Oʻzbekiston respublikasi oliy va innovatsion ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻzbek tili ta’limi


Download 288.71 Kb.
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi288.71 Kb.
#1488132
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Marjona

Oxirgi oʻn yillikda shaxsiy yozishmalar ancha faollashdi. Avvallari shaxsiy yozishmalarning maxfiyligi shariat qoidalari bilan qat’iy ta’minlangan, insonlar mustahkam axloqiy qoidalar bilan nazorat qilingan boʻlsa, endilikda, har bir kishi oʻzini-oʻzi nazorat qilishi, qat’iy tartibga chaqirib turishiga toʻgʻri keladi. Ya’ni internetda, jumladan, shaxsiy xabarlarda yozilgan barcha narsalar osongina ommalashishi mumkin, bu insonning ehtiyotkorligini oshiradi va loqaydlikka barham berish kabi ijobiy xarakter kasb etadi.


Shaxsiy yozishmalarning shakliy turlari aniqlab olinishi davomida uning ma’noviy xususiyatlari ham oydinlasha boradi. Bu masalada Kemerovo instituti olimi L.G. Kim xolistik usuldagi lingvistik ekspertizani taklif qiladi. Bu usul matnning butun holati, ya’ni umumiy mazmuni, nutq yoʻnalishi, da’vat yoki tahqirning mavjudligi kabilar bilan bir qatorda matnning tarkibini tashkil etuvchi eng kichik qismlarigacha oʻrganishdir. Bunda matnning umumiy holatidan elementlari va ularning chastotasini taqqoslash orqali muallif haqida xulosa chiqariladi. Rus olimi A.N. Baranov esa kvazisisnonimik tahlil usulini taklif qiladi. Unda butun va qismlarning sinonimligi yuzasidan leksemalarni tahlil qilish orqali matn muallifini aniqlaydi. Masalan, juda oz, toʻsatdan, bexosdan, kutilmaganda kabi soʻzlar mazmunan boshqa-boshqa tushunchani ifodalasa-da, ular matn tarkibida kontekstual sinonimlikni hosil qiladi.

Shaxsiy yozishmalarning tili turli yoʻnalishda boʻlishi mumkin. Yozishma ijrochisining maqsadini aniqlab olish lingvistik ekspertizga ancha yordam beradi. Shaxsiy yozishmalar quyidagi ma’noviy turlarga ega:

Shaxsiy yozishmalarning tili turli yoʻnalishda boʻlishi mumkin. Yozishma ijrochisining maqsadini aniqlab olish lingvistik ekspertizga ancha yordam beradi. Shaxsiy yozishmalar quyidagi ma’noviy turlarga ega:

• Ekstremistik xarakterdagi shaxsiy yozishmalar;

• Terroristik xarakterdagi shaxsiy yozishmalar;

• Shaxsning obroʻyiga putur yetkazish xarakterdagi shaxsiy yozishmalar;


Download 288.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling