O„zbekiston respublikasi oliy
Undalma, II darajali bo„laklar+kesim. Undalma!
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
Undalma, II darajali bo„laklar+kesim.
Undalma! II darajali bo„laklar+kesim. II darajali bo„laklari, undalma, II darajali bo„laklari +kesim. II darajali bo„laklar+kesim, undalma. Namuna: Mustaqillik! Seni butun borlig‗im bilan asrayman. undalmali va undalmasiz gaplarni taqqoslash asosida ega bilan undalmaning farqini aniqlash. Masalan, topshiriq. Berilgan gaplarni taqqoslang. Ular orasida qanday farq borligini aniqlang. O„zbekiston! Jonim to„shay soyangga. (M.Yusuf) – Men O„zbekistonning soyasiga jonimni to„shay. Ota-onangizga yuksak ehtirom ko„rsating, bolalar. – Bolalar ota-onalariga yuksak ehtirom ko„rsatishlari kerak. Urush! Noming o„chsin jahonda...(Zulfiya) – Jahonda urushning nomi o„chsin. Ertaga, aziz o„quvchilar, Fitrat uy-muzeyiga boramiz.– Ertaga Fitrat uy-muzeyiga borishimiz aytildi. topshiriq. Undalmali va undalmasiz gaplarga o‗zingiz misollar toping va ularni taqqoslang. 318 undovli undalma ishtirok etgan gaplar ustida ishlash. Masalan, 1.Hoy quyosh, botma bir nafas. 2. Eh bolalik, bolalik! Buncha beg‗uborsan, sodda, yoqimli. 3. Ey Salima, qalamingni berib tur. 4.Mening shodligimga ibrat o‗ling, hoy yulduzlar. undalmalardan foydalanib e‟lon va murojaat matnlari tuzish. Masalan, topshiriq. Berilgan undalmalardan foydalanib e‘lon matnini tuzing. Ustozlar, jamoatchi o„quvchilar, ota-onalar... Undalmalar, shuningdek, kirish so„zlar va ularning gapdagi o„rni bilan bog„liq topshiriqlar tuzishning yo„llari nihoyatda ko„p va rang- barangdir. sinfda o„quvchilar ―Qo‗shma gap― mavzusi bilan ham tanishadilar. Gapning tuzilishiga ko„ra turlari gap tarkibidagi kesimlar miqdoriga qarab belgilanadi. Jumladan, gapda birgina kesim munosabati ifodalansa, tuzilishiga ko„ra bunday gaplar sodda gap hisoblanadi: Bahor keldi.; Gullar ochildi kabi. Agar gapda birdan ortiq kesimlar munosabati ifodalansa, tuzilishiga ko„ra bunday gaplar qo„shma gap sanaladi: Bahor keldi va gullar ochildi. topshiriq. Berilgan qo‗shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog‗lagan vositalarini aniqlang. 1.Bolali uy–bozor, bolasiz uy–mozor. (Maqol) 2.Anvar uydan chiqdi va to„g„ri saroy tomonga ketdi.(A.Qodiriy) 3. Havo bulut bo„ldi-da, yomg„ir yog„a boshladi. 4. Kim nimani eksa, shuni o„radi. 5.Osmon ochiq, ammo yulduzlar xira ko„rinardi.(Oybek) Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling