Oʻzbekiston respublikasi oliy va innovatsion ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻzbek tili ta’limi

Download 288.71 Kb.
bet7/7
Sana15.06.2023
Hajmi288.71 Kb.
#1488132
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Marjona

Lingvistik ekspertiza Amerika davlatida har tomonlama oʻz taraqqiyot bosqichiga yetgan. Anonim xatlar muallifini hududiy xususiyatiga koʻra aniqlash masalasida qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqotlarda institut talabalaridan tezkor insho olingan va inshodagi xatolarni hududlar boʻyicha tipiklashtirib maxsus korpus yaratilgan. Bu sud lingvistik ekspertiza sohasidagi muammoli masalalarning yechimiga sabab boʻldi. Negaki, anonim xat muallifini aniqlash uchun umumiy va xususiy korpus zarur. Avvalo, yozishmadagi noadabiy unsurlar guruhlanadi va kodlashtirilib noma’lum muallifning nutqiy xatolari asosida korpus yaratiladi. Soʻng butun respublika boʻylab hududlararo noadabiy unsurlar tipiklashtirilgan korpusi asosida anonim yozishma individual korpusi bilan oʻzaro qiyoslanadi. Shundan keyingina taxminiy xulosaga kelinadi.

Oʻzbekiston hududi boʻylab 12 ta viloyatga oid sheva mavjud va bu oʻz navbatida, tarkibiy shevalarga ham boʻlinadi. Sheva vakillarining nutqi bir hudud doirasida ham farqlanishi mumkin. Shuning uchun ham tilshunoslikda gapdan tortib tovushgacha lingvistik tahlili matnshunoslik, psixologiya kabi sohalar qatori huquq tizimiga birdek aloqador. Oʻzbek tilshunosligida soʻzlarning qoʻshimcha ma’no va mazmun ifoda etishida lugʻaviy shakllarning oʻrni va ahamiyati katta. Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar, garchi asosga yangi ma’no kasb etmasa ham, ular soʻz va gaplarga qoʻshimcha modal ma’no berib turadi. Masalan, oʻqidingmi? Sen-a! (-mi va –a soʻroq taajjub mazmuni), qizgʻish, kattaroq (belgining miqdori), yuztacha, minglab (narsa-predmetning son-sanogʻi), bolalar, uydagi(koʻplik va oʻrin-joy ma’nosi)ni ifodalaydi. Leksemalararo adabiy me’yordan chekinish jarayoni boʻlgani singari grammatik shakllarda ham noadabiy unsurlar mavjud. Bu, asosan, chegaralangan leksemalarga xos boʻlib, ular oʻzaro oʻxshash va farqli jihatlariga ega.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling