O’zbekiston Respublikasi Oliy Va Maxsus Ta’lim Vazirligi


Download 250.95 Kb.
bet9/13
Sana19.06.2023
Hajmi250.95 Kb.
#1599962
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Zamir (6)

Kelishik kategoriyasi
Otning boshqa so‘zlar bilan sintaktik munosabatini ko‘rsatuvchi
ma’nolar va shu ma’noni ifadolovchi shakllar tizimi kelishik 
kategoriyasi deb aytiladi. Otning kelishik qo‘shimchasini olib 
o‘zgarishi turlanish deyiladi. Kelishik affikslari esa turlovchi 
affikslardir. Turlovchilar affiksal morfemalarning so‘z o‘zgartuvchi 
(sintaktik shakl yasovchi) turiga mansubdir. Shu jihatdan qaralganda
kelishiklar o‘zak yoki negizning morfemik tarkibidagi grammatik 
jarayonning tugallovchi shakli hisoblanadi. Shu bois kelishik 
kategoriyasi o‘zi birikkan asosni nutqqa o‘tkazuvchi, uni nutqiy 
jarayonga xoslovchi til birligini taqozo etadi. 

Kelishik kategoriyasi, asosan, ot turkumiga xos bo‘lib, ular ot tipli 
so‘zlar, ya’ni olmosh, harakat nomi, jamlovchi sonning ba’zi 
ko‘rinishlariga ham bevosita qo‘shila oladi: Menga, sendan, kimni, nimani, barchaga,o‘qishga, beshovimizga kabi. 23

Kelishik affikslari sifat, son va ular o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, 
fe’lning sifatdosh shakli, ba’zi alohida yordamchi so‘zlar guruhiga 
qo‘shilganda, ularni otlashtiradi. Boshqacha aytganda, kelishiklar 
otlashadigan so‘zlar bilan faqat sintaktik vazifa talabiga ko‘ra birikadi: 
Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod. (Maqol) Birni kessang o‘nni ek. 
(Maqol) O‘qigan o‘qdan o‘zar. (Maqol) Mana shunda gap ko‘p. 
Aravaning g‘ichir-g‘ichiridan cho‘chidi. 

Kelishiklar belgili va belgisiz holda, ya’ni turlovchi affikslar bilan 


yoki turlovchi affikslarsiz ishlatiladi. Belgili ishlatilish barcha 
kelishiklarga xos hodisadir. Belgisizlik esa quyidagi kelishiklarda 
uchraydi:
a)qaratqich kelishigi belgisiz qo‘llaniladi: cho‘l bag‘ri, 
maktab bog‘i; 
b) tushum kelishigi belgisiz qo‘llanadi: ariq qazimoq
ko‘chat o‘tqazmoq kabi.

O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z 
shakli va ma’nosi hamda sintaktik vazifasiga ega. Ular o‘zi birikadigan
boshqa so‘zlar bilan quyidagicha munosabatda bo‘ladi:

1) qaratqich kelishigi ot bilan otni grammatik aloqaga kiritadi va


moslashuvli birikma hosil qiladi: kitobning varag‘i, odamning gavdasi; 

2) tushum, jo‘nalishi, o‘rin, chiqish kelishiklari ot bilan fe’lni o‘zaro bog‘laydi va 


boshqaruvli birikma hosil qiladi: kitobni o‘qidi, kitobda ko‘rdim, 
kitobga qaradi, kitobdan oldim kabi. 

Makon va zamon kelishiklari nomi bilan yuritiluvchi jo‘nalish, o‘rin 
va chiqish kelishiklari ba’zan fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ham birika 
oladi: otdan baland, itdan past, uyat o‘limdan qattiq, xalqimga aziz.

Kelishiklar 


Kelishik 
affiksi 
So‘roqlari
Gapdagi vazifasi 
bosh kelishik 

kim? nima? qayer? 
ega, kesim, sifatlov-
chi, undalma, atov gap 
qaratqich 
klishigi 
-ning 
kimning? 
nimaning? 
qayerning? 
qaratqich aniqlovchi 
tushum kelishigi 
-ni 
kimni? nimani? 
qayerni? 
vositasiz to‘ldiruvchi 
jo‘nalish 
kelishigi 
-ga 
kimga? nimaga? 
qayerga? 
vasitali to‘ldiruvchi, 
o‘rin, payt, sabab holi 
o‘rin-payt 
kelishigi 
-da 
kimda? nimada? 
qayerda? 
vositali to‘ldiruvchi, 
o‘rin, payt, sabab holi 
chiqish kelishigi 
-dan 
kimdan? nimadan? 
qayerdan? 
vositali to‘ldiruvchi, 
o‘rin, payt, sabab holi 24


Download 250.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling