O’zbekiston Respublikasi Oliy Va Maxsus Ta’lim Vazirligi


Download 250.95 Kb.
bet8/13
Sana19.06.2023
Hajmi250.95 Kb.
#1599962
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Zamir (6)

Egalik kategoriyasi
Muayyan narsaning uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini
anglatuvchi umumiy ma’nolar va ularni ifodolovchi shakllar tizimi 
egalik kategoriyasi deyiladi. Tegishlilik, egalik ma’nosini ifodalash 
uchun xizmat qiladigan affikslarni esa egalik affikslari deymiz. Egalik 
affikslari grammatik shaxs ma’nosi bilan birga son ma’nosini ham 
ifodalaydi. Masalan: kitob+im, kitob+ing, kitob+i, kitob+imiz, 
kitob+ingiz, kitob+i so‘zlaridagi –im,- ing,-i,-imiz,-ingiz,-i affikslari 
o‘zakdan anglashilgan narsaning 1,2,3-shaxsga, ya’ni so‘zlovchi, 
tinglovchi va o‘zgaga tegishli ekanini ifodalash bilan bir qatorda, 
mazkur narsaning bitta yoki bir necha shaxsga qarashliligini ham 
bildiradi. Demak, egalik affiksidan anglashilgan birlik va ko‘plik 
tushunchasi narsaga emas, balki so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga kabi 
grammatik shaxslarga dahldor bo‘ladi. 22

Egalik affikslari unli va undosh bilan tugagan so‘z va so‘z 
shakllariga qo‘shilib kelishiga ko‘ra ikki xil variantga ega bo‘ladi: 

Shaxslar 


Bir shaxsga tegishli 
Ko‘p shaxsga egishli 
Unlidan 
so‘ng 
Undoshdan 
so‘ng 
Unlidan 
so‘ng 
Undoshdan 
so‘ng

1- shaxs 
(so‘zlovchi) 
olma+m 
kitob+im 
olma+miz 
kitob+im

2- shaxs 


(tinglovchi) 
olma+ng 
kitob+ing 
olma+ngiz 
kitob+ing 

3- shaxs 


(o‘zga) 
olma+si 
kitob+i 
olma+si 
kitob+i 

Egalik affikslar ot va otdan boshqa so‘zlar bilan qo‘llanganda 


quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:

1. O‘zakka egalik qo‘shimchalari qo‘shish bilan tovush tushishi, orttirilishi 


yoki o‘zgarishi mumkin: og‘iz+im=og‘zim, bo‘yin+im=bo‘ynim, obro‘obro‘+y+im, parvo+y+im, o‘rtoq+im-o‘rtog‘im,eshik+im-eshigim.
Ba’zi so‘zlarga egalik affiksi qo‘shaloq qo‘shiladi: bun+i+si, qay+si+si, singl+i+si 



2. Egalik affiksining 1,2- shaxsi asosdan anglashilgan narsa va 
belgini faqat kishilarga nisbatlaydi. 3-shaxs orqali esa asosdan 
anglashilgan narsa va belgi kishilardan boshqa narsalarga ham 
nisbatlanadi: Mening ko‘ylagim, sening ko‘ylaging, uning ko‘ylagi, 
dalaning havosi, qushlar ovozi kabi. 



Egalik qo‘shimchalari otdan boshqa so‘zlarga qo‘shilib keladi:
o‘qishing, hammang, qahramonim,qanaqasi, o‘qiganim, oqi, qorasi 
kabi. Barchasi, beshovi kabi so‘zlar tarkibida ular betaraf xususiyatga 
ega bo‘ladi. Kishilik olmoshlari esa egalik qo‘shimchasini qabul 
qilmaydi.
4. Egalik qo‘shimchalari o‘zi qo‘shilgan so‘zning boshqa so‘z bilan 
bog‘lanishida ishlatiladi. Bu vaqtda egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan 
so‘z qaratqich kelishigi bilan aloqaga kirishadi. Biroq, egalik affiksi 
o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik vazifasini ko‘rsatmaydi: mening 
kitobim, sening kitobing kabi. Agar qaratqich kelishigidagi so‘z 
ko‘plikdagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, qaralmishda egalik affiksi 
qo‘llanmasligi ham mumkin: bizning xonadon, bizning oila kabi.



5. Egalik affiksini olgan ot yoki otlashgan so‘z ba’zan chiqish 
kelishigidagi so‘z bilan ham bog‘lanishi mumkin. Bunda egalik 
shaklidagi so‘z ko‘pincha otlashgan so‘zlardan bo‘ladi: tanishlardan 
bittasi, Mehmonlardan kattasi. 

6. Egalik affiksi bosh kelishikdagi so‘z bilan birikib, izohlovchi-
izohlanmishli birikma hosil qilishi mumkin: Zarafshon daryo+si, chet 
tillar institut+i, sut kombinat+ii. 



7. Odatda, ot va otdan boshqa so‘zlarga avval ko‘plik affiksi, keyin 
egalik affiksi qo‘shiladi.Egalik affiksidan so‘ng kelishik affiksi 
qo‘shilishi mumkin: kitob+lar+im+dan, yaxshi+lar+i+ga. Egalik 
affikslarini olgan qarindoshlik, yaqinlik ma’nosidagi otlar hurmat 
ma’nosini ifodalaganda esa, o‘zakka avval egalik keyin ko‘plik affiksi 
qo‘shiladi: dada+m+lar, uka+m+lar kabi. 



8.Egalik affikslari ba’zi so‘zlar tarkibida grammatik ma’nosini 
yo‘qotib, o‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birga boshqa turkumga ko‘chishi 
mumkin: ertasi, kechasi (ravish) chamasi, yaxshisi (modal so‘z).

Egalik affikslarining omonimiyasi va sinonimiyasi. Egalik 


kategoriyasiga xos 1, 2-shaxs affikslari so‘z yasovchi va so‘z 
o‘zgartuvchi ba’zi qo‘shimchalar bilan shakldoshlik hosil qiladi:

a) egalik va ot yasovchi qo‘shimchalar: bola+m, olma+m || chida+m, 


to‘pla+m;

b) egalik va tuslovchilarning 1-shaxsi va ot yasochi 


qo‘shimchalar: ota+m, aka+m || keldi+m, yozdi+m || to‘pla+m, 
bog‘la+m;

v) egalik va tuslovchilarning 2-shaxsi hamda ot yasovchi 


qo‘shimchalar: ona+ng, kitob+ing || o‘qi+ng, yoz+ing || yiri+ng; 

g) egalik affiksining 2-shaxs birligi va qaratqich kelishigining men, sen 


olmoshlariga qo‘shiladigan –ing shakli o‘zaro omonim bo‘ladi: 
kitob+ing || men+ing, sen+ing.

Egalik yoki –niki affiksi qo‘shilib kelgan so‘z ot kesim vazifasida 
ishlatilganda sinonimik munosabatda bo‘lishi mumkin: Bu- mening 
kitobim || bu kitob- meniki. Biroq bunday holda egalik affikslari o‘zi 
qo‘shilib kelgan otning shaxs va sonini ko‘rsata olish xususiyati bilan 
qarashlilik shaklidan farqlanadi. 




Download 250.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling