O„zbekiston respublikasi oliy


Download 1.7 Mb.
bet167/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Undov belgisi. Undov belgisi, odatda,

  1. kuchli his-hayajon ohangi bilan aytilgan darak gaplar oxirida qo„yiladi: Dehqon sog‗lom! Dehqon–chavandoz! (E.Vohdov)

  2. kuchli his-hayajon ohangi bilan aytilgan undov gaplar oxirida qo„yiladi: Oh, bunchalar go‗zal manzara!

  3. kuchli his-hayajon ohangi bilan aytilgan atov gaplar oxirida qo„yiladi: Qish! Oppoq qor!

  4. kuchli his-hayajon ohangi bilan aytilgan gap boshidagi undalmalardan keyin qo„yiladi: Bolalar! Kitob o‗qimagan xalqning kelajagi yo‗q.

  5. kuchli his-hayajon ohangi bilan aytilgan buyruq gaplar oxirida qo„yiladi: Kitobingni oqi!

346
6) gap o„rtasida ta‟kidlangan bo„lakdan so„ng undov belgisi qavs ichida qo„yiladi: Inson nondan ko‗ra ilmga (!) ko‗proq ehtiyojmand.
Ko„p nuqta. Ko„p nuqta, odatda,

  1. mazmunan tugallanmay qolgan gaplarning oxirida so„zlovchining yana nimadir aytmoqchi ekanligini ko„rsatish uchun: Bir-birovni avaylang, O‗lgan bilan yer to‗ymas. Endi siz o‗ltiringlar, Men havoda bir nafas... (E.Vohdov)

  2. ba‟zan so„zlovchining o„ylanishi, mulohaza qilishini ko„rsatish yoki fikri tugallanmay qolganligini ifodalash uchun ko„p nuqta ishlatiladi: O‗n kishilik mehnat qilib, Parcha nonga to‗yaman Bir aybim bor, faqat ba‘zan... Rost gapirib qo‗yaman. (E.Vohdov)

  3. fikr bo„lib-bo„lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilgan o„rinlarda ko„p nuqta ishlatiladi: Sen...juda...chiroylisan...

  4. ba‟zan gap oxirida kelgan va boshqalar, hokazolar birliklari o„rnida ham ko„p nuqta ishlatiladi.

So„roq belgisi. So„roq belgisi, odatda,

  1. so„roq ohangi bilan aytilgan gaplar oirida qo„llaniladi: Mehmon keldi?

  2. so„roq yuklamalari yordamida tuzilgan so„roq gaplar oxirida ishlatiladi: Bu gunohning so‗rog‗i bormi? Bormi jallod hukmiga qonun? (E.Vohdov)

  3. so„roq olmoshlari bilan hosil bo„ladigan so„roq gaplardan so„ng qo„yiladi: Kim nimani tushunmadi?; Yo rab, qandoq kunga qoldik, bu nechuk savdo? Odamlarda na shafqat bor, na mehr-u vafo. (E.Vohdov)

  4. jumla o„rtasida tushunarsiz o„rinlarga ham so„roq belgisi qo„yiladi.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling