O„zbekiston respublikasi oliy


O„quvchi nutqining nutqiy sharoitga mosligi


Download 1.7 Mb.
bet179/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

1.O„quvchi nutqining nutqiy sharoitga mosligi. Nutq sharoiti deganda nutq yaratilayotgan paytda so„zlovchi va tinglovchining yoshi, saviyasi, dunyoqarashi, yashash o„rni, muloqot mavzui va b.lar




153 Yo„ldosheva D. Ona tili ta‟limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti.–T.: O„zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2013.
370
nazarda tutiladi. (Nutqiy sharoit behad ko„p tarkibli, serqirra bo„lib, so„zlovchi va tinglovchini nutq paytida qurshab turgan barcha narsa, buyum, holatlardan tortib, ularning bilim saviyasi, kasb-kori, so„zlovchining maqsadi va imkoniyatlarigacha bo„lgan barcha narsalarni o„z ichiga oladi.)
Og„zaki va yozma nutqning o„z nutqiy sharoitlariga yarasha xilma-xil xususiyatlari bor. Chunonchi, so„zlovchining o„z nutqini tinglovchilar saviyasini, yoshini, mavqeyini, xarakter-xususiyatini hisobga olgan holda bayon qilishi. Buning uchun o„quvchilar bilan ayni bir fikrni (axborotni, tilak-istakni va h. k.) o„zidan kichiklarga, tengqurlariga, o„zidan kattalarga, yaqinlariga, yaqindan tanish bo„lmagan shaxslarga qanday yetkaza olishi ustida muntazam ish olib borishga to„g„ri keladi. Bolalarni maktub, xabar, e‟lon, bildirish kabilarni yozishga o„rgatish, ayni bir fikrni turli kishilarga turli xilda bayon etish ko„nikmalarini shakllantirishga samarali ta‟sir ko„rsatadi.

  1. O„quvchi nutqining mazmundorligi. Istalgan nutq nutq sharoitiga mos tushsa, u mazmunli bo„ladi. O„quvchi faqat bilgan narsalarini, o„zi xabardor bo„lgan voqea-hodisalarni og„zaki va yozma shakllarda to„g„ri bayon qilishi mumkin. Aniq dalillar, kuzatish yoki taassurotlar, his-tuyg„ular asosida yuritilgan fikrgina o„zgalar diqqatini o„ziga jalb etadi.

  2. O„quvchi nutqidagi fikrning mantiqan to„g„ri, aniq va izchil bo„lishi. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo„lsagina, uning ta‟sirchanligi ortadi. Bu har bir o„quvchidan narsa, voqea-hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga to„g„ri baho bera bilish, shu yo„l bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlash, bir fikrni ikkinchisi bilan mantiqan to„g„ri bog„lay olish, mavzuga aloqador bo„lgan asosiy fikrlarni ikkinchi darajali fikrlardan farqlay bilish, qaytariq fikrlarga yo„l qo„ymaslikni talab etadi.

Nutq – mantiqiy fikrlash mahsuli. U izlash, topish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish, qo„llay olish kabi aqliy faoliyat usullari bilan chambarchas bog„langan.


  1. Download 1.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling