katta hissa qo’shdi. Ushbu sohada uning asosiy asari < Farobiyning asosiy asarlari: „Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida“, „Falsafiy savollar va ularga javoblar“, „Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi“, „Taliqot“ (sharhlar), „Inson aʼzolari haqida risola“, „Boʻshliq haqida maqola“, „Donolik asoslari“, „Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi“, „Hayvon aʼzolari, funksiyasi va potensiyasi“, „Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima“, „Mantiq ilmiga kirish“, „Ilmlarning kelib chiqishi haqida“, „Musiqa haqida katta kitob“, „Baxtsaodatga erishuv haqida“, „Masalalar mohiyati“, „Buyuk kishilarning naqllari“, „Ihso alulum“, „Hikmat maʼnolari“, „Aql toʻgʻrisida“, „Ilmlar va sanʼatlar fazilati“, „Qonunlar haqida kitob“, „Substansiya haqida soʻz“, „Falak harakatining doimiyligi haqida“, „Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz“, „Ritorika haqida kitob“, „Hajm va miqdor haqida soʻz“, „Musiqa haqida soʻz“, „Fizika usullari haqida kitob“, „Fazilatli xulqlar“, „Fozil shahar aholisining fikrlari“, „Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida“, "Aristotel „Metafizika“ kitobining maqsadi toʻgʻrisida" va boshqa Forobiy asarlari 20-asrning 70—80-yillarida Toshkent va Olmaotada „Falsafiy risolalar“, „Mantiqiy risolalar“, „Matematik risolalar“, „Ijtimoiyaxloqiy risolalar“, „Tadqiqotlar va tarjimalar“ nomlari ostida rus tilida nashr etilgan. Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, Forobiy Sharq musiqa nazariyasini shakllantirishda qadimgi dunyo nazariyotchilari qoldir gan ilmiy merosga ijodiy yondoshgan edi. Bu hol, jumladan, musiqaning ilmi ta’lif (nag‘ma, bo‘d, jins, jam’) va ilmi iyqo’ (vazn) masalalarini tadqiq etishda ko‘zga tashlanadi. Masalan, alloma iyqo’ – ritm masalasini qadimgi yunon olimlari kabi she’riyat qo- nunlari doirasida emas, balki o‘z davri musiqa amaliyotidan kelib chiqqan holda, alohida fan sifatida tadqiq etgan. Bu borada Forobiyning «Kitobul iyqo’ot» asari alohida ilmiy qiymatga ega. Bu asarda ilk bor mumtoz iyqo’ nazariyasi ishlab chiqil gan bo‘lib, unda ritm-usul omilining mustaqil badiiy ahamiyati hamda musiqada tutgan beqiyos o‘rni asoslab berilgan edi. Forobiyning iyqo’ ta’limoti keyinchalik alloma Ibn Sinoning «Kitob ash-shifo», «Kitob un-najot» va «Donishnoma» ilmiy asarlarida rivojlantirildi. Sharq olamining yirik shaharlarida mashhur bo‘lgan. Forobiy Damashqda bo‘lgan paytida Amir Sayfuddavla ibn Hamdon unga yaxshi munosabatda bo‘lgan. Ibn Xallikon (1211–1282) bergan ma’lumotga ko‘ra, Forobiy Halab shahriningamiri bo‘lgan Sayfuddavla ibn Hamdon (916–964) huzurida juda katta obro‘-e’tibor qozongan. Quyidagi mashhur rivoyat ham Ibn Xallikon tomonidan bayon etiladi: «Sayfuddavla mutribu mashshoqlarni chaqirtiradi. Chorlangan mashshoqlar qaysi kuyni mashq qilsa, Abu Nasr, sen falon joyda falon xatoga yo‘l qo‘yding, deb uning kamchiligini ko‘rsatib turadi. Buni ko‘rib, Sayfuddavla Abu Nasrdan – bu san’atdan ham xabaring bormi, deyman – deb so‘raydi. – Ha, – dedi Abu Nasr, u shunday dedi-yu, belidagi to‘rvasini ochib, undan bir necha cho‘p oldi, ularni bir-biriga uladi, so‘ng chalib mashq qila boshlagan edi, davrada o‘tirganlar o‘zlarini tutolmay kula boshlashdi. Keyin olim o‘sha cho‘plarni boshqacha qilib biriktirib chalgan edi, yig‘ilganlar piq-piq yig‘lashga tushishdi. Olim cho‘plarni boshqacha tartibga solib chalgan edi, amirdan tortib darvozabongacha hamma dong qotib uxlab qoldi. Abu Nasr esa, fursatdan foydalanib, saroydan chiqib ketdi».u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni maʼqul koʻradi. Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi Haqida gapiriladi. Farobiy oʻz asarlarida bilish shakllari, insonning ruhiy holati, jon va tananing oʻzaro munosabati, mantiqiy fikrlash toʻgʻrisidagi mulohazalarini bildiradi. Uning aytishicha, insonning bilish, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha aʼzolarni hayot uchun zarur boʻlgan qon bilan taʼminlovchi markaz vazifasini bajaradi. Farobiy „Ilm va sanʼatning fazilatlari haqida“ kitobida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (alaraz)dan substansiya (javhar)ga qarab borishni uqtiradi. Inson voqelikni idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, akl, nutq va boshqa vosita hamda usullar orqali bila oladi. Olim hissiy va akliy bilish mavjudligini, ular bir-biridan farq qilishini ham aytib oʻtadi. Hissiy bilishda sezgi aʼzolari yordamida ashyolar, narsa va hodisalarning muayyan sifatlari bilib olinadi. Shu bilan birga, sezgi orqali narsa va buyumlarning muhim boʻlmagan tomonlari ham idrok qilinadi. Aql orqali esa buyum sifatlarini mavhumlashtirish orqali uning mohiyati va umumiy tomonlari bilinadi. Farobiy ilgari surgan fikrlar XVI-XX asrlarda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli taʼsir koʻrsatdi. G‘arb olimlari Farobiyning musiqashunoslikka oid merosini Yevropada musiqa ilmining rivojlanishida katta ta’sir ko‘rsatilganligini ta’kidlaydi. K.Sarton Farobiy musiqashunoslik sohasida ham «o‘z davrining Yevropa nazariyalaridan ancha oldinda edi» deb ko‘rsatadi. Fransuz arabshunos olimi Karra de Voo Farobiyni musiqa san’atidagi xizmatlarini ta’kidlab, «Farobiy yana buyuk musiqachi ham edi. Biz uning sharq musiqasi nazariyasi bo‘yicha eng muhim asarlari uchun undan minnatdormiz» - deb yozgan edi. Yana u, - «U ayni vaqtda ham ijrochi-musiqachi, ham bastakor edi. Uning qobiliyatiga Sayfutdavlat qoyil qolgan edi. Darvish Mavlonlar hozirga qadar ham muallifii Farobiy deb hisoblanadigan qadimgi qo‘shiqlarni kuylab yuradilar», - degan edi. Farobiyning musiqa merosiga bag‘ishlangan asarlarida ta’kidlanishicha, «Kitob al musiqiy al kabir» asarining qiymati uning umumiy va chuqur g‘oyalaridagina emas, balki Farobiy davrida o‘rta asr musulmon Sharqi madaniyatining gullab yashnagan davrida musiqa san’atining holati haqida ham keng ma’lumot berilgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asarlari oʻzbek tilida chop etila boshladi, uning boy merosi xolisona, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshlandi Oliy oʻquv yurtlari, maktab va kutubxonalar, koʻchalar uning nomi bilan ataladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling