O„zbekiston respublikasi oliy


Download 1.7 Mb.
bet35/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Imkoniyat~voqelik. Mazkur kategoriya o„zida narsalar va hodisalarning vujudga kelishi va rivojlanishini aks ettiradi. Narsalar va hodisalar abadiy yoki o„zgarmas emas. Tegishli shart-sharoit mavjud bo„lgan taqdirdagina, biror narsa, voqelik paydo bo„lib, reallikka aylanadi. Bu shart-sharoitlarning yig„indisi narsa yoki voqelikning vujudga kelish imkoniyatidir. Odatda, taraqqiyot jarayonida birgina imkoniyat emas, balki bir qancha imkoniyatlar
87
maydonga keladi. Ammo bu imkoniyatlar doirasi cheksiz emas. Masalan, filologiya fakultetining filologiya va tillarni o„qitish (o„zbek tili) bakalavriat yo„nalishini tamomlab chiqayotgan yigit-qiz oldida magistraturaga hujjat topshirish, o„rta umumta‟lim maktablaridan biriga, shuningdek, litsey yoki kollejga; nashriyotga, tahririyatga ishga borish imkoniyati paydo bo„ladi. Bunday shroitda bitiruvchi o„z imkoniyati, ya‟ni tayyorgarlik saviyasi, qobiliyati, zehniga qarab imkoniyatlardan birinigina voqelantira oladi. Ba‟zan voqelantirilayotgan imkoniyat noto„g„ri tanlangan bo„lishi ham mumkin.
Til, uning birliklari imkoniyat sifatida mavjud bo„lib, nutq ana shu imkoniyatlarning voqelanishi hisoblanadi. Hech qachon imkoniyat (til) bir paytning o„zida (nutqda) to„laligicha (garderobimizda kiyinishimiz uchun imkon sifatida turgan barcha kiyimlarimizni bir paytning o„zida birdaniga kiya olmaganimiz kabi) voqelana olmaydi. Masalan, [tort] leksemasini eslaganimizda u bilan bog„lana oladigan [qaymoqli], [shokoladli], [mevali], [to„rtburchak], [uchburchak], [aylana], [katta], [kichik], [sotilgan], [sotib olingan], [sovg„a qilingan], [kesilgan], [pachoqlangan]…; [pishirmoq], [bezamoq], [olib kelmoq], [olib ketmoq], [sotmoq], [sotib olmoq], [yemoq], [ko„rmoq], [keltirmoq], [kesmoq], [yoqtirmoq]…. kabi o„nlab leksemalar, [-ga], [-ni], [-ning], [-dan], [-da], [-lar] kabi morfemalar [tort] leksemasi bilan birga voqelana oladigan til imkoniyatlari sifatida tayyor bo„ladi. Nutqda esa nutq sharoiti, nutq taqozosiga ko„ra (so„zlovchining saviyasi, yoshi, kasb-kori, nutq momenti, o„rni, tinglovchiga munosabati va h.) ulardan biri yoki bir nechtasigina voqelana oladi, xolos.
Yoki ona tili o„quv predmeti o„qituvchisi, aytaylik, 5-sinf o„quvchilarining yozma savodxonligini tekshirish uchun tekshiruv diktant o„tkazmoqchi. Diktant uchun o„quvchining yosh xususiyatlariga mazmunan mos, so„z miqdori DTS talablarini qondiradigan 10tacha matn tanladi. Bir soatlik dars jarayonida ulardan faqat bittasidangina foydalanishi mumkin.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling