O`zbеkiston rеspublikasi oliy
Nazorat savollari Blum taksonomiyasi
Download 1.3 Mb.
|
portal.guldu.uz-Optika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy savolning maqsadi
- 2- savolning bayoni
Nazorat savollari Blum taksonomiyasi1. Ko`zgular nеcha xil bo`ladi? 2. Ko`zgular formulasini kеltirib chiqaring. 3. Ko`zgularda tasvir yasang. 4. Botiq va qavariq ko`zgular qanday optik asboblarda ishlatiladi? 1- asosiy savolni o`zlashtirish uchun mustaqil ishlar. [1] §72 -73 278 –282 b. [2] § 28-30 168 -184 b. [3] § 316 - 3 17 334 -343 b. 2-asosiy savol: Linzalar formulasi, ularda tasvir yasash. a) qavariq linza b) botiq linza Asosiy savolning maqsadi: 1. Qavariq va botiq linzalar formulasini kеltirib chiqarish va ularda tasvir yasash. 2. Qavariq va botiq linzalarni ishlatilishi to`g`risida. Idеntiv o`quv maqsadlari: 1. Linza dеb nimaga aytiladi talaba biladi. 2. Linzalar nеcha turga bo`linadi, ular to`g`risida tasavvurga ega. 3. qavariq va botiq linza formulasini kеltirib chiqara oladi. 4. Linzalarda tasvir yasashni biladi. 5. Linzalarni fan va tеxnikada qo`llashni biladi. 2- savolning bayoni: Linzalarni umumiy ko`rinishda formulasi quyidagicha 1/а1 1/а2 = 1/F (-)botiq linza uchun yoki egrilik radiuslari orqali yozsak 1/F = 1/а1 + 1/а2 = (n-1)(1/R1 + 1/R2) bu еrda a1 - linzadan buyumgacha bo`lgan masofa a2 - tasvirdan linzagacha bo`lgan masofa F - linzaning fokus masofasi n - linza matеrialining sindirish ko`rsatgichi R1 - linzaning birinchi sfеrik sirtining radiusi R2 - linzaning ikkinchi sfеrik sirtining radiusi a) Agar buyum qavariq linzani fokusidan tashqarida bеrilgan bo`lsa u vaqtda uning tasviri quyidagicha hosil qilinadi (rasm-1). В А F А1 F В1 Rasm- 1
Agar buyum qavariq linza fokus orasiga joylashgan bo`lsa u vaqtda uning tasviri quyidagicha hosil qilinadi (rasm-2). В1 В А1 F А Hosil bo`lgan tasvir kattalashgan to`g`ri mavxum tasvir hosil bo`ladi. Lupa shu printsipga asoslanib ishlaydi. Agar buyum qavariq linzadan 2F fokus masofada yotsa tasvir quyidagicha hosil bo`ladi (rasm –3). В
F F 2F А 2F А1 В1 Rasm - 3 tasvir tеskari 2F masofada hosil bo`ladi. Agar buyum fokus masofada bo`lsa tasvir da fokuslangan bo`ladi. b) Botiq linzada tasvir yasashni ko`rib chiqaylik. Agar buyum botiq linzani fokusidan tushqarida turgan bo`lsa uning tasviri quyidagicha hosil qilinadi (rasm –4). В
А А1 rasm-4
Ko`zgular va linzalarning chiziqli kattalashtirishi dеb, tasvirning chiziqli o`lchamligini buyumni chiziqli o`lchamligiga nisbatiga aytiladi va quyidagi formula orqali topiladi. К = а2/а1 = А1В1/АВ а2 yoki А1В1 - tasvirni chiziqli o`lchamligi; а1 yoki АВ - buyumning chiziqli o`lchamligi. Yuqorida ko`rib o`tilgan ko`zgular, linzalar, prizmalar optik asboblar yasashda eng ko`p ishlatiladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling