O„zbekiston respublikasi oliy
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvning ilmiy tasviri
- Suvning badiiy tasviri
Suvning oddiy tasviriSuvning asosiy manbayi qor va muzliklardir. Havo qizigandan keyin ana shu qor va muzliklar erib, suvga aylanadi. Ular tog‗lar ustidan pastga qarab oqib, daryolar hosil qiladi. Turmushda suvdan juda ko‗p foydalaniladi. Odamlar uni iste‘mol qiladilar, ekin maydonlarini sug‗oradilar, tozalik maqsadida foydalanadilar. Undan elektr toki hosil qilinadi. Suvning ilmiy tasviriSuv rangsiz, hidsiz, mazasiz suyuqlikdir. U qor va muzliklardan hosil bo‗ladi. Havo harorati 0 darjaga tushganda suyuqlanadi. Suv 100 daraja issiqlikda qaynaydi. Qaynaganda undan bug‗ hosil bo‗ladi. Suv tabiatda eng ko‗p tarqalgan modda. Er yuzining 71% ni suv tashkil qiladi. Tirik organizmlar suvsiz hayot kechira olmaydi. Odam tanasining 60% ni suv tashkil etadi. Suvdan qishloq xo‗jaligida ham keng foydalaniladi. Suv bilan ishlaydigan elektrostantsiyalar elektr toki ishlab chiqarishning asosiy manbayidir. Suvning badiiy tasviriKecha uyimiz yonidan oqib o‗tadigan anhor suviga qarab, uzoq xayolga toldim. Ajabo, bu tabiatning insonlarga bergan mo‗jizasi- ku?! Qaylardan kelayotgan ekan tinim bilmay oqayotgan bu to‗lqinlar? Qaylarga oshiqadi ular? Balki tog‗ning baland tepasidan necha-necha xarsang toshlarga urilib, insonlarga huzur, mudrab yotgan jonsiz tabiatga jon bag‗ishlagani, nur bo‗lib odamlar xonadonini yoritgan oshiqayotgandir? Axir, unga necha-necha ko‗zlar intizor. Ha, suv – bebaho ne‘mat! U boylik va farovonlik manbayidir. Narsalarning tasvirini yaratishda notyurmortlar, ularning asl shaklidan ham unumli foydalansa bo„ladi. 398 Hayvonlarning tasvirini yaratish. Odatda, bolalar hayvonlarni yaxshi ko„rishadi. Shuning uchun ular hayvonlar haqida, fikr yuritishni, ular haqida aytishni yaxshi ko„rishadi. Inshoning bu turi, avvalo, tasvirlanayotgan hayvon haqida yetarli tasavvurga ega bo„lishni, uning qayerda yashashi, tuzilishi, rangi, harakatlari, nimalar bilan oziqlanishi kabilarni bilishni talab etadi. Ayniqsa, o„quvchining o„zi ko„rgan, kuzatgan hayvonlarini tasvirlashi ancha oson kechadi. Hayvonlar tasvirini yaratishda o„quvchilar maktab “Zoologiya” darsligi, ensiklopediyalar, qo„shimcha ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlardan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, o‗quvchilarga bino tasviri, tabiat tasviri (peyzaj), insonning tashqi qiyofasi tasviri (portret), harakat tasviri, joy tasviri, tasavvur tasviri kabilar asosida insho yozdirish ham mumkinki, bular o„quvchining ijodiy tafakkurini takomillashtiradi. Tavsifiy insholarda ko„proq tasvirdan ko„ra, sifatlash, ulug„lash, maqtash (tasvirlanayotgan muayyan birlikning o„zidan ko„ra sifatlari, xususiyatlarini aytish) yetakchilik qiladi. Odatda, tasviriy insholarda tavsif qirralari ham aks etadi. Inshoni tekshirishda ham bayonni tekshirishdagi kabi mezonlarga amal qilinadi. Jumladan, “а‟lо” bаhо qo„yishda quyidаgi mеzоnlаrgа riоya etilаdi: Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling