O„zbekiston respublikasi oliy
Ona tili mashg„ulotlarida o„quvchi bilimini baholash
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- “besh” (“a‟lo”) baho
- “to„rt” (“yaxshi”) baho
- “ikki” (“qoniqarsiz”) baho
Ona tili mashg„ulotlarida o„quvchi bilimini baholash. Respublikamizning butun ta‟lim bosqichlarida tahsi oluvchilar bilimi “besh” baholi tizim asosida baholanmoqda. Maktabda o„quvchilarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: o„quvchi mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo„llay oladi, o„quv predmetining (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda o„quv predmeti (mavzu) bo„yicha tasavvurga ega deb topilganda – “besh” (“a‟lo”) bahoga baholanadi; o„quvchi mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo„llay oladi, o„quv predmetining (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda o„quv predmeti (mavzu) bo„yicha tasavvurga ega deb topilganda – “to„rt” (“yaxshi”) bahoga baholanadi; o„quvchi olgan bilimini amalda qo„llay oladi, o„quv predmetining (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda o„quv predmeti (mavzu) bo„yicha tasavvurga ega deb topilganda – “uch” (“qoniqarli”) bahoga baholanadi; o„quvchi fan dasturini o„zlashtirmagan, o„quv predmetining (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda o„quv predmeti (mavzu) bo„yicha tasavvurga ega emas deb topilganda – “ikki” (“qoniqarsiz”) baho* bilan baholanadi. Yuqori qayd etilgan o„quvchinng yozma nutqini o„stirishga qaratilgan ish turlaridan o„qituvchi o„rinli foydalansa, ona tilidan belgilangan malaka talablarini bajarishga erishadi. Mavzuni yuzasidan savol va topshiriqlar:Nutqning qanday ko„rinshlari bor? Nutqning til va tafakkur bilan aloqadorligini asoslang. 3.Diktantning qanday turlari bor? Diktant o„tkazish metodikasini tushuntiring. Ta‟limiy bayonning tekshiruv bayondan qanday farqi bor? Insho nima? U boshqa ijodiy ishlardan qaysi jihati bilan farqlanadi? Inshoda badiiy asar va boshqa manbalardan aynan olingan o„rinlar qanday berilishi kerak? Aslida, “ikki” (“qoniqarsiz”) bahoga o„qiydigan o„quvchi bo„lmaydi. Istalgan bolaning qaysidir tomonlama iqtidori bo„ladi. Yaxshi o„qituvchi bolaning o„sha “qaysidir tomonlama”iqtidorini topib olib o„tayotgan darslarini o„sha iqtidorning yuzaga chiqishi bilan bog„lay oladi. 404 Inshoda nega ikki o„quvchining bir mavzuda yozgan fikri aynan bir xil bo„lmaydi? Ikki o„quvchining ayni bir mavzuda yozgan inshosida qanday umumiyliklar, o„xshashliklar bo„lishi mumkin? Inshoning оddiy yozma axborot bilan qanday o„xshash va farqli tomonlari bor? Inshoda uni yozgan muallifning qanday xislatlari ko„rinadi? Insho mavzu mazmuniga ko„ra necha turli bo„ladi? Qanday inshoni adabiy mavzudagi insho deymiz? Erkin mavzudagi insho qanday o„ziga xosliklarga ega? Yozma ishlarni qanday baholash kerak? 16.Ijodiy matn qanday bo„lishini tushuntiring. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling