O’zbekiston Respublikasi Oliy Va Maxsus Ta’lim Vazirligi
Download 250.95 Kb.
|
Zamir (6)
-lar I. Kitoblarim - bunda aynan ko‘plik, hurmatga betaraflik mavjud.
-lar II. Otamlar - bunda III shaxs birlikka aynan hurmat, ko‘plikka betaraflik mavjud. Hurmatning ma’no xususiyati esa boshqa kesimlilik ma’nolari - shaxs, son, zamon, mayllardan farq qilishi ko‘rsatiladi: hurmat II va III shaxs shakllari uchun mushtarak hisoblanadi. Otangiz (otanglar) – otaga hurmat, akangiz (akanglar) – akaga hurmat; onalari 90 bahorni ko‘ribdilar – onaga hurmat; buvimlar keldilar – buviga hurmat (III shaxs birlikka hurmat) buvilarim kelishdi - III shaxs ko‘plik – “2 ta buvi kelgan”. Hurmat kategoriyasi vositalarining qo‘llanishida ijtimoiy omil muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy omilning asosiy belgisi nutq jarayoni, imkoniyati, sharoiti, vaziyati va vaqti kabilardir. Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida hurmat ma’nosi - kategoriya, ya’ni kategoriya hosil qiluvchi ma’no deb qaralmoqda. 1990 yilda G‘.Zikrillaev tomonidan hurmat dastlab fe’lga xos kategoriya sifatida o‘rganilib, uning semantik-funksional xususiyati, ya’ni mazmuni, qo‘lla-nishi va yasalishi tahlil qilinadi. G‘.Zikrillaev “II va III shaxsda subyekt-ning kommunikativ roli hamda miqdorini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha ayni paytda hurmat ma’nosini ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Shu paytgacha hurmat kategoriyasi ajratilmaganidan ular shaxs-son qo‘shimchasi deb kelinar edi” deb ta’kidlaydi. Ammo G‘.Zikrillaev hurmat ma’nosini faqatgina fe’llarga xos shaxs, son kategoriyalari doirasida o‘rganish bilan cheklangan10. 1991 yilda hurmat ma’nosining olmoshlar doirasida ifodalanish xususiyatlari haqida B.Yusupov o‘zining “Mestoimeniya v starouzbekskom literaturnom yazike” (XV-XVI vv.) monografiyasida qimmatli fikrlarni bayon etadi. Bundan tashqari, hurmat semasining olmoshlar bilan bog‘liq jihatlari haqida 1969 yilda K.E.Maytinskaya turli tizimdagi tillarda olmoshning qo‘llanishi haqida fikr bildirgan. 1980 yilda M.S.Uzina esa fors tilida ayrim olmoshlarning hurmat ifodalashi haqida to‘xtalgan. 2003 yilda yozilgan D.Hakimovning “Siz va sen olmoshlarining leksik-semantik xususiyatlari” maqolasi o‘zbek tilida hurmat ma’nosining olmoshlar vositasida ifodalanishi haqidagi mavjud fikrlarni to‘ldiradi. Yuqoridagilarni xulosalab, shuni aytishimiz mumkinki, “Hurmat kategoriyasining lisoniy-nutqiy voqelanish omillari va ifodalanish usullari” masalasi shu kun o‘zbek tilshunosligidagi fundamental tarzda, yaxlit holda o‘z ilmiy tadqiqini kutayotgan muammo edi. Hurmat – ko‘p qirrali, keng qamrovli ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, ruhiy-mantiqiy, diniy-axloqiy, tarixiy-madaniy qirralarni o‘zida mujassamlashtirgan lisoniy tushuncha; muayyan kategoriya sifatida u yoki bu fan nuqtai nazaridan maxsus o‘rganilmagan ammo, hurmat va hurmat munosabatlari o‘z uzoq tarixiga ega. Bu muammo bilan o‘rta asr musulmon Sharqi mutafakkirlari insoniy fazilatlar, komillik xususan, hurmat, siylov, e’zozlash munosabati haqida o‘z asarlarida to‘xtalganlar. Masalan, Kaykovusning “Qobusnoma”, Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul qulub”, Amir Temurning “Temur tuzuklari” kabi asarlarida hurmat va hurmat munosabatlari haqida fikrlar bildirilgan. Binobarin, “Kattaga hurmat – farz, kichikka hurmat qarz” kabi o‘nlab hikmatlar tilimizda asrlar osha qo‘llanib kelmoqda. Hurmat kategoriyasining o‘rganilish tarixi esa, hurmat formasini tadqiqi bilan o‘tgan asrning 40-yillaridan boshlangan. Bu o‘rinda hurmat va qadriyat uchun mazkur kategoriyani o‘rganilishi otaxon tilshunoslarimizdan A.G‘. G‘ulomov nomi bilan bog‘liq desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Ma’lumki, munosabatni tilda ifodalovchi vositalar modallik kategoriyasida birlashadi. Insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabat- larning azal – azaldan ijobiy va salbiy turlari mavjud. Ijtimoiy – ijobiy munosabatlarning barchasi zaminida u yoki bu darajada hurmat mazmuni mujassam. Barcha xildagi munosabatlar kabi ijtimoiy munosabatlar ham insonlar tili orqali nutqida reallashadi. Nutq shu tilda so‘zlashuvchi insonlarning ruhiyati, ma’naviy dunyoqarashi, madaniyati kabi jihatlarini o‘zida aks ettiradi. Hurmat – ijtimoiy – ijobiy hodisa sifatida til orqali ifodalanar ekan, uni lisoniy kategoriya deb atash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Binobarin, hurmatning kategoriya sifatida modal munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lishi uning umumiy jihati, hurmat va u bilan bog‘liq sizlash, sizsirash, e’zozlash, ulug‘lash, e’tibor berish kabi ma’nolarni ifodalashi esa xususiy jihat hisoblanadi.11 Hurmatning lisoniy kategoriya sifatida o‘ziga xos uch tomoni mavjud: mazmun, shakl – tasvir vositalari, ifoda usullari. Mazmun jihati: - Jamiyatdagi ijobiy – ruhiy – lisoniy voqelikni aks ettirishi; - Hurmatlash va sizlash hodisalarini voqelantirishi; - Muomala odobida namoyon bo‘lishi. Hurmat ma’nosi ifodalanishining lisoniy va nolisoniy vositalari: Hurmat ma’nosini ifodalovchi morfologik birliklarning mavjudligi, uning morfologik kategoriya ekanligini tasdiqlaydi: affikslar: -lar, -ngiz, -ingiz, -im, -m, -gina + - m, -sh, - y, - z, - cha kabi; affiksoidlar: - xon, - jon, - oy, - voy, - iy + - zor, -bonu, - poshsha, – bibi, – nisa, - bek kabi. Bu morfologik vositalarning barchasida hurmat ma’nosi mavjud. Hurmat ma’nosini ifodalovchi leksemalarning mavjudligi, uning leksik – grammatik qirralari (belgilari) borligini ko‘rsatadi. Hurmatli, muhtaram, mo‘tabar, aziz, e’tiborli kabi leksemalarda hurmat mazmuni mujassam bo‘ladi. Hurmat ma’nosini ifodalovchi frazeologik birliklar, gaplar – maqol va matal ko‘rinishida o‘zbek tilida mavjudligi tilimizning hurmat ma’nosini ifodalovchi tasvir vositalarga boy ekanligidan dalolat beradi. Ifoda usullari jihati: Hurmat ma’nosining morfologik vositalar yordamida ifodalanishi hurmat ma’nosi voqelanishining morfologik usulidir.12 Hurmat ma’nosining leksik vositalari orqali ifodalanishi hurmat ma’nosi voqelanishining leksik – semantik usulidir. Hurmat ma’nosining frazeologizmlar, maqol va matallar yordamida ifodalanishi hurmat ma’nosi voqelanishining sintaktik – stilistik usulidir. Ko‘rinadiki, hurmat – lisoniy – nutqiy hodisa sifatida o‘z ifoda usullariga va tasvir vositalariga ega bo‘lgan, mustaqil leksik – grammatik kategoriyadir. Hurmat ma’nosining mavjud bo‘lishi va uning taraqqiy etishi mazkur kategoriya oppozitsiya jihatiga ega ekanligini ham ko‘rsatadi. Tildagi ijobiy va salbiy hodisalar oppozitsiyasi, ayniqsa hurmatlilik va hurmatsizlik, sizlash va senlash, e’tiborlilik va mensimaslik, ulug‘lash va kamsitish kabi zidlash hodisalari mazkur kategoriyani voqelantiruvchi omillardan sanaladi. Bir kategoriyada bo‘lish borliqning har qanday unsuri uchun, xususan til birligi uchun ham yashash shartidir. Ma’lumki, borliqdagi har bir narsa – predmet, voqea – hodisa, belgi – tushuncha, harakat va holatlar muayyan o‘ziga xos belgilari bilan alohida ajralib turadi. Shu bilan birga bu jihatlarga ko‘ra boshqa narsa – hodisalardan farqlanadi. Bu xususiyat ularning mustaqil kategoriya bo‘lish yo boshqa bir kategoriyaga birlasha olish imkoniyatiga ega ekanligni ko‘rsatadi. O‘zbek tilshunosligida kategoriya haqidagi bayon qilingan so‘nggi fikrlar ham bu fikrimizni tasdiqlaydi. Hurmat kommunikatsiyada (ijtimoiy – aloqa aralashuvda, fikrla-shuvda, so‘zlashuvda, monologik va dialogik nutqlarda, madaniy-ma’rifiy, axloqiy-huquqiy, ruhiy-hissiy kabi munosabatlarda) muloqot xulqi tarzida voqelanadi. Hurmat nutqi xilma-xil mazmuniy-vazifaviy yo‘nalishlarga ega. 13 Ma’lum bo‘ladiki, hurmat ijtimoiy-lisoniy hodisa bo‘lib, ijtimoiy yo‘nalishdagi qadriyat, mehr-oqibat, sevish-sevilish, nafosat, obro‘-e’tibor, sadoqat, samimiyat, do‘stlik, birodarlik, bag‘rikenglik, adlu insof, diyonat, odillik, or-nomus, iffat, hayo kabi xislatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Insoniy hurmat (kishilarning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan e’tiborlari) murg‘ak chaqaloqning qulog‘iga azon aytishdan, uni ardoqlashdan, erkalashdan, mehr qo‘yish katta e’tibor bilan qarashdan boshlanib, do‘stlashish, sevish, qadrlash, obro‘ qozonish, buyuk xizmatlari uchun e’zozlanish darajalariga ko‘tarib, nihoyat rozi-rizolik tilash odobi (udumi) bilan tugallanadi. Bu jihatdan hurmat - ilm-odob, sodiqlik, ishonch va go‘zallik timsoli. O‘zbek tilining ikki jildlik izohli lug‘atida hurmat so‘ziga quyidagicha ta’rif berilgan. Hurmat - kimsa yoki narsa qimmatini tushunib, uni qadrlash, ulug‘lash, e’zozlash tuyg‘usi; e’zoz, ehtirom. O‘z kasbiga bo‘lgan hurmat Vatanga hurmat. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘l (Maqol).
Hurmatni bunday ikki yo‘nalishda ta’riflash uning mohiyatini aniqlash uchun, ilmiy tadqiqot uchun, o‘quv-o‘qituv uchun muhimdir. Bu usul uning nozik qirralarini aniqlashga yordam beradi. Aslida hurmat-jamiyat va tabiatdagi (borliqdagi) hodisalarga nisbatan ijobiy munosabat ma’nolarini: e’zozlash, ulug‘lash, qadrlash, e’tibor berish yo‘sinidagi ma’nolarni o‘zida mujassamlashtirgan yaxlit bir tushunchadir; maqtov hissiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan ma’nan turlicha, shaklan xilma-xil ijobiy munosabatni ifodalovchi atamadir. Masalan: hurmat taxtasi kabi. Kishilarning borliq hodisalariga, eng avvalo, odamlarga bo‘lgan barcha ijobiy munosabatlari (fikri, so‘zi, tuyg‘usi...) muloqot hulqi, muloqot odobi, muloqot madaniyati (so‘z boyligi, nutqining nafis va go‘zalligi…), muloqot fazilatlari (muomala odoblari, xush fe’llik, shirinsuxanlik, mayinlik, muloyimlik kabi) ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mazkur tizim zaminida hurmat nutqi yotadi. Demak, hurmat kategoriyasi barcha lisoniy-nutqiy qirralari bilan HURMAT NUTQI kechimida voqealanadi: axloqshunoslikda muloqot hulqi yetakchi o‘rinni tutsa, insonshunoslikda hurmat nutqi (odobi, madaniyati, axloqi, go‘zalligi...) asosiy o‘rin egallaydi va alohida hurmat tizimini – hurmat so‘zlari turkumini tashkil etadi. Biroq hurmat nutqi tushunchasi keng ma’noda bo‘lib, hurmat kategoriyasi tushunchasini ham o‘z ichiga oladi. Qo‘limizdagi dalillar, turli janrlardan to‘plangan misollar hurmat kategoriyasi mavzusi alohida (mustaqil) ilmiy tekshirish muammosi ekanini ko‘rsatmoqda. Hurmat ma’nosining ifodalanish jarayonini o‘rganish, unga ta’luqli hodisalarni umumlashtirish, boshqa lisoniy – nutqiy hodisalardan farqlash maqsadida hurmat nutqini o‘rganish lozim ko‘rinadi. “Hurmat nutqi” so‘z birikmasi hurmat kategoriyasiga xos atov birligi, nutqiy birlik – atama sifatida qo‘llanildi. Download 250.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling