O’zbekiston respublikasi oliy ta’limi, fan va inavatsiyalar vazirligi
Najmiddin Kavkabiy va Darvesh ali Changiy maqomat olamiga oid yaratgan merosi
Download 1.29 Mb.
|
sanow kurs iwi
2.2. Najmiddin Kavkabiy va Darvesh ali Changiy maqomat olamiga oid yaratgan merosi
Kavkabiy Ubaydulloxon saroyida xizmat qilgan. Ubaydulloxon Husayn Boyqaroga o‘xshab, adabiyot va nafis san’atlar homiy si va ayni chog‘da she’riyat hamda musiqiy ilmning bilimdoni sifatida maydonga chiqdi, Kavkabiyni o‘z saroyining ko‘rki tariqasida e’zozladi. Ustoz san’atkor ziyorat uchun 1529-yilda Mashhadga kelganida, Eron shohi Taxmasp tomonidan shoir Hiloliy qoniga qasos tarzida qatl etilgan. Bu mudhish voqea ushbu davr tarixchisi Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” asari va boshqa manbalarda bayon etilgan. Kavkabiy bir qancha musiqiy risolalar muallifi. Ulardan bizgacha saqlanib kelganlari orasidan birinchisi nasrda, ikkinchisi nazmda yozilgan “Musiqa risolasi” va “0 ‘n ikki maqom haqida” asarlarini tilga olish mumkin. Umuman olganda, uning asarlari musiqa ilmining rivojlanishida alohida bir davrni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda Movarounnahr, Eron va Hindistonda ijod qilgan ko‘pchilik musiqashunoslar o‘zlarini Kavkabiy maktabining davomchilari deb biladilar. XVI asrning boshida Hirotdan Buxoroga muhojirlik qilgan ilm va san’at ahli orasida yirik olim va sozanda Najmiddin Kavkabiy ham bor edi. A.Fitrat Kavkabiyning o’zbek xonliklari madaniy hayotidagi o’rnini Abdulqodir Marog’iyning Temuriylar zamonidagi ahamiyatiga tenglaydi. Kavkabiy Ubaydulloxon saroyida xizmat qilgan. Ubaydulloxon Husayn Boyqaroga o’xshab, adabiyot va nafis san’atlar homiysi va ayni chog’da she’riyat hamda musiqiy ilmning bilimdoni sifatida maydonga chiqdi, Kavkabiyni o’z saroyining ko’rki tariqasida e’zozladi.11 Ustoz san’atkor ziyorat uchun 1529 yilda Mashhadga kelganida, Eron shohi Taxmasp tomonidan shoir Hiloliy qoniga qasos tarzida qatl etilgan. Bu mudhish voqea ushbu davr tarixchisi Hasanxo’ja Nisoriyning "Muzakkiri ahbob" asari va boshqa manbalarda bayon etilgan. Kavkabiy bir qancha musiqiy risolalar muallifi. Ulardan bizgacha saqlanib kelganlari orasidan birinchisi nasrda, ikkinchisi nazmda yozilgan "Musiqa risolasi" va "O’n ikki maqom haqida" asarlarini tilga olish mumkin. Umuman olganda, uning asarlari musiqa ilmining rivojlanishida alohida bir davrni tashkil etadi.12 Keyingi vaqtlarda Movarounnahr, Eron va Hindistonda ijod qilgan ko’pchilik san’at ahli o’zlarini Kavkabiy maktabining davomchilari deb biladilar. Kavkabiyning shogird va izdoshlari qatorida uning jiyani Darvesh Ali CHangiy alohida mavqega ega. Darvesh Ali yigitligida Abdullaxon, keksaygan paytlarida esa Imomqulixon saroyida xizmat qilgan va ularning har biriga atab mustaqil risolalar bitgan. Ustozi Kavkabiyga o’xshab, u turli ilm sohalarini o’zlashtirgan shoir, sozanda, hofiz va olim sifatida shuhrat qozongan. O’z mavqeiga ko’ra, Darvesh Alini islom SHarqining atoqli musiqachi olimlari silsilasining so’nggi namoyandalaridan biri deyish mumkin. Olimning mavzuga oid eng yirik asarlaridan biri "Risola-yi musiqiy" ("Musiqa risolasi") mazkur ilmining an’anaviy parda va usulga oid masalalarinigina yoritib qolmasdan, sozandalar hayoti va ijodiga tegishli tazkiraviy ma’lumotlarni ham o’z ichiga oladi. Ushbu nuqtai nazardan "Risola-yi musiqiy" nazariy hamda tarixiy ahamiyatga molik risola hisoblanadi. Kavkabiy va Darvesh Ali kitoblari Buxoroda yozilib, bevosita shu davlat hukmdorlariga bag’ishlanganiga qaramasdan, ular mohiyatan mahalliy emas, balki mintaqaviy ahamiyatga molik ilmiy asarlar ekanligini ko’zda tutish lozim. Boshqacha aytganda, bu manbalar Buxoro musiqasining mahalliy xususiyatlarini o’rganishga qaratilmagan. Ularda universal toifadagi mumtoz musiqa sifatida maqomotning nazariy asoslariga bag’ishlangan masalalar o’rin olgan. XVI-XVII asr musiqa san’atining yana bir yirik namoyandasi Darvesh Ali CHangiy edi. Uning ham hayoti va ijodi haqida to’liq ma’lumotlar saqlanmagan. Lekin, Darvesh Alining risolasi uning yirik musiqa olimi, sozanda va bastakor bo’lganligidan dalolat beradi. Temuriylardan keyingi davrda yaratilgan musiqiy risolalar orasida Najmiddin Kavkabiy va Darvish Ali Changiyning («Tuhfat us-surur»2 ) risolalari alohida ahamiyatga egadir. Xususan, o‘rta asrlarning so‘nggi yillaridagi bastakorlik ijodiyoti borasidagi ma’lumotlar Darvish Ali Changiyning ijodida to‘la-to‘kis yoritilgan. Muallif unda o‘z davrining musiqiy tizimi, bastakorlik, ya’ni ijodkorlik masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi. Bastakorlik ijodining asosiy shakllari – naqsh, peshrav, amal, qavl, savt, chorzarb, jir, kor, tarona kabilar xususida ma’lumotlar keltiriladi. Shu bois ushbu risolani o‘quv jarayonida mukammal o‘zlashtirish o‘quvchilar uchun har tomonlama foydali ekanligini inobatga olib risolani musiqashunos olima Dilbar Rashidova tarjimasi ostidagi matndan keng foydalanilgan holda keltiramiz. XVI–XVII asrlar mobaynida yaratilgan musiqiy risolalardan yana biri Darvish Ali Changiyning «Tuhfat us-surur», amaliyotda «Risolayi musiqiy» deb ham yuritiladigan risolasidir. Ushbu risolada 350 ga yaqin bastakor, xonanda, sozandalar haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. U “Risolai musiqiy” asarida o’zi haqida qisqacha ma’lumot berib, yoshligidan musiqaga havas qo’ygani, hofizlik qilgani, chang cholg’usida chalgani va keyinchalik saroyga taklif etilgani haqida gapiradi. Risola mazmunan ikki ulkan qismdan iborat. Birinchi qismi musiqaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan. Ikkinchi qismi esa tazkira uslubida bayon etilgan bo‘lib, asosan, muallif yashagan davrgacha va zamonasining mohir va dongdor musiqashunoslari, bastakorlari, sozanda va xonandalarining ijodiy faoliyatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.13 Risola besh bobdan tashkil topgan. Birinchi bob 12 maqom, 24 sho‘ba va 6 ovozalarning bayoni. Ikkinchi bob usullarga bag‘ishlangan bo‘lib, 17 bahr usuli hamda 24 usullar xususida so‘z yuritilgan. Uchinchi bob mumtoz musiqaga xos bo‘lgan musiqiy janrlar, ya’ni kor, qavl, amal, peshrav, savt, naqshlar to‘g‘risida to‘xtalgan. To‘rtinchi bob musiqiy cholg‘ular tasnifotiga, jumladan, tanbura, chang, nay, qonun, ud, borbat, rubob, qo‘biz, g‘ijjak, shamoma, nayabnon, chag‘ona, ruhafzo, rud, arg‘anun kabi cholg‘ular haqida ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Beshinchi bob o‘ziga xos tazkira va musiqa ijodkorlari, nazariyotchilari hamda ijrochilari haqida qimmatli ma’lumotlardir. Bu yerda musiqa haqida juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan dalillar keltirilgan. Bu lavhalar, Mavlono Kavkabiy va boshqa noma’lum mualliflarning asarlarida keltirilgan O’rta Osiyodagi bastakorlik ijodiyoti va musiqa turi hamda shakllari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Ushbu risolada kuy va ashulalarning shakli va turlari ancha tushunarli qilib ta’riflangan bo’lsa-da, ammo XV-XVII asrlarda mavjud asarlarning nota yozuvlaridagi namunasi bo’lmaganligi sababli ularni aniq tasavvur etish mushkul. SHunga qaramay, bizgacha yetib kelgan maqomlar namunasi bo’lmish SHashmaqom vositasi bilan o’sha davrlardagi risolalarda aks ettirilgan kuylar qiyofasini taxminiy tarzda tasavvur etish mumkin. CHunki XV-XVII asrlarda mavjud bastakorlik an’anasi maqom janrining takomillashuvida o’ziga xos zamin yaratib bergan va bu sohada hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. XVI-XVII asrlarda ijod etgan buxorolik musiqachi olimlar Mavlono Hasan Kavkabiy va Darvesh Ali CHangiyning musiqa risolalarida kuy-ashula turlari va shakllari masalalariga maxsus boblar ajratilgan bo’lib, bu musiqa namunalarini tasavvur etishga yordam beradi. Kavkabiyning ko’rsatishicha, alhon (kuy, ashula) uch xil bo’ladi: Alhoni jirmiy (to’liq kuy), ya’ni musiqa tovushi (nag’ma), doira usuli (ritm) va she’r matni qo’shilgan musiqa asari; bu vokal musiqadir. Alhoni basitiy (oddiy kuy), ya’ni cholg’u kuylar yoki she’rni o’lchovga solib o’qish. Alhoni xattiy (cheklangan kuy), ya’ni musiqa asaridagi tovushlar, ritm va she’rning alohida ko’rinishi. Kavkabiy va Darvesh Ali o’z risolalarida kuylarning ishlanish uslublari va shakllari haqida ham mulohaza yuritganlar. Bunda kor, qavl, amal, peshrav, savt, naqsh, rixta, saj’, zarbayn kabi atamalar kuy yoki ashulalarning qismlarini, ba’zilari esa kuyning yaratilish uslublarini ifodalab beradi. Kuy kichik bir o’zgarish kiritilish bilan boshqa shaklga kirib, uning nomlanishi ham o’zgaradi. SHunday atamalardan biri “kor” deb yuritiladi. Kor (forscha-ish, yaratish) mualliflar ta’rificha, arab tilidagi she’rlar bilan hafif o’lchov doira usulida ijro etiladigan ashula yo’lidir. Ashula boshida mustahall (cholg’u qism, vokal musiqaning cholg’u muqaddimasi) muqaddima qilinadi. Korning miyonxona va bozgo’yi ham bo’ladi. Qavl kor shaklining saqil doira usulidagi ritmik variantidir. Ulardagi farq shuki, kor shaklida bo’lgan miyonxona qavlda ishlatilmaydi va ularning doira usuli turlicha bo’ladi. Amal (arabcha-ijodiy asar) ashula shaklida ham baytlardan oldin “mustahall” bo’ladi. Amal shaklida miyonxona bilan bozgo’y qismlari bo’lishi shart. Amalning fazilati shuki, unga har qanday usulni bog’lash mumkin. Peshrav (oldinga intilib harakatlanuvchi ohang) amal qoidasi asosida ishlangan kuy shakli bo’lib, baytsiz (so’zsiz) ijro etiladi. Peshravda uch sarxona mavjud bo’lib, birinchi sarxona kuyning past qismida kelsa, miyonxona uning balandi (avji)da bo’ladi. Peshravdagi birinchi sarxona uch qismdan iborat bo’lib, ular tarkib, oviza va lozima nomlari bilan yuritiladi. Oviza (vosita) bir tarkibni boshqa kuy jumlalariga bog’laydigan vositadir. Darvesh Alining fikricha, peshrav Amiri Ko’ragoniy zamonida yuzaga keladi. Amir Temur shoir va musiqachilarni to’plab, ko’pgina baytlarga tasniflar bog’lashni buyurgan edi. Natijada musanniflar (bastakorlar) bir necha tarkiblar bog’lab, ularga ikki sarxona, miyonxona va bozgo’y ishladilar. Savt (tovush, ohang) uch bayt bog’langan ashula yo’li bo’lib, unda mustahall, miyonxona va bozgo’y bo’lmayda. Darvesh Alining aytishicha, savt naqshga o’xshab benaqarot ishlangan bo’lib, uni naqsh yoki rang, deb nomlash lozim edi. Savt qadim zamlnlarda amalning o’zi bo’lgan edi. Rixta (aralashgan, hindlarda ham Rixta nomi bilan mashhur) shakli shuki, bu ashulada baytlar hindcha (urdu tilida) bo’ladi. Rixta ustida bastakor va mashhur musiqa olimi Xo’ja Abdulqodir Marog’iy birinchi bo’lib ish olib borgan. Rixta she’rining mazmunida Muhammad payg’ambar (s.a.v.) madhi asos bo’lib, bozgo’yida o’n ikki imom tasnifi berilgan edi. Saj’ (qofiyalangan proza) she’rdagi tavil baxriga o’xshab, tarkiblar Amal shaklidagi kabi bir-biri bilan biriktiriladi. Bunda ikki sarxona miyonxona va bozgo’yi bo’ladi. Zarbayn (ikki xil zarbli) shaklida bir amalga ikki turli usul bog’lanadi. Bunda har yuir sarxona ikki usulda, agar bayt bilan o’qiladigan motivlar bir usulda bo’lsa, naqarot boshqa usulda bo’ladi. Darvesh Ali CHangiy o’zining risolasidagi beshinchi va oltinchi boblarni musiqiy cholg’ularga bag’ishlangan. Ba’zi bir ma’lumotlar quyidagicha bayon etilgan: tanbur-qadimiy cholg’ulardan biri bo’lib, u-“barcha cholg’ular ustozidir”, chang (arfa) Zuhra yulduziga bag’ishlangan, chunki Zuhra yulduzi musiqachilar yetakchisi hisoblangan. Chang 26 ta sim va 7 pardaga ega bo’lgan. Nay ham qadimiy cholg’ulardan biri bo’lib, u qamish yoki qurimagan (daraxt) yog’ochdan yasalgan. Qonun olti “sozlanish”ga ega. Ud-barcha cholg’ularning “shoxi” bo’lib, diapazoni kengligi tufayli eng yaxshi torli cholg’u hisoblangan. Mazkur cholg’uning 6 ta ikkilangan ipak tori bo’lib: birinchisi-xadd, ikkinchisi-zir, uchinchisi-lison, to’rtinchisi-maslas, beshinchisi-bam, oltinchisi-muxtalif deyilgan. Eslash joizki, Forobiy beshinchi tor-xadd udning yuqori registrini to’ldirganligini qayd etgan. Darvesh Ali esa oltinchi-muxtalif tori qo’shilganini ta’kidlaydi. Muxtalif cholg’uning pastki diapazonini kengaytirgan. Darvesh Ali ba’zi cholg’ular haqida noto’g’ri fikrlar ham bildirgan. Masalan, barbat haqida muallif, mazkur cholg’u qonunning bir turi ekanligini ta’kidlaydi. Darvesh Ali boshqa cholg’ular haqida ham ma’lumot bergan: rubob-besh torli cholg’u; qobuz-yaxshi tovushli cholg’u; g’ijjak kamon bilan chalingan va hokazo. Ushbu cholg’ular Darvesh Ali zamonida juda keng qo’llanilgan. Muallif o’z asarida tasvirlagan cholg’ularning ba’zilari kam qo’llanilgan, ba’zilari esa boshqa yurtlardan kelib qolgan musiqachilarning cholg’ulari bo’lib, Darvesh Ali “musiqor” cholg’usi haqida quyidagicha yozadi: Musiqor (Pak ilohining nayi) - qadimiy cholg’u bo’lib, u bosh og’rig’ini tuzatar emish; nayi-enban - damli cholg’u (uning Markaziy Osiyoda qo’llanilganligi haqida ma’lumot yo’q); ruxvoza - olti torli chertma cholg’u, ko’proq Xitoyda qo’llaniladi; kungura - besh pardali Hind cholg’usi; arg’anun haqida muallif aniq ma’lumot bera olmagan, chunki bu cholg’u O’rta Osiyoda ham, Eronda ham hech qachon qo’llanilmagan. SHunday qilib, Darvesh Ali sanab o’tgan 16 ta cholg’uning 7 tasi o’sha zamonda keng qo’llanilgan: tanbur, chang, qonun, ud, rubob, qobuz, g’ijjak. Mazkur cholg’ularning keng qo’llanilganligini risolaning keyingi boblaridan bilish mumkin. Unda Darvesh Ali cholg’u ijrochilari haqida ma’lumotlar bergan. Ijrochilarning aksariyati Buxoro, Samarqand va Xirotda faoliyat yuritganlar. Ruxvoza, kungura, musiqor kabi cholg’ularning ijrochilari xususida ma’lumotlar berilmagan, demak XVI-XVII asrlarda Movarounnahrda bu cholg’ular qo’llanilmagan. XVI-XVII asr miniatyuralarida ham ko’plab cholg’ular tasvirlarini ko’rish mumkin. Bu davrda yaratilgan minatyuralar Firdavsiy, Sa’diy, Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy asarlari bilan bog’liq. Masalan, Sa’diyning “Guliston” asari uchun chizilgan miniatyurada (1567) chang, nay va doira ansambli tasvirlangan. XVI asr miniatyuralarida rubob, ud yoki chang singari ko’p tasvirlanmagan. Ammo cholg’u g’arbiy Eron miniatyura ustalarining asarlariga xosdir. Xulosa Xulosa qilib aytganda, kitob shunday bir xazinaki, uning ichiga qanchalik chuqur kirib borilsa, u o’ziga kishilarni ohangrabodek tortaveradi. Abu Nasr Fоrоbiyning Kitоbul musiqa al-kabir asarida bunday izlanishlar O’zining ilk bоr yеchimini tоpgan edi va Sharq nоta yozuvining yaratilishida zamin bo’ldi (yozuvlar dоira va maхsus jadval shakllariga tushirilgan bo’lib, asоsiy tоvush pоg’nalari ud chоlg’si pardalarini aks ettiruvchi harflar yordamida bеlgilangan. Sharq хalqlari musiqa madaniyatida juda katta tariхiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan Sharq allоmalari risоlalari va ularda bitilgan ma‘lumоtlar bugunki kunda ularni o’rganish, tahlil qilish juda kеrakli masalalardan biri bo’lib qоldi. Bugumgi kunda allomalarimiz Abu Nasir Farobiy, Abdulqodir Marog’iy, Sayfiuddin Urmaviy , Najmiddin Kavkabiy va Darvesh Ali Changiyning risolalari hamda bizga qoldirgan musiqiy merosi xozirgacha o’rganilib kelinmoqda. IX - XIX asr Sharq musiqa madaniyatiga оid tariхiy-nazariy asarlar, allоmalar risоlalari va tariхiy-adabiy хaraktеrdagi manbalarning ko’plarida maqоmlar masalasiga alоhida ahamiyat bеrilgan. Ma‘lumki, o’zbеk mumtоz musiqa ijоdiyoti tariхan asоsan Оg’zaki an‘ana sharоitlarida rivоjlanib kеlgan. Ammо, Sharq musiqa nazariyasi masalalariga bag’ishlangan. Bu о‘rinda, maqomdon ustozlarning doira usullarini «bum-bak», «rum -rak», «guptoq» kabi iboralarda og‘zaki ifodalab kelganliklari nazarda tutilmoqda. IХ - ХIII asr risоlalarida musiqaning bir qatоr unsurlarini maхsus yozuvda bеlgilashga harakatlar amalga оshirilgan. Bu davrda, madaniyat va san‘atning rivоjlanishi uchun bir qadar sharоit yaratildi. O’rta Оsiyodan chiqqan qatоr оlimlar хuddi shu davrlarda o’rta asr fani tariхida o’zlarining ilmiy asarlari bilan jahоnga mashhur bo’ldilar. Fanning bоshqa sоhalarida ham o’lmas ilmiy asarlar yaratgan buyuk оlimlar Abu Nasr Fоrоbiy, Abdulqodir Marog’iy, Sayfiuddin Urmaviy , Najmiddin Kavkabiy va Darvesh Ali Changiyning davоmchilari ilmiy asarlar yaratdilar hamda Sharq musiqa fani taraqqiyoti tariхida butun bir davr оchib bеrdilar. Bu оlimlarning faоliyati Sharq хalqlarida qo’llanilgan musika nazariyasining yuzaga kеlishida hal etuvchi aхamiyat kasb etadi. Shu jumladan bu еrda musiqaning nazariyasi ham yoritiladi. Aniq fanlardan biri musiqadir. Allomalarimizning musiqaga bag’ishlangan qismi musiqaning unsurlarini nazariy jiхatdan qisqacha sharхlab bеradi. Bu asarda maqоmlar masalasiga ham o’rin ajratilgan. Risala tun fi-ilmil-musiqiy, Musiqiy ilmi haqida risоla kabi risоlalari Abu Nasr Fоrоbiy, Abdulqodir Marog’iy, Sayfiuddin Urmaviy , Najmiddin Kavkabiy va Darvesh Ali Changiyning asarlari qatоrida jahоn musiqa fani va madaniyati tariхida alоhida o’rin tutadi. Shuni aytish kеrakki, O’rta Оsiyo хalqlarining musiqa madaniyati tariхi hali еtarli o’rganilmagan. Bu masalani, shu jumladan maqоmlarning taraqqiyot yo’lini izchil yoritib bеradigan yaхlit asarlar yaratilmagan. Umuman musiqa madaniyatiga dоir tariхiy matеriallar turli tillarda yozilgan manbalarda va bоshqa хaraktеrdagi asarlarda sоchilgan hоldadir. Bu matеriallarni to’plab, O’rta Оsiyo хalqlari musiqa madaniyati tariхini yaratish esa juda murakkabdir. Sharq хalklarining musiqa mеrоsida maqоmlar juda katta o’rin tutadi. Shu sababli maqоmlar masalasi musiqashunоs va sharqshunоs оlimlarning diqqatini ko’pdan bеri o’ziga jalb etib, so’nggi davrlarda ham ko’pgina musiqashunоs оlimlar maqоmlar хaqida o’zlarining fikrlarini bildirib kеlganlar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling