O„zbekiston respublikasi oliy
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
Nuqtali vergul. Nuqtali vergul, odatda,
bog„lovchisiz qo„shma gap qismlari mazmunan bir-biridan uzoq bo„lsa: Bayrog‗imiz to‗rt xil rangda: Moviy rang bu yuksaklik; Yashilda-chi, yashnar hayot; Qon gupurar qizillikda; Oq aytadi: men tinchlik. (E.Vohidov) tarkibidagi sodda gaplar ketma-ket sodir bo„lgan voqea- hodisalarni ifodalab, o„z ichida bir necha tinish belgilari qo„llanilgan bo„lsa: … Ona qalbi ezildi; So‗ng tikilib suratga, Kelib qat‘iy jur‘atga Minglab maktub yozildi. (E.Vohidov) bog„lovchisiz qo„shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplarda voqealar bir-biriga qiyoslansa: Yaxshini yomon dema, olishing bo‗lsa ham; Yomonni yaxshi dema, yaqining bo‗lsa ham. (Maqol) uyushiq bo„laklar guruhlanib o„zaro vergullar yordamida bir- biridan ajratilgan bo„lsa , nuqtali vergul ishlatiladi. har xil turdagi sodda gaplarni o„z ichiga olgan murakkab qo„shma gaplarda nuqtali vergul ishlatiladi: Do‗stim, qo‗lingni ber, O‗zingmisan; yo– Ko‗rganim malakmi arshi a‘loda. (E.Vohidov) 344 Ikki nuqta. Ikki nuqta quyidagi hollarda ishlatiladi: umumlashtiruvchi bo„lak uyushiq bo„laklardan oldin kelsa, undan so„ng ikki nuqta qo„yiladi: Meni ko‗rgani uyimizga do‗stlarim: Murod, O‗tkir, Tal‘at, Mirjamol kelishdi. ba‟zan uyushiq bo„laklarni alohida ta‟kidlsh maqsadi bilan ular gapdan tashqariga chiqariladi, bunday hollarda ikki nuqta umumlashtiruvchi so„zdan keyin emas, balki asosiy gapdan keyin qo„yiladi: Dunyoda insondan uch narsa qolur: ezgu fikr, ezgu amal, ezgu nom. gapda umumlashtiruvchi so„z bo„lmagan hollarda ham asosiy gapdan keyin uyushiq bo„laklarni ta‟kidlash uchun ikki nuqta qo„yiladi: Chiqib keldilar qator: Dante, Shiller, va Bayron Firdavsiy, Balzak, Tagor. (E.Vohdov) ohang yordamida bog„langan qo„shma gap qismlari orasida keyingi sodda gap oldingi sodda gap mazmunini mantiqan izohlasa: U quvonar: hayotimga Yor bo‗ldi ma‘no. (E.Vohdov) bog„lovchisiz qo„shma gapda keyingi qism oldingi qismdagi olmosh bilan ifodalangan kesimning mazmunini izohlab kelsa, oldingi qismdan keyin ikki nuqta qo„yiladi. Masalan, Ravon yo‗l bitta shu: Bu ham yaxmalak. (A.Oripov) ko„chirma gapli qo„shma gaplarda muallif gapi ko„chirma gapdan oldin kelsa, undan so„ng ikki nuqta qo„yiladi. Masalan, So‗radi: ―Sen kimsan, nadir kasb-koring, Bunchalar dahshatli turq-u atvoring?‖ (E.Vohdov) reja, mavzu, qaror qilindi kabi so„zlarning ma‟nosi izohlanganda ikki nuqta ishlatiladi. Tire. Tire* quyidagi hollarda ishlatiladi: ot kesim (ot, olmosh, harakat nomi, ba‟zan sanoq son bilan ifodalangan kesim) bog„lamasiz qo„llanilganda, egadan keyin tire qo„yiladi. Masalan, Onayizoring–zamin... (E.Vohdov); Siz intiqib kutgan sovg‗a – shu.; O‗qimoq – yuksalmoq.; Yetti karra besh – o‗ttiz besh. ega va kesim orasida ta‟kidni kuchaytirish uchun u, bu, mana bu kabi ko„rsatish olmoshlari qo„llanilganda, ular orsida tire ishlatiladi. Davlat – bu hammamiz, Davlat – bu hech kim. (E.Vohdov) Tire bilan chiziqchani farqlash lozim. Tire – punktuatsion belgi, chiziqcha esa orfografik belgidir. 345 ayrim so„z yoki gaplar izohlansa, ularning o„rtasida tire qo„yiladi: Shoir– o‗z xalqining yurak parchasi. (E.Vohdov) uyushiq bo„laklardan so„ng kelgan umumlashtiruvchi so„zdan oldin: Daryolar, vodiylar, Dengiz-u tog‗lar – bari Tabiatning ko‗rkidir, shaksiz. (E.Vohdov) agar ajratilgan bo„lakning o„z ichida vergul qo„llanilgan bo„lsa, ikki tomonidan tire yordamida ajratiladi: Oysiz osmon – qorong‗u, zulmatga qoplangan kenglik –Qiymatsiz orzular armonga tengdek... (E.Vohdov) dialoglarda har bir muallif gapining boshida tire ishlatiladi. Masalan, – Oyga uchsak, Xoljonni ham olamizmi? – Hamma uchsa, axir oshnam, qolamizmi? (E.Vohdov) ko„chirma gapli qo„shma gaplarda muallif gapi ko„chirma gapdan keyin kelsa, undan oldin tire ishlatiladi. Agar muallif gapi ko„chirma gap ichida kelsa, tire muallif gapining har ikkala tomonida qo„yiladi: ”K,–m”,; ”K,–m,–k”. ohang yordamida bog„langan qo„shma gaplarni hosil qiluvchi sodda gaplar orasida o„zaro zidlik, o„xshashlik, shart munosabatlari bo„lsa, bunday sodda gaplar orasida tire ishlatiladi: Hayot osuda– yurakda g‗alayon.; Yomg‗ir yog‗di –qut-baraka yog‗di.; Yurt tinch– sen tinch.(Maqol) ohang yordamida bog„langan qo„shma gapning ikkinchi qismida gapning kesimi ifodalanmasa, ikkinchi qism gap bo„laklari orasida tire ishlatiladi: Do‗st do‗stni kulfatda sinar, odam odamni – mehnatda. (Maqol) Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling