O„zbekiston respublikasi oliy


Mavzuga oid tayanch tuhunchalar


Download 1.7 Mb.
bet27/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Mavzuga oid tayanch tuhunchalar


Metodika, metodologiya, metod, suhbat, tajriba-sinov, analiz, sintez, taqqoslash, faraz, loyihalashtirish

Birovni o„rgatishing uchun, o„zing o„rganishing uchun lozim bo„lganidan ko„ra ham ko„proq aql kerak.

M.Monten


Mavzu bayoniga kirishishimizdan oldin avvalo biz tez-tez ishlatadigan “metod”, “metodika” va “metodologiya” atamalarining mazmuniga aniqlik kiritishimiz zarur.
“Metod”, “metodika” va “metodologiya” atamalari umumiy o„zakka ega: yunoncha methodos “biror narsaga yo„l” demakdir. Darhaqiqat, biror harakat, amaliy va aqliy faoliyat ma‟lum usulda bajariladi. Ammo bunday harakat vositasida biror narsa, hodisaning tub mohiyatini bilish uchun avval nimani izlash va qanday izlashni belgilab olish talab qilinadi. Shu sababli methods “biror narsaga yo„l”
69
logos «ta‟limot, nazariya” so„zi bilan boyitilgan va “metodologiya” atamasi paydo bo„lgan. Demak,
Metod biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish uchun amalga oshirilgan harakat, amaliy va aqliy faoliyatning ma‟lum usuli, yo„l-yo„rig„idir.
Metodika deganda tadqiq manbayi (o„rganish obyekti) haqida ilmiy bilim hosil qilish usul (yo„l-yo„riq)lari tushuniladi. Shuning uchun falsafa bo„yicha darsliklarda ham, “O„zbek tilining izohli lug„ati (O„TIL)”da ham metodika biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig‗indisi deb ta‟riflanadi.84
Biz ona tili o„qitish metodikasi deganda ta‟lim o„choqlarida o„zbek (ona) tilini o„qitish usullari, yo„l-yo„riqlarining umumlashmasini nazarda tutamiz.
Metodologiya – muayyan voqelikni bilishning asosiy yo„llari, usullarini belgilab beruvchi ta‟limot, nazariyadir. Metodologiya izlanuvchiga narsa (o„rganish obyekti)da nimalarni izlashi, topishi, izohlashi, ochib berishi lozimligini ko„rsatib turadi. Bu uning yo„lchi yulduzi, qayerga borishi va kelishi lozimligini ko„rsatib turuvchi mayog„idir.(H.Ne‟matov) Dialektik bilish nazariyasi barcha fanlar uchun metodologik asos vazifasini bajaradi.
Ona tili o„qitish metodikasi” mustaqil fan sifatida. “Ona tili o„qitish metodikasi” pedagogik sikldagi fanlardan biri bo„lib, u didaktika bilan uzviy bog„langan va xususiy didaktika sirasidagi fanlardan biri sanaladi. Chunki umumiy didaktikaning barcha masalalari bevosita xususiy didaktika, shu jumladan, ona tili ta‟limi bilan bevosita aloqadordir. (Ta‟limning umumdidaktik asoslaridan xabardor talaba “Ona tili o„qitish metodikasi” fanini osonlik bilan o„zlashtiradi.) Zero, tilshunoslik tilimiz va o„zbek tili birliklarining tizimiy imkoniyatlarini ochib beradi, ona tili ta‟limi shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, ayni bir axborotni yuzlab usul-u vositalar bilan ifodalash yo„llarini, ulardan aniq bir sharoitda qay biri eng qulay va ta‟sirchan ekanligini to„g„ri aniqlash va qo„llashni o„rgatadi. Ona tili o„qitish metodikasi esa til imkoniyatlardan samarali foydalanish yo„llarini umumlashma tarzda o„rganadi va o„rgatadi.




84Nе‟matov H., Shirinova N. Tilshunoslikning falsafiy masalalari. –Buxoro: Universitet, 2005.; Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-томли. Iтом.–Т.: ЎзМЭ, 2005.–461-б.
70
Mazkur fan ta‟limning barcha tur va bosqichlarida, jumladan, o„rta umumta‟lim maktablarida ona tilidan nimani o„rgatish, qancha o„qitish, nima uchun o„qitish, qanday usullar bilan o„qitish kerak kabi qadimiy va hamisha dolzarb savollarga javob izlaydi. Vaholanki, pedagogik sikldagi fanlarning barchasi: “Tarbiya nima?, U qanday hodisa?, Qachon paydo bo„lgan?, Tarbiya jarayonining ildizlari qaysi sarchashmalardan suv ichgan, tadrijiy taraqqiyoti qanday kechgan?, Ta‟lim-chi?, U qanday jarayon?, Uning mohiyati nimada?, Bashariyatning davrlar silsilasidagi taraqqiyot darajasiga ta‟lim- tarbiyaning nechog„lik ta‟siri bor?” kabi masalalar yechimi bilan shug„ullanadi. Ushbu savollarga javob berish asosida insonning barcha taraqqiyot bosqichlaridagi faoliyati, hayot kechirishi, turmush tarzi, rivojlanish jarayoni faqat va faqat ta‟lim-tarbiya negizida qurilganligini e‟tirof etadi.
Ajdodlarimizning ta‟lim-tarbiya borasidagi tarixidan ma‟lumki, turkiy ta‟lim-tarbiya tizimi o„ziga xos bo„lgan. Buni yozma yodgorliklar (V-IX asrlarga oid O„rxun-Enasoy yodgorliklari)da bitilgan bitiklar mazmuni85dan ham, XII asrda yashab o„tgan buyuk mutafakkir Mahmud Qoshg„ariy IX-XI asrlarda turkiy yozuv nomi bilan mashhur bo„lgan qadimgi uyg„ur yozuvini sharhlab: “Uyg„urlarning ham, chinliklarning ham yana boshqa bir yozuvi bor. Kitoblarni, idora ishlarini u xat bilan yuritadilar. Chinliklar vа musulmon bo„lmaganlardan boshqalar u xatni o„qiy olmaydilar” kabi ma‟lumotlaridan ham anglash mumkin. Keltirilgan misollar X va undan oldingi asrlarda turkiy tilda ta‟lim beradigan maktablar bo„lganligini aniq ko„rsatib beradi. X asrdan oldingi va keyingi davrlarda ham turkiy tilda ta‟lim-tarbiya jarayoni tashkil etilganligi haqida tarixiy manbalarda bilvosita ma‟lumotlar yetarlicha keltirilgan (Qarang: bu xususda “O„zbek tilini ona tili sifatida o„qitish tarixidan” mavzusida batafsil ma‟lumot berilgan.)
Aytib o„tganimizdek, turkiy tilda ta‟lim berishga asoslangan o„qitish tizimi uzoq tarixga ega bo„lib, biz bilvosita va bevosita ma‟lumotlarga tayangan holda ayta olamizki, turkiy ta‟lim-tarbiya




85O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi, akademik A.N.Kononov shunday yozadi: "O„zining morfologiyasi va sintaksisi yuksak darajada rivojanganligi bilan qadimgi turkey yodgorliklarning tili bizga yetib kelguncha uzoq adabiy an‟anaga ega bo„lganligidan dalolat beradi". (Кононов А. Н. Грамматика языка тюркских рунических памятников . – Л.: Наука, 1980.)
71
tizimi O„rxun-Enasoy yodgorliklari davridan toki hozirgacha bo„lgan davrni o„z ichiga oladi. Bu tizim zanjiri tarix suronlarining ba‟zi davrlarida susaygan, ba‟zi davrlarida kuchaygan, ammo uzilgan emas. Xo„sh, ta‟lim o„choqlarida o„zbek (ona) tilini o„qitish usullari, yo„l- yo„riqlarining umumlashmasini nazarda tutadigan fan–“Ona tili
o„qitish metodikasi” qachon fan sifatida shakllangan?
Hozirgacha yaratilgan “Ona tili o„qitish metodikasi” darslik va qo„llanmalarida86 “Ona tili o„qitish metodikasi”ning mustaqil fan sifatida shakllanishi 1930-yillarga to„g„ri kelganligi, bunga o„sha davrda ta‟lim tizimini takomillashtirish hukumat ahamiyatiga molik masala tusini olganligi sabab bo„lganligi haqida ma‟lumotlar o„qiymiz. Jumladan, 1922-yilda “O„zbek bilim yurtlari uchun ona tili va adabiyot dasturi”ning tuzilishi maorif sohasida muhim voqea bo„ldi. Bu dastur 1923-yilda “Bilim o„chog„I” jurnalining 2-3- sonlarida e‟lon qilindi.
Dastur quyidagi bo„limlardan tashkil topdi:


  1. Download 1.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling