O’zbekiston respublikasi oliy ta’limi, fan va inavatsiyalar vazirligi
II. BOB. SAYFIDDIN URMAVIY VA O’N IKKI MAQOM TIZIMI
Download 1.29 Mb.
|
sanow kurs iwi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAFIUDDIN al-URMAVIY
II. BOB. SAYFIDDIN URMAVIY VA O’N IKKI MAQOM TIZIMI.
2.1. Sayfiddin Urmaviyning hayoti va musiqa ilmiga oid yaratgan merosi Mahobatli maqom tizimlarini «bino» qilish uchun, eng avvalo, poydevor yanglig‘ ahamiyatga ega mukammal pardalarni yuzaga keltirish (yoki ularni ilmiy asosda to‘g‘ri aniqlab olish) zarur bo‘lgan. Tabiiyki, bu ilmiy vazifa musiqashunos olimlar zimmasiga yuklangan. Shu bois, e’tiborimizni bu borada musiqashunoslikda kechgan ayrim ilmiy jarayonlarga qaratamiz. O‘n ikki maqom tizimi ilk bor XIII asrda yashab ijod qilgan ajoyib olim va musiqachi Safiuddin Urmaviy (tax. 1230–1294) tomonidan ilmiy tasnif etilgan edi. Bu ilmiy jarayonning qisqacha mazmuni shunday: ulug‘ tasnifotchi jam’lar tarkibini tashkil etgan asosiy jinslarni ikki guruhga – 7 ta to‘rt pog‘onali (tetraxord ko‘rinishdagi) quyi hamda 12 ta besh pog‘onali (penta xord ko‘rinishdagi) yuqori tabaqa jinslariga ajratgan bo‘lib, ular ning (quyi va yuqori tabaqa namunalarining) bir-biri bilan o‘zaro birikuvi (qo‘shiluvi) natijasida, quyidan yuqoriga yo‘nalgan (7×12) 84 ta jam’ hosil qilishga erishgan. Ammo nazariy jihatdan ishlab chiqilgan bu jam’larning aksariyati musiqa amaliyotida qo‘llash uchun ma’qul ko‘rilmagan, balki faqat uyg‘unlik darajasi yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan jam’largina musiqa amaliyoti uchun lozim holda, alohida ajratib olingan edi. 84 jam’ orasidan ajratib olingan tovush qatorlarning 12 turi O‘n ikki maqom tizimining eng oliy navli toifasi guruhiga tasnif etilgan bo‘lib, ularning har biriga alohida maxsus (xususiy) nomlar ham berilgan edi. Chunonchi, xususiy nomlari «Ushshoq», «Navo», «Busalik», «Rost», «Husayniy», «Hijoz», «Rohaviy», «Zangula», «Iroq», «Isfahon», «Zirofkand» («Kuchak»), «Buzurg» («Buzruk») kabi atalgan. Shu bilan birga, 12 jam’ni o‘zaro birlashtirib turuvchi va ko‘proq nazariy-falsafiy kesimda ahamiyatli bo‘lgan umumiy nomlari ham bo‘lgan. Masalan, Safiuddin Urmaviy bu o‘rinda asosan «doira», «davr», «halqa», «jam’», «shudud» kabi atamalarni qo‘llaydi. Olimning O‘n ikki maqom tizimi tasnifiga doir shoh asarining «Kitob ul-advar», ya’ni «Doiralar kitobi» deb nomlanishi bu o‘rinda bejiz emas, albatta. Chunki, unda tizimning tarkiban eng muhim qismlari bo‘lgan 12 jam’ va zarb-usullari doira shaklida izohlangan edi. Ma’lum g‘oyalar ifodasini ramz etishda muhim bo‘lgan doira viylik holatiga «erishish» uchun musiqada davriylik, izchil ay la naviylik xususiyatini aniqlash zarur edi. Safiuddin Urmaviyning «Kitob ul-advar» risolasida keltirilgan «tariqa» (yo‘l, shuningdek, usul, yo‘sin) nomli kuy yo‘llari shunday xulosaga ma’lum asos beradi. «Yo‘l» ma’nosini anglatuvchi maxsus atamalar IX asrdan (Forobiy) boshlab to XIII asr oxiri (Urmaviy) ga qadar keng qo‘llanib kelingan bo‘lib, hozirda Farg‘ona – Toshkent maqom yo‘llari, Surnay yo‘llari, Dutor yo‘llari, Chertim yo‘li, Aytim yo‘li kabi iboralarda saqlanib qolgan. SAFIUDDIN al-URMAVIY, Safiuddin Abdulmoʻmin bin Yusuf alUrmaviy (1215, Eron Ozarbayjoni, Urmiiya — 1294, Bagʻdod) — Sharq musiqa nazariyotchisi, bastakor, sozanda va xonanda. Safiuddin al-urmaviy alU. Bagʻdodda vafot etganligi sababli Gʻarb olimlari alBagʻdodiy deb ham yuritadilar. Mahmud ashSheroziyning yozishicha, oʻz zamonasining Sharq musiqa nazariyasi boʻyicha tengsiz olimi boʻlgan. Uning «Kuy yaratishga doir Sharafiya (Sharafuddin) risolasi» («Risolat ushSharafiyya finnisbatittaʼlifiyya»), «Musiqa va ritm doiralari kitobi» («Kitob uladvor») asarlari Sharq musiqa nazariyasi taraqqiyoti tarixida alohida oʻrin tutadi. Safiuddin al-Urmaviy bu risolalarida Oʻn imey maqom, olti ovoza, 24 shoʻba va usul doira (turkum)larini birinchi boʻlib yaxlit tizimga solib oʻrganib chikdi. Shuningdek, mazkur asarlarida nagʻma hosil etiladigan manbalar, boʻdl&r, jinslar, jamlar, alhon, cholgʻu asboblar, iyqo masalalarini tahlil qilgan. Safiuddin al-urmaviy alU. nazariy qarashlarini, musiqa ijrosiga doir fikrlarini isbotlash uchun Sharq xalqlari kuylaridan 2 tasini jadvallashtirib, dastlabki nota yozuvlarini ixtiro qilgan. Safiuddin al-urmaviy alU. ning musiqaga doir risolalari Sharq xalqlari, jumladan, Oʻrta Osiyo xalqlari musiqa madaniyatida alohida oʻrin egallaydi. Uning ikkala kitobini fransuz olimi D. R. Erlanje fransuz tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan. Safiuddin Abdulmo‘min bin Yusuf bin Faxir al-Urmaviy al-Bag‘dodiy o‘rta asrlar musulmon sharqi xalqlarining buyuk musiqashunos olimi va bastakori edi. U Sharq musiqa ilmining, Forobiy va Ibn Sinodan keyingi eng yirik namoyondasi hisoblanadi. Safiuddin Abdulmo‘min Urmaviy buyuk Forobiy kabi musiqa ilmi va amaliyotida barobariga zabardast bo‘lgan. U 1216 yil Bag‘dod shahrida devon kotibi oilasida tavallud topdi. Uning otasi Abbosiy xalifa Mustasin Billoh saroyida xizmat qilib, asli Eronning Urmiya shahridan edi. Shu bois Safiuddin ham yoshligidan saroy muhitida tarbiya topib, o‘z davrining barcha bilim sohalari, ayniqsa musiqa va she'riyat sohasida yuqori bilimlarga ega bo‘ldi. Safiuddin Urmaviy 19 yoshligida mohir ijrochi, hofiz va mashhur bastakor bo‘lib tanilgan. Safiuddin Urmaviyning musiqiy iste'dodi, bilim va mahorati haqida o‘z davrida va keyingi zamonlarda ko‘plab rIVoyatlar paydo bo‘lgan. Safiuddin boshqa ilmlarda, xususan, aniq fanlar, she'riyat borasida ham katta shuhrat qozongan. Zamonasining yirik matematigi Nasriddin Tusiy asarlari Safiuddin ijodiga zo‘r ta'sir ko‘rsatgan va uning musiqaviy qarashlarida ratsionalistik g‘oyalarning yuksakka ko‘tarilishiga olib kelgan. 1258 yili Bag‘dodni mo‘g‘ullar egallagandan so‘ng, Urmaviy Xulaguxon saroyida saroy musiqachisi sifatida keyinchalik esa buyuk vazir Alouddin Atoulmulk al-Juvayniy, so‘ng uning ukasi Shamsiddin Atoulmulk xonadonlarida xizmat qiladi. Uning «Kitobul-advor» («Musiqa va ritm doiralari kitobi»), «Risalatush-Sharafiya» («Sharafli risola») asarlari Shamsiddin Atoulmulkning o‘g‘li Sharafiddinga bag‘ishlab yozilgan. Bu ikki asar Urmaviyning musiqaga oid eng mashhur asarlaridir.U o‘zidan oldin o‘tgan olimlar Forobiy, Ibn Sino meroslarini ijodiy o‘zlashtirib, musiqa ilmini yangi pog‘onaga ko‘targan. «Kitabul advor» vazir al-Juvayniy buyurtmasi asosida yozilgan bo‘lib, uning eng qadimiy nusxasi 1236 yili ko‘chirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda Turkiyada saqlanmoqda. Yana bir nusxasi 1466 yil Hirotda Navoiy butortmasi asosida ko‘chirilgan; Ayni vaqtda u Toshkentda UzFAShI kutubxonasida inv. № 2795 raqami ostida saqlanmoqda. Asar qisqacha muqaddima va 15 fasldan iborat. Muqaddimada Urmaviy kitobning yozilish tarixi, uning maqsad va vazifalari haqida gapiradi.1-fasl musiqiy tovushning vujudga kelishi, nag‘ma ta'rifi va uning pastu-baland sabablarni masalalariga bag‘ishlangan.«Kitobul-advor»dan keyin bitilgan deyarli barcha risolalar uning tuzilishi va mazmunig asoslanadi. Urmaviyning ilmu ta'lif borasidagi qarashlari Sharq musiqasida xozirgacha o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Bu ta'limotning xususiyati nimadah Agar Forobiy va Ibn Sino musiqaning parda tuzilish tizimini empirik asosda (ya'ni tajribaga tayanib) tuzgan bo‘lsalar, Urmaviy bu jihatdan mafkuriy g‘oyalarni oldinga suradi. U Forobiy va Ibn Sino tovushqatorlari asosida katta-kichikligi turlicha bo‘lgan pardalar yotsa, Urmaviy ularni bir xilda teng taqsimlashni joriy qiladi. Oldingi nazariyaga ko‘ra, jins pardalari turlicha bo‘lganligi sababli, ularning faqat mos keladiganlarigina o‘zaro ulash mumkin bo‘lgan. Safiuddin tizimida jins iitervallar yagona negizdan hosil bo‘lganligi uchun ularning barchasini bir-biriga qo‘shish imkoniyati tug‘iladi va shu tufayli jinslardan hosil bo‘ladigan ja'mlar doirasi nihoyatda kengayadi. Safiuddin Urmaviy tovushqatorida, oldindan ma'lum bulgan I baqiya (nisbati 243/256) intervali asos qilib olinadi. Jinsning butun pardalari (mutlaq-sabboba va sabboba-binsir oralari) uning yordamida bo‘linadi. Har bir butun pardadan ikki baqiya va kichik qoldiq – fazla intervali xosil bo‘ladi. Muxim tomoni shundaki, fazla mustaqil parda sifatida qo‘llanilmaydi, balki boshqa intervallarning tarkibiga qo‘shilib, ularning moxiyatini o‘zgartiradi. Fazlaning ahamiyatini ma'lum darajada rus alifbosining yumshatish va ayirish belgilariga qiyos qilish mumkin. Bu belgilarning mustaqil fonetik ahamiyati bo‘lmasa ham, boshqa harflarga qo‘shilib, so‘z mazmunini tubdan o‘zgartiradi. Fazla yordamida butun va yarim pardalarning katta va kichik variantlari hosil bo‘ladi. Baqiyayi sig‘ar, Baqiyayi kubar, Mujannab, Taniniy 90 tsent 114 tsent 180 tsent 204 tsent kabi.Shunday qilib, xilma-xil pardalarning o‘rniga, ularni teng bo‘lingan variantlari ishlatiladi. Ushbu intervallarning turli tartibda joylashuvidan Safiuddin Urmaviy to‘rt pog‘onalik jinslarning 7, besh pog‘onalik jinslarning 13 turini hosil qiladi. Urmaviy birinchi bo‘lib, 17 pardali ud cholg‘usining tovushqatorini tartibga keltirdi. Yuqorida qayd qilinganidek, Safiuddin tizimida barcha jinslar o‘zaro ulanishi mumkin. Demak, nazariy jihatdan jamlarning soni 91-ta bo‘ladi (bu raqam to‘rt pog‘onali va besh pog‘onali jinslarning ko‘paytiruvidan kelib chiqadi 7x13 x 91). Lekin bulariing hammasi ham amalda ishlatiladigan jam'lar emas. Amalda ishlatiladiganlari esa o‘zining ohangdorligiga qarab turlarga bo‘linadi. Jam'lar mutanosibligi esa undagi sof intervallarning miqdoriga qarab belgilanadi. Agar jam'dagi sof intervallar (oktava, kvinta, kvarta) yig‘indisi bosqichlar soniga teng yoki undan ko‘p bo‘lsa, bu toifa-maqomlar deb yuritiladi. Shu tariqa 91 jamning 12-tasi maqomlar kategoriyasiga kiradi. Musiqa ilmida jam'larning eng oliy navlariga nisbatan qo‘llaniladi. Maqom iborasi birinchi bo‘lib Safiuddin Urmaviy tomonidan ishlatilgan. Sharq musiqasida keng tarqalgan «O‘n maqom tizimi» ham ana shundan boshlanadi. Olim quyidagi parda maqomlarni tasnif etgan: Ushshoq, Navo, Busalik, Rost, Iroq, Isfaxon, Zirafkand, Buzurg, Zangula, Rohaviy, Husayniy, Hijoz. Bularga qo‘shimcha 6-ta ovoza mavjud bo‘lgan: guvosht, gardaniya, salmak, navro‘z, moh, shahnoz (ovozalar yukoridagi maqom-advorning ma'lum bir bo‘lagidir). Keyinchalik atoqli tojik mutafakkiri Abdurahmon Jomiy (XV asr) 12 maqomni ustozona mumtoz musiqaning eng qadimiy yullari deb biladi. Urmaviyning iqo' ta'limoti o‘z davri musiqa amaliyotining ritmik tizimiga asoslanadi. U barcha usullarni 6 xil davrlarga ajratadi: saqili avval, saqilus-soniy, hafifus-soniy, ramal, xafifur-ramal, xazaj.O‘n yetti pog‘onali tovushqator xususida zamonamiz musiqashunoslari orasida turli baxslar haligacha davom etib kelmoqda. Ayrimlar Sharq musiqasi, jumladan, o‘zbek musiqasining xususiyatlarini faqat shu o‘n etgi pog‘onali tovushqator aks ettirishi mumkin va uning nazariy asoslari ham shunga tayanib, ochib berilishi lozim deb tushunganlar. Shunday qilib, Safiuddin Urmaviyning musiqaga bag‘ishlangan risolalari Sharq xalqlari, shu jumladan O‘rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyati, xususan maqomlar tarixida alohida boskichni tashkil etadi. Olimning xizmatlari yana shundan iboratki, u o‘zining o‘tmishdoshlari mulohazalariga tanqidiy qaradi, shu bilan birga Sharq musiqa nazariyasini yangiliklar bilan boyitdi, unga aniqliklar kiritdi hamda musiqa madaniyati taraqqiyotiga bebaho ulush ko‘shdi. Bu narsa, Urmaviydan keyinroq yashab ijod etgan ulkan qomuschi olim Mahmud Shsroziyning asarida ham ko‘rsatib o‘tiladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling