O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57

kunining  660  yilligi,  Axmad  al-Farg‘oniy,  Imom  al-Buxoriy,  Jaloliddin 

Manguberdi  kabi  buyuk shaxslaming yubiley tantanalari,  Buxoro  va Xiva 

shaharlarining  2500  yilligi,  “Alpomish”  dostonining  1000  yilligi  kabi 

tadbirlar bevosita YUNESKO homiyligida o'tkazildi.

Mustaqil  0 ‘zbekiston  2001  yilning  iyun  oyida  «Shanxay  beshligi» 

deb yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni  Shanxay shahrida chaqirilgan 

sammitida  bu  tashkilotning  to‘la  huquqJi  a’zosi  bo'ldi.  1998  yili  tashkil 

etilgan «Shanxay beshligi»ga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izston va 

Tojikiston  Respublikalari  a’zodir.  Shundan  keyin  «Shanxay  hamkorlik 

tashkiloti»  nomi  bilan  yuritilib  bosh  maqsad  har  tomonlama  hamkorlik 

o ‘matishdan  iborat  bo‘lib,  ayni  bir  vaqtda  xalqaro  terrorizm  va 

ekstremizmga qarshi  kurashda tashkilotning faotiyat markazida turadigan 

bo'ldi.  Terrorizmga  qarshi  kurash  qarorgohi  (shtabi)  Bishkekdan 

Toshkentga  ko‘chirildi.  Tashkilotning  aniq  vazifalari  tashqi  ishlar, 

mudofaa vazirliklarining kengashlarida hal qilinadi.

2005-yilning  2-iyul  kuni  Qozog‘istonning  Astana  shahrida 

«Shanxay  hamkorligi»  tashkilotining  o‘ninchi  marta  uchrashuvi  o'tdi. 

Sammitda  doimiy  a’zo  davlat  rahbarlaridan  tashqari  Mo‘g‘uliston 

Respublikasining vakili kuzatuvchi sifotida qatnashdi. Kengash Hindiston, 

Pokiston  va  Eron  davlatlarini  tashkilotga  kuzatuvchi  sifatida  qabul  qildi 

va  ulaming  vakillari  sammitda  ishtirok  etdi.  Astana  uchrashuvi 

qatnashchilari  «Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash konsepsiyasi»ni 

yakdillik  bilan  qabul  qildi.  0 ‘zaro  iqtisodiy  aloqalami  kengaytirish 

to‘g‘risida hujjatlami imzoladi.

Mustaqil  0 ‘zbekiston  Respublikasi  dunyo  mamlakatlari  bilan  ko‘p 

tomonlama aloqalar o‘matish  bilan bir vaqtda taraqqiy etgan davlatlar va 

qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama aloqalami rivojlantirdi.

Keyingi  yillarda  yosh  mustaqil  davlatlar  ichida  Markaziy  Osiyo 

davlatlari  uchun  dini,  urf-odatlari  va  an’analari  yaqin  bo'lgan  Sharq 

mamlakatlari  bilan  o'zaro  aloqalar  olib  borish  imkoniyatlari  bu 

mamlakatlar  o'rtasidagi  munosabatlami  kengaytirdi.  Bu o'rinda  birinchi 

navbatda  Saudiya  Arabistoni  bilan  aloqalami  aytib  o'tish  o'rinlidir. 

Shuningdek,  O'zbekiston  1992-yil  6  fevralda  Turkiya,  Pokiston,  Eron 

tomonidan  tuzilgan  iqtisodiy  hamkorlik tashkilotiga  a’zo  bo‘lib  kirdi  va 

1992  yil  Eron,  Turkiya,  Pokiston,  Turkmenistan,  Qozog‘iston  davlat  va 

hukumat  rahbarlari  bilan  imzolangan  “Trans-Osiyo”  temir yo‘l  aloqasini 

tiklash maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad yo'li qurilishi haqidagi bitimda 

feol  ishtirok  etdi.  Bu  O'zbekiston  uchun  dengiz  yoMlariga,  xalqaro 

transport  tarmog'iga,  tovar  va  kapital  xalqaro  bozoriga  chiqish

488


imkoniyatini  berdi.  Arab  mamlakatlari  bilan  olib  borilgan  aloqalar 

madaniy  va  diniy  tomondan  ham  uzviy  bogMiq  bo'ldi.  Bu  yo'ldagi 

barakatlar  natijasida  savdo  sotiq,  turizmni  rivojlantirish  va  kadrlarni 

o’qitish imkoniyatlarigayo'l ochdi.

O ‘zbekistonning  Xitoy Xalq  Respubiikasi  bilan  aloqalari  kengayib, 

bu  ikki  davlat  o'rtasidagi  o'zaro  manfaatli  hamkorlik  bir-birining  ishiga 

aralashmaslik tamoyiliga asoslandi.  Xitoy Xalq Respubiikasi 0 ‘zbekiston 

mustaqilligini  birinchilardan  bo‘lib,  1991-yil  27-dekabrda  tan  oldi  va

1992-yili  2-yanvarda  diplomatic  aloqalar  o‘matdi.  1992-yilda  ikki 

mamlakat  o'rtasida hamkorlik  aloqalari  o'rnatilgandan  keyin  iqtisodiyot, 

savdo,  fan  va  texnika,  madaniyat  va  san’at  sohasida  o'zaro  manfaatli 

hamkorlik  jadal  rivojlanishi  uchun  ko'pdan  ko'p  imkoniyatlar  vujudga 

keldi.  0 ‘zbekiston Respubiikasi  Prezidentining XXR  ga qilgan  bir necha 

bor  davlat  tashri flari  xususan,  1992-yilning  may  oyida,  1994-yilning 

oktabrdagi,  1999-yilning noyabr oyidagi  maxsus  tashriflari,  XXR.Davlait 

Kengashi  rayisi  Li  Peninng  1994-yil  apreldagi,  XXR  hukumati raisining 

muovini  Xu  Szin  Taoning  1995-il  oktabrdagi  XXR  raisi  Szyan  Sze 

Minning  1996-yil  iyunidagi  Toshkentga  qilgan  maxsus  tashriflari 

natijasida  ikki  mamlakat  o‘rtasida  siyosiy,  iqtisodiy-ijtimoiy  sohadagi 

hamkorliklar  Kengashdan 

Xitoy 

investitsiyasi 



bilan  ishlayotgan 

korxonalar,  shu  jumladan  qo‘shimcha  korxonalar  ko‘payib  bormoqda. 

Ikki  davlat  o‘rtasida  tashrif,  oliy  ta’lim  sohasidagi  hamkorlik 

kengaymoqda. Xususan,  1977-yili 0 ‘zbekiston Jahon tillari Universitetida 

1977 yili Xitoy tili  bo‘limi ochilgan edi. 2004-yili ikki davlat Toshkentda 

institut  ochishga  kelishgan  edi.  Bu  2005-yili  Konfutsiy  nomida  Xitoy 

Instituti  ochildi.  O'zaro  madaniy  aloqalarda  ham  fen,  madaniyat,  san’at 

ahlining  o'zaro  foydali  hamkorligini  kuchaytirish  borasida  ham  turli- 

tuman 

tadbirlar 



amalga 

oshirildi. 

Toshkent 

va 


Samarqandda 

o'tkaziladigan  xalqaro  kino  hamda  musiqa  anjumanlarida  ikki  davlat 

madaniyat  arboblarining  ishtirok  etib  borishi  ham  fikiimizning  dalilidir. 

O'zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimovning  XXRga  2005-yilning  iyun 

oyidagi  tashrifi  ikki  davlat  o‘rtasida  munosabatlaming  yangi,  yuqori 

bosqichini  ochdi.  l.Karimov  va  XXR  raisi  Xu  Szin  Tao  o'rtasida 

0 ‘zbekiston  va  Xitoy  Xalq  Respublikasida  strategik  sheiikchilik 

to‘g‘risida  bitim  imzolandi.  0 ‘zbekistonda  energetika-yoqilg‘i  sanoatini 

rivojlantirish,  xalqaro  terrorizm  va  diniy  ekstremizmga  qarshi  kurash 

to‘g‘risida  tuzilgan  bitimlai  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  I.A.Karimov 

aytib  o'tganidek,  “O'zbekistonmng  milliy  manfaatlariga  mos  keladigan 

ko'p  tomonlama  faol  tashqi  siyosatni  amalga  oshirish-davlatimiziiing

489


mustaqUligmj  mustahkamlash,  iqtisodiy qiyinchrtiklami  bartaraf etish  va 

xalq turmushiniyaxshilashnirtg zarur sharti va g‘oyat muhim  vositasid>r’\

Prezidentimizning 

jahondagi 

turli  -  mamlakatiarga 

tashrifi 

O'zbckistonning xalqaro maydondagi  mavqeini yanada mustahkamlashda 

muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.-Masalan,  Y aponiya/A Q Shga  tashrifi 

davomida  bu  mamiakatlar  bilan  o'zaro  hamkorlik; maslalalari  hal  etildi. 

Bu o'rinda AQSh bifan bo'layotgaft o'zaro aloqalarga to'xtab o'tmoq joiz. 

Dunyoning  y&Eakchi  davlati,  juda  k attasiy o siy ,  iqtisodiy,  harbiy- 

texnikaviy,  intelektual  salohiyatga  ega  bo'lgan  AQSh  bilan  har 

tomonlama 

munosabatlami 

rivojlantirish 

va 


chuqurlashtirish 

raamlakatimiz uchun muhim aharaiyatga ega. Shu sababli ham ikki davlat 

uchun  muhim  bo'lgan  yo'nalishlardagi  munosabatlar  izchillik  bilan 

rivojiandi.  O'zbekiston  rahbariyatining  1995-yii  AQSh  vitse-prezidenti 

Albert  Gor  bilan  uchrashuvi  davomida  O'zbekiston  va  AQSh  o'rtasida 

teng  huquqli  va  o'zaro  manfaatli  aloqalar  rivojiga  hamda  MDHdagi 

xavfsizlikka  daxldor  masalalar  hal  etildi.  Ayni  paytda  AQSh 

O'zbdristonning 

Markaziy 

Osiyoda 


tinchlik 

va 


barqarorlikni 

ta’minlashdagi yetakchilik rolini  tan  olib,  respublikamiz  bilan terrorizm, 

narkobiznesga  qarshi  kurash,  mintaqaviy  xavfsizlik  va  LKarimovning 

AQShga tashrifi  chogMda  muhokama  etilgan  boshqa masalalar  sohasida 

teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanli^ni m a’lum qildi.

O'zbekiston  rahbarining  1996-iyun  oyida y il AQShga qilgan  yetti 

kunlik  tashrifi  O'zbekiston  tashqi  siyosatida  o'ziga  xos  o'rin  tutadi. 

Mazkur  tashrif  davomida  O'zbekiston  va- AQSh  o'rtasidagi  aloqalarni 

rivojlantirish,  hamkarlikning  huquqiy  asosiarini  kengaytirish,  Markaziy 

Osiyoda  barqaroriik  v a’  xavfsizlik  masalalarida  fikr  yuritildi.  Siyosiy 

jihatdan ushbu tashrifriing-ahamiyati shundan ibotatbo'ldiki, O'zbekiston 

rahbariyati  AQShda  kamdan  kam  qo^laniladigan  udum  mukammal 

askariytashrifot bilan kutib olindi.

O'zbekistonning 

AQSh 

bilan 


munosabatlari 

yildan 


yilga 

mustahkanilanmoqda. 

O'tgan 

bir 


necha  oy 

ichida  .yurtimizga 

Yashingtondan  bir  qancha  davlat  va  jamoat  rahbariari,  harbiy 

mutaxassislar,  ehuhonchi  16  nafar senator .va 8  nafar kongressmen  kelib 

ketdi.

O'zbekiston.Respublikasi  Prezidenti  LA.Karimov  2002-yi!. .11-14 



mart  kunlari;  rasmiy  tashrif bilan : Amerika  Qo'shma  Shtatlarida  bo'ldi. 

Tashrif kunlari  Yurtboshimiz  AQSh  Prezidenti  Joij  Bush  va bir  qancha 

davlat rahbarlari bilan uchrashdi.

490


Joij  Bush  O'zbekiston  qat’iyat  bilan  aksilterror  koalisiyatsini 

qo'Ilab-quvvatlaganini  AQSh  hukumati  va  xalqi  unutmasligini,  bu 

minnatdorlik  va  ehtirom  kelgusida  juda  ko'p  bor  namoyon  bo'lishini 

ta’kidladi.  U  Islom  Karimovni,  bundan  buyon  AQSb  strategik  sherik 

sifatida doim O'zbekiston bilan birdam bo'Hshiga ishontirdi.

Vashingtonda  AQSh  hukumati  2002-yilga  O'zbekistonga  yordam 

tariqasida  160  mln.- dollar  ajratishini  ma’lum  qildi.  O'zbekiston  qurolli 

kuchlari  islohotga  ko'maklashish  uchun 43  mln.  dollar  ajratilish ma’lum 

qilindi. O'tgan yili bu raqam  15,5 mln. dollar edi.

Hech  bir  mamlakat  iqtisodiy  hamkorliksiz  rivojlana  olmasligini 

hozirgi  kun  voqeligi  isbotlab  turibdi.  O'zbekiston  rahbariyatining  bu 

vaziyatga  chuqur  yondashishi  orqali  tashqi  iqtisodiy  aloqalarda 

Respublikamiz  iqtisodiyotiga  xorijiy  sarmoyaiarni  jalb  etishga  katta 

ahamiyat  berildi.  Iqtisodiyotga  xorijiy  sarmoyaiarni  jalb  etishda 

0 ‘zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi:

-Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;

-O'zbekiston  iqtisodiyotiga  xorijiy  sarmoyadorlami  keng  jalb  qilishni 

ta’minlaydigan  huquqiy  ijtimoiy,  iqtisodiy  shart-sharoitlar  yaratish, 

tashkilotlar va muassasalar tuzish;

-Ilg‘or 


texnologiyaning 

kirib 


kelishiga, 

xo'jalik 

tarkibini 

zamonaviylashiga ko‘maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan “ochiq 

eshiklar” siyosatini o'tkazish;

-Respublika  mustaqilligini  ta’minlaydigan  o‘ta  muhim  sohalami 

ishlab  chiqarish  vositalar  bilan  ta’minlash  hamda  raqobat  -  bardosh 

mahsulot ishlab chiqarishga qaratish;

O'zbekistonning  tashqi  iqtisodiy  aloqalami  kengaytirishi  va  bu 

aloqalami  erkinlashtirishida  huquqiy jihatdan  ta’minlovchi  qonunlaming 

ahamiyati  katta  bo'ldi.  ‘Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to‘g‘risida”,  “Chet  el 

investitsiyalari  to‘g‘risida”gi  va  “Xorijiy  investorlar  va  investitsiyaiarga 

kafolat  berish  to‘g‘risida”gi,  “Bankrotlik  to‘g‘risida”gi  qonunlar  va 

boshqa me’yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi.  Shu qatorda respublika 

chet  el  investisiyalarini  ishonchli  sug‘urta  bilan  himoyalashni  ham 

ta’minladi.  Bu  huquqiy  hujjatlar  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  kengaytirish, 

xalqaro  shartnomalar  tuzish  va  ulami  bajarish  uchun  shart-sharoitlar 

yaratdi.  Amaldagi  qonunlar  chet  ellik  investorlar  uchun  kafolatlar  bilan 

bir  qatorda  soliq  sohasida  keng  imtiyozlar  berdi.  Birinchi  navbatda 

O'zbekiston iqtisodiga umumiy hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda 

qilinadigan 

investitsiyalar 

boj 

to'lashdan 



ozod 

qilindi: 

Bu 

investitsiyalaming  davlat  investitsiya  dasturiga  kiritilgan  loyihalarda



491

ishtiroki  natijasida  yetti  yil  mobaynida  foydadan  soliq  to'lashdan  va 

korxonalar  daromadlarining  ishiab  chiqarishni  kengaytirishga  va 

texnologiya  bilan  qayta  jihozlashga  sarflanadigan  qismi  ham  soliq 

to'lashdan  ozod  qilindi.  Ishiab  chiqarilgan  tovarlarni  import  va  eksport 

qilish uchun bojxona to'lovlari ancha kamaytirildi.

Bu  o'rinda  shuni  aytib  o'tmoq  lozimki,  chet  ellik  investorlarga 

yordam 

ko'rsatish 



maqsadida 

O'zbekistonda 

ixtisoslashtirilgan 

tashkiiotlar  va  muassasalar  tarmogM  tashkil  etildi.  Bular  qatorida 

“O'zbekinvest”  Milliy  eksport-import  sug‘urta  kompaniyasi,  chet  el 

investitsiyalari  bo'yicha  agentlik,  tovar  ishiab  chiqaruvchilar  va 

tadbiricorlar palatasi katta ahamiyatga ega bo'ldi.

Ana  shunday  yaratilgan  qulay  shart-sharoitlar  imkoniyatlar 

natijasida  O'zbekiston  hukumati  jahondagi  nufuzli  davlatlar Germaniya, 

XXR, Turkiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar bilan 

o'zaro  manfaatli  aloqalar  o'm atdi.  Mustaqilikning  dastlabki  kunlaridan 

boshlab  O'zbekistonga  12  milliard  Amerika  dollari  miqdorida  xorijiy 

investitsiyalar  jalb  qilindi.  O'zbekistonga  kiritilgan  chet  el  kapitali 

yordamida  respublika  hududida  qayd  qilingan  qo'shma  korxonalaming 

soni esa shu kunlargacha  1810 taga yetdi.

O'zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda o 'z  mavqeiga ega bo'lib 

borishi  quvonarli  holdir.  Bu o'rinda mustaqillikning dastlabki  kunlaridan 

boshlab AQSh bilan o'zaro hamkorlik aloqalari bu ikki davlat o'rtasidagi 

iqtisodiy aloqalarni  keng miqyosda olib borilishi  xususida to'xtab o'tmoq 

lozim.  O'zbekistonda  mustaqillik  dastlabki  yillaridan  AQSh  bilan 

O'zbekiston  o'rtasida  imzolangan  o'zaro  manfaatli  shartoomalar  asosida 

O'zbekistonga  AQShning  sarmoyalari  kirib  keldi.  Bu  sarmoyalar 

ishtirokida  respublikada  qo'shma  korxonalar  tashkil  topib  faoliyat 

ko'rsatib  turibdi. 

O'zaro  tuzilgan  shartnomalarga  ko'ra,  AQSh 

O'zbekistondagi.bepoyon  yer  osti  va  yer  usti  boyliklarini  o'zlashtirish 

uchun  katta sarmoya mablag'larni  ajratishni  o 'z  zimmasiga oldi, natijada 

respublikaga Amerikaning zamonaviy texnikasi kirib keldi. O'zbekistonda 

Amerikaning  “Nyumont-Mayning”  kompaniyasi  bilan  hamkorlikda oltin 

qazib  oladigan  “Zarafshon-Nyumont”  qo'shma  korxonasi  qurib  ishga 

tushirildi.

Shuningdek, 

xorjiy  .  sarmoyalar 

natijasida 

O'zbekistonda 

“SamKuchavto”,  “UzDEUayto”,  Ko'kdumaloq  kompressor  stansiyasi, 

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar qurildi.

Janubiy  Koreya  sarmoyadorlari  bilan  “0 ‘zDEUavto”,  “0 ‘zDHU 

elektroniks”  hissadorlik  birlashmaiaii  keng  faoliyat  natijasi  o'laroq

492


O'zbekiston  jahondagi  avtomobil  ishlab  chiqaruvchi  28  mamlalcat 

qatoridan o'rin egailadi  va yuqori  baholarga sazovor bo'ldi. Bu mamlakat 

bilan hamkorlikda telefon tarmoqlari yangilandi.

O'zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeyining oshib borishi

1991-yil 8-dckabrda Minsk shahri yaqinida sobiq ittifoqning barham 

topishi  munosabati  bilan  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo'stligiga asos solindi. 

MDHning 


vujudga 

kelishi 


haqidagi 

hujjatga 

dastlab 

Rossiya 


Federatsiyasi,  Ukraina  va  Belorusiya  davlatlari  imzo  ehekdilar.  13- 

dekabrda  Ashxobodda  o‘tgan  0 ‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  Respublika 

rahbarlarining  kengashida  harndo‘stlikni  kengaytirish  zarur  deb  topdi. 

Natijada shu yili 21  dekabrda Almatida o'tgan uchrashuvda MDH bitimini 

ja’mi  11  davlat  MDHga  a’zo bo'lib  kirdi.  Ular  bu  bitimda davlatlarning 

hududiy  butunligini  tan  olish,  amaldagi  chegaralar,  ulaming  ochiqligi, 

fuqorolarning  harakati  erkinligiga,  xalqaro  tinchlik  va  havfsiziikni 

ta’minlash,  harbiy  harakat  va  qurol-yarog*  tarqatishning  oldini  olishda 

birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.

MDH  a’zolarining  birgalikdagi  harakatlariga  quyidagi  vazifalar 

kiritildi:

-tashqi siyosiy faoliyatlami muvofiqlashtirish, mudofaa 

siyosati 

va tashqi chegarani muxofaza qilish,

-umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va 

Umumyevropa, 

Yevroosiyo bozorini 

shakllantirish;

-iqtisodiy islohot o'tkazish;

-bojxona siyosatini birga olib boorish;

-tamsport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;

-ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash;

-uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.

0 ‘zbekiston 

Respublikasi 

tashqi 


siyosatida 

hamdo‘st!ik 

mamlakatlari  bilan  ikki  tomonlama  hamkorlikni  yo‘lga  qo‘yish  va 

rivojlantirishga  alohida  ahamiyat  berdi.  0 ‘zbekiston  ham  daviatlararo 

bank  va boshqa  hamdo‘stlik  iqtisodiy tuzilmalarining shakllanishida  faol 

ishtirok  etdi.  “Mustaqil  davlatlar  hamdo'stligini  tashkil  qiluvchi 

mamlakatlar  bilan  bevosita  va  ko'p  tomonlama  munosabatlami 

rivojlantirish,  -degan  edi  IA.Karimov,-tashqi  siyosatimizning  ustivor 

yo'nalishlaridan biridir”.

493


O'zbekiston Prezidenti  I.A.Karimovo'zasarlaridaMDH doirasidagi 

hamkorlikka  katta  e’tibor  berib,  O'zbekistonning  MDH  doirasidagi 

ishtirokini quyidagi holatlarda belgilab bergan edi.

-Yangi  mustaqil  davlatlarning  ko'p  yillar  mobaynida  tarkib  topgan 

munosabatlari 

chuqurlashishi 

xalqaro 

maydonda 

vaziyatni 

chigallashtirishga olib kelishi mumkinligi;

-Respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tiziniiga ega 

bo'lgan  sobiq  umumittifoq  iqtisodiy  makoni  doirasida  shakllanganligi, 

mustaqillik  yillarida  bo'lsa,  MDH  doirasidagi  davlatlarning  o'zaro 

aloqalarini  uzib qo'yilishi  ishlab chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga 

olib kelishi mumkinligi;

-MDH  doirasidagi  davlatlarda  chegaralaming  ochiqligini  saqlab 

qolish  respublikada  ijtimoiy-iqtisodiy  barqarorlikni  va  millatlararo 

munosabatlarda totuvlikni ta’minlashda muhim rol o'ynashi;

-Yosh  mustaqil  davlatlarning  o'zaro  hamkorligi  xalqaro  maqomda 

o 'z mavqeyini saqlab qolishi uchun muhim omil bo'lib hisoblanishi;

1991-2000-yillarda  MDH  davlatlari  boshliqlarining  30  ga  yaqin 

kengashlari  bo'lib  o'tdi  va  muhim  hujjatlar  imzolandi.  Ular  orasida 

xavfsizlik  masalalari,  tinchlikni  saqlash,  iqtisodiy  hamkorlikni  yo'lga 

qo'yib  olish  uchun  davlatlalaro  iqtisodiy  qo'mita  tuzish,  iqtisodiy 

integratsiyani  to'laqonli  amalga  oshirish,  bojxona  va  ittifoq  to'lovi 

masalalarini  izga  solib  olish  kabilar  muhim  o'rin  egalladi.  O‘zbekiston 

MDH  doirasida  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  sohalar  bo'yicha  shartnoma 

hamda  kelishuvlarni  Rossiya,  Ukrayina,  Belorussiya,  Moldaviya  va 

boshqa mamlakatlari bilan  imzolab o‘zaro manfaatli  hamdo‘stlik aloqalari 

uchun mustahkam asos yaratdi.

O'zbekiston 

MDH 


davlatlari 

bilan 


hamkorlikda 

iqtisodiy 

mintaqalararo  munosabatlami  mustahkamlashga  kirishar  ekan,  ulaming 

siyosiy  mustaqilligiga  daxl  qilmaslik  nuqtai  nazaridan  yondashdi.  1992- 

yil  may  oyida  MDH  davlat  rahbarlarining  Toshkent  uchrashuvida 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  tashabbusi  bilan 

boshlangan  kollektiv  xavfsizlik  to‘g‘risidagi  shartnomaning  imzolanishi 

MDH  doirasidagi  davlatlarning  o'rtasidagi  aloqalami  yangi  bosqichga 

ko'tarilishiga  sabab  bo'ldi.  1993-yil  MDH  davlatlari  bilan  imzolangan 

“Iqtisodiy  ittifoq”  haqidagi  shartnoma  ham  bu  davlatlarning  iqtisodiy 

taraqqiyoti  va o'zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishga  katta 

ta’sir ko'rsatdi.

Ayni  vaqtda,  O'zbekiston  1996-yii  Venada  sobiq  ittifoqdosh 

davlatlar Gruziya,  Ukraina,  Ozarbayjon,  Moldova  davlatlari  asos  solgan

494


o'ziga  xos  tuzilmaga  ham  1999-yil  aprel  oyida  a:zo  bo'ldi.  Natijada,  bu 

tuzilma  unga  uyushgan  davlatlaming  nomidan  olingan  bosh  harflar 

asosida  GUUAM  d e b , yuritila  boshlandi.  Mazkur  tuzilma  mintaqaviy 

hamkorlik 

doirasidagi 

Osiyo-Kavkaz-Yevropa  transport 

yolagini 

rivojlantirish,  iqtisodiy  hamkorlikni  kengaytirishni  maqsad  qilib  oldi. 

2001  yil  iyun  oyida  ana  shu  tashkilotga  a’zo  davlatlaming  uchrashuvi 

bo'lib,  unda  O'zbekiston  ham  ishtirok  etdi.  Yaltada  bo'lib  o'tgan 

sammitda  hamkorlikni  mustahkamlashga  doir  ayrim  masalalar  ко’rib 

chiqildi.

So‘nggi  yillarda  GUUAM  davlatlarining  ko‘pchiligida  ichki  va 

tashqi  siyosatida  yuz  bergan  keskin  o‘zgarishlar  yuz  berishi  oqibatida 

0 ‘zbekiston bu tashkilotga a’zoligini bekor qildi.

Rossiya Federatsiyasi  bilan mustaqillik yillarida bo'layotgan o'zaro 

manfaatli  va  teng  huquqli  hamkorlik  yaxshi  samara  berayotganini 

ta’kidlab  o'tmoq  joizdir.  Bu  ikki  mamlakat  o'rtasidagi  1992  yil 

o'rnatilgan  diplomatik aloqalardan so'ng  siyosiy,  iqtisodiy sohalarda  150 

dan  ortiq  shartnomalar  imzoiandi.  Rossiya  Federatsiyasi  bosh  vaziri 

V.Chernomirdin,  keyinroq  E.Primakov  1998-yil  Rossiya  Federatsiyasi 

prezidenti  B.Elsin,  1999-yil  dekabr  va  2000-yil  may  oyida  prezident 

V.V.Putinning 

0 ‘zbekistonga 

qilgan 

tashriflari 



Rossiya 

va 


O'zbekistonning o‘zaro  iqtisodiy  hamkorliklarini  yo'lga qo'yishda, diniy 

eksteremizm  va xalqaro  terrorizmga  qarshi  birgalikda kurashida  alohida 

o‘rin tutdi.

2003-yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining  navbatdagi 

uchrashuvi  Samarqand  shahrida  boMib  o4di.  Rossiyaning  «Gazirom»  va 

«Lukoyl»  kompaniyalarining  0 ‘zbekistonda  neft  va  gaz  manbalarini 

qidiruv  ishlayotgan  korxonalami  texnika  jihatidan  qayta  qurish 

masalalarini  muhokama  qildi.  Ikki  davlat  o'rtasidagi  tovar  almashuv 

2002-yili  bir  milliard  AQSh  dollarini  tashkil  etgan  bo'lsa,  2003-yili  bu 

ko‘rsatkich 25 foizga oshdi.

2004-yili  Rossiya  va  0 ‘zbekiston  o'rtasidagi  munosabatlar  yana 

ham  mustahkamlandi.  Shu yili  ikki  davlat  Prezidentlari  jami  yetti  marta 

uchrashdi.  0 ‘zbekistonda 32  marotaba  Rossiya  hukumati  delegatsiyalari 

tashrif  buyurdi,  shu  jumladan,  Rossiya  davlati  xavfsizlik  kengashining 

rayisi,  Mudofaa,  Tashqi  ishlar,  Transport  vazirlari  o‘zbekistonlik davlat 

rahbarlari  bilan  muhim  masalalar  bo'yicha  bitimlar  tuzdi.  16  iyun  kuni 

l.Karimov va V.Putin uchrashuvi natijasida strategik hamkorlik to‘g‘risida 

bitim  tuzildi.  Bunda siyosiy,  harbiy,  harbiy-texnika,  iqtisodiy-ijtimoiy va 

boshqa  masalalar  bo‘yicha  alohida  bitimlar  imzoiandi,  Yoqilg‘i-

495


energetika  sohasida  neft  va  gaz  qidiruv  ishlarini  bir  milliard  dollarga. 

«Gazprom»  va  Uzneftgaz  birlashmasi  o'rtasida  tnavjud  yoqilg‘1 

korxonalarini  texnik jihatdan  qayta qurish  uchun  1  milliard  200  million 

dollar hajmda bajarishga kelishildi.

O'zbekistonda  350  korxona  Rossiya  investitsiyasi  asosida  ishlab, 

shundan  300  tasi  qo‘shma  korxonalarda,  Rossiyada  esa  100  dan  ortiq 

O'zbekiston-Rossiya qo'shma korxonalari ishlayapti.

V.V.Putin: «...biz har xil sohalarda munosabatlami rivojlantirishdan 

manfaatdormiz»  degan  edi.  O'zbekistonda  bir  milliarddan  ortiq  rus 

millatiga  raansub  fuqarolar  yashaydi.  0 ‘zbekistonda  rus .tilida  159  ta 

maktab,  rus-o‘zbek  tillarida  ishlaydigan  603  ta  maktab  mayjud. 

O'zbekiston  aholisining  84,9  foizi  rus  tilida erkin  gaplashadi.  Rus  tilida 

85  gazeta va 52 jurnal nashr etiladi. 2002-2004-yillari  500 mingdan ortiq 

darsliklami  Rossiya  hukumati  yubordi.  Har  yili  Rossiya. oliy  o‘quv 

yurtlarida  o'zbek  yoshlari  uchun  tekin,  barcha  sharoitlarga  ega  o'quv 

o‘rinlari ajratiladi.

Bunday  uchrashuvlar  nafaqat  Rossiya  Federasiyasi  bilan,  balki 

Ukraina bilan ham  keng yo'lga qo'yildi.  1994-Ukraina prezidenti Leonid 

Kuchma  davlat  tashrifi  bilan  Toshkentga  keldi.  O'zbekiston va  Ukraina 

davlat  rahbarlarining  o'rtasidagi  o'zaro  muloqotda  iqtisodiy  hamkorlik, 

transport,  sanoal,  qishloq  xo'jaligi,  mineral  xom  ashyo  qazib  olish,  fan 

taxnika  taraqqiyotidagi  yutuqlarda  o'zaro  hamkorlikni  amalga  oshirish 

bo'yicha  tuzilgan  bitimlami  amalga  oshirish  bilan  aloqador  bo'lgan 

masalalar asosiy o'rin egalladi. Nafaqat iqtisodiy,  balki  madaniy aloqalar 

ham  yo'lga  qo'yildi.  Leonid  Kuchma  o'zining  O'zbekistonga  tashrifi 

davomida O'zbekiston  baynalminal  madaniy  markazida ham  bo'ldi.  O 'z 

navbatida  O'zbekiston  Prezidenti  ham  Ukrainaga  udi  marotaba  safar 

qitdi. Bu ikki  davlat o'rtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, 

tovar ayirboshlash hajmi 300 million AQSh dollaridan oshdi. O'zbekiston 

Ukrainaga  rangli  metall,  gazlama  va  boshqa  turdagi  mahsulotlami 

yetkazib  bergan  bo'lsa,  Ukrainadan  O'zbekistonga  texnika  asbob- 

uskunalari  keltirildi.  Bugungi  kunda O'zbekistonda 20  dan ortiq  o'zbek- 

ukraina qo'shma korxonalari ishlab turibdi.

2001-yil  MDH  tashkil  topganligining  10  yilligi  munosabati  bilan 

Rossiya davlati  poytaxtida  MDH davlatlari  rahbarlari  ishtirokida sammit 

o 'z   ishini  boshladi.  Sammitda  o'tgan  vaqt  mobaynida  qilingan  ishlar 

sarhisob qilindi  va o'zaro savdodagi  cheklashlami  bartaraf etish, tovarlar 

va xizmatlar oqimini  ko'paytirish uchun axborot-marketing markazlarini 

tuzish,  ta’lim,  madaniyat,  soliq,  bc^xona sohalarida faoliyat ko'rsatuvchi

496


muassasalar.  xo'jalik  sudlari  hamkorligini  kengaytirish  masaialari 

muhokama etildi.  Sammit ishtirokchilari  MDH tuzilganligining o'n yilligi 

munosabati  bilan  hamda Afg‘onistondagi  vaziyatga doir bayonotga  imzo 

chckdilar.  O'zaro  hamkorlik  doirasidagi  bunday  uchrashuvlar  o'z 

navbatida hamkorlik,  davlat chegarasini  himoya qilish,  MDF1  doirasidagi 

davlatlarning  fan-texnika  taraqqiyotidagi  yutuqlaridan  o'zaro  keng 

foydalanish,  iqtisodiy  aloqalami  keng  qamrovli  olib  borish,  ckotogik 

muammolami hal etishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.



Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling