O’zbekiston Respublikasi Oliy Va Maxsus Ta’lim Vazirligi
Download 250.95 Kb.
|
Zamir (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. O’zbek tilshunosligida hurmat ma’nosining o’rganilishi MONOGRAFIYA
Otning hurmat formasi. Otning hurmat formasi –lar affiksi yordamida yasaladi: dadamlar, amakimlar kabi: Davdam akamlarni kuzatib uyga kirganlarida soat birga yaqinlashib qolgandi. Hozirgi o‘zbek tilida –lar ko‘plik ifodalovchi affiks sifatida son kategoriyasining birlik formasiga qarama-qarshi bo‘lgan ko‘plik formasini yasaydi. Xurmat ifodalovchi affiks sifatida esa funktsional forma hosil qiladi. Xurmat ifodalovchi affiks sifatida esa funktsional forma hosil qiladi. Mustaqil forma sifatida –lar affiksi yordamida yasaluvchi xurmat formasi ko‘plik formasidan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: Bizga ma'lumki, ot turkumiga oid so‘z nutqimizda doim son va kelishik formasida bo‘ladi: Delegatlarni kutib oldik, gapida delegat so‘zi ko‘plik va tushum kelishigi formasida. Ammo egalik formasiga ega emas. Xurmat formasidagi ot esa hamma vaqt egalik formasida bo‘ladi.
Qiyoslaymiz: kitoblar kitobning ko‘pligi (xurmat ifodalanmagan), kitoblar – ko‘plik yoki xurmat: a) o‘quvchilarning kitoblari (ko‘plik); b) akamning kitoblari (hurmat). Hurmat bildiruvchi –lar so‘zga egalik affiksidan so‘ng, ko‘plik ko‘rsatgichi –lar esa undan oldin qo‘shiladi: ukamlar (hurmat), ukalarim (ko‘plik). Faqat uchinchi shaxsda egalik affiksi xurmat bildiruchi -lar affiksidan so‘ng qo‘shiladi. 1.2. O’zbek tilshunosligida hurmat ma’nosining o’rganilishi MONOGRAFIYA (mono… va… grafiya) — muayyan mavzu yoki muammoni, biror olim yoki yozuvchi hayoti va faoliyatini atroflicha, chuqur tadqiq etuvchi ilmiy asar. misoli da yoritilayotgan masala boʻyicha mavjud adabiyot umumlashtiriladi va tahlil etiladi, fanni rivojlantirishda yordam beradigan faraz va xulosalar ilgari suriladi4 Monografiya tilshunoslikning qiziqarli hamda dolzarb masalalaridan birini tadbiq etishgabag‘ishlangan.5 Monografiyaning ilmiy– nazariy yangiligi hurmat ma’nosining voqelanish omillari , imkoniyatlari va vaziyatlarini aniqlash, hurmat kategoriyasining voqelanishida hurmat va hurmatsizlik oppozitsiyasi masalasining o‘rgani-lishi , hurmat ma’nosining genetik jihatdan tasniflanib, asliy hurmat va nisbiy hurmat kabi turlariga ajralishi “hurmat nutqi” iborasini hurmat kategoriyasiga xos atov birligi, nutqiy birlikni atama sifatida qo‘llanib , hurmat nutqining o‘ziga xos xarakterli xususiyatlarini o‘rganilishi hamda hurmat ifodalovchi morfologik, leksik – semantik , sintaktik – stilistik vosita va usullarning atroflicha tahlil qilinishida ko‘rinadi. Hurmat kategoriyasi ijtimoiy-lisoniy mohiyat kasb etadi. Uning umumiy va xususiy, lisoniy va nutqiy jihatlarini o‘rganishdan hosil qilingan xulosalar va to‘plangan materiallar o‘zbek tili leksikologiyasi, morfologiyasi, sintaksis va uslubshunosligi uchun muhim manba bo‘la oladi. Monografiya tilshunos mutaxassislar, aspirantlar va oliy o‘quv yurtlarining filologiyatalabalariga mo‘ljallangan. Milliy istiqlolga erishilgani tufayli mamlakatimizda ijtimoiy harakatlar avj olib, millat hayotidan birinchi darajali ahamiyatga molik... yangi faoliyat maydonlari ochildi. Ma’naviyat harakat ko‘nikmasiga, yaratish ko‘nikmasiga aylanganidagina buyuk va qudratli qimmatga ega bo‘ladi. Istiqlol uchun ishlaydigan odam avvalo til uchun ishlaydi. «Fikrlash tarzimizni mustaqillik ruhiga moslashtirish, bir yoqlama tor fikrlashdan voz kechish - bugungi Ma’naviy Tiklanish davrimizning eng muhim masalalaridan biridir». Ushbu teran mazmunli, chuqur mantiqli fikrlar bevosita ilm-fanga, shuningdek, filologiya soha-siga ham aloqadordir. O‘zbek tilshunosligidagi bugungi kunda yaratilayotgan qator tadqiqotlar, izlanishlar aynan shu talablardan kelib chiqadi. O‘zbek tilida hurmat ma’nosi va uning ifodalanish xususiyatlarini har tomonlama tadqiq etish shu yo‘ldagi izlanishlardan biridir.
Hurmat kategoriyasi – ijtimoiy-lisoniy (sotsiolingvistik) hodisa bo‘lib, lisoniy-nutqiy, semantik-grammatik va uslubiy-intonatsion jihat-dan o‘z ifodalanish usul va vositalariga, voqelanish omil va imkoniyat-lariga ega bo‘lgan muhim va murakkab, e’tiborga loyiq kategoriyadir. Shu ma’noda o‘zbek tilida hurmat ma’nosini yuzaga keltiruvchi nutqiy-lisoniy omillarni o‘rganish, vosita va usullarni tadqiq etish muammosi ishi-mizning dolzarbligini belgilaydi.6 Shu kunga qadar o‘zbek tilshunosligida hurmat ma’nosi alohida, mustaqil kategoriya sifatida o‘rganilmagan. Ayrim tilshunoslar, jumladan, A.G‘ulomov, Sh.Rahmatullaev ba’zi morfologik birliklarning, xususan, -lar ko‘plik affiksining hurmat ifodalash jihatlari haqida to‘xtalganlar4. Hurmat ma’nosining egalik affikslari vositasida ifodalanishi mumkinligi haqida N.K.Dmitriev, E.V.Sevortyan, A.N.Kononov, F.Abdullaev, K.Nazarov kabi olimlar fikr bildirganlar. A.Hojiev, S.Usmonov, R.Qo‘ng‘urov, Yo.Tojiev, R.Ikromova kabi olimlar esa hurmat ma’nosini modal ma’no ifodalovchi ayrim vositalar qatorida sanab, “modal forma”, “sub’ektiv baho formasi”, “kichraytirish-erkalash vositalari” kabi atamalar bilan atashgan. To‘g‘rirog‘i, hurmat ifodalovchi morfologik vositalar boshqa kategoriya vositalari bilan qorishiq holda o‘rganildi. G‘.Zikrillaev esa buni fe’l so‘z turkumi doirasida shaxs-son kategoriyasiga bog‘lab o‘rgangan. H.Hojieva hurmat ma’nosi tadqiqiga semantik maydon nazariyasi asosida yondashib, uning ayrim umumiy jihatlariga to‘xtalgan. Bu tadqiqotlarning barchasida hurmat ma’nosining ifodalanishiga xos xususiyatlarning ayrim jihatlari qisman o‘rganilgan. Binobarin, hurmat ma’nosi voqelanishining lisoniy-nutqiy omillari, ifodalanish usullari va vositalariga xos xususiyatlarni mustaqil leksik-grammatik kategoriya tarzida o‘rganish o‘z tadqiqotini kutayotgan masala edi. Ushbu monografiya mazkur muammoning ilmiy-amaliy yechimiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotdir.7 Mazkur monografiyaning asosiy maqsadi o‘zbek tilida hurmat ma’nosining ifodalanish usullari, ijtimoiy-lisoniy voqelanish qonuniyatlari va tasvir vositalarini aniqlash, jamlash, umumlashtirish, tavsiflash hamda ularning qo‘llanishidagi lisoniy-nutqiy shakllar, tuzilish va vazifalarni tahlil qilishdan iborat. Monografiyada ijtimoiy-lisoniy hodisa sifatida shakllanuvchi (voqelanuvchi) hurmat ma’nosi ilk bor leksik-grammatik kategoriya sifatida tadqiq etildi. Hurmat ma’nosining voqelanish omillari, imkoniyatlari va vaziyatlari aniqlandi. Hurmat kategoriyasining voqelanishida hurmat-hurmatsizlik oppozitsiyasi masalasi o’rganildi. Hurmat ma’nosi genetik jihatdan tasniflanib, asliy va nisbiy hurmat turlariga ajratildi. Hurmat kategoriyasining ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy-huquqiy va lisoniy-axloqiy jihatlariga ham alohida e’tibor berildi. Hurmat nutqining mazmuniy-vazifaviy yo‘nalishiga ko‘ra turlari aniqlandi hamda hurmat ifodalovchi morfologik, leksik-semantik, sintaktik-stilistik usullar aniqlandi. Hurmat kategoriyasini tashkil etuvchi vositalar yig‘ilib, ularning tuzilishi, ma’nosi, vazifasi va shakllari tahlil qilindi. Ma’lumki, grammatikada so‘z shakli va ularning birikish qonuniyat-lari o‘rganiladi. Demak, grammatika o‘zaro uzviy bog‘langan morfologiya va sintaksisdan tashkil topadi va so‘z uning tayanch unsuri sanaladi. Shuningdek, an’anaviy tilshunoslikda grammatikaning tayanch unsuri sifatida kategoriya ham tushuniladi: egalik kategoriyasi, ko‘plik katego-riyasi, shaxs-son kategoriyasi, kesimlilik kategoriyasi, modallik kategoriyasi kabi v.h. Kategoriya muayyan ma’no va shakllar tizimidan iborat bo‘lib, gram-matika tarkibiga kiradi va kengroq tushunchani bildiradi. Chunki, kate-goriya keng ma’noda fonetik, leksik yoki semantik hodisalar tizimidan ham tashkil topishi mumkin. Kategoriya tushunchasi (atamasi) murakkab bo‘lib, boshqa fan sohalarida ham uchraydi. Shuningdek, kategoriyalar mohiyati jihatidan o‘zaro farqlanadi, ifodalanish usuli, tasvir vositalariga ko‘ra bir-biriga o‘xshamaydi. Masalan, kelishiklar tizimi sof grammatik kate-goriya sanaladi, unlilar tizimi – fonetik, so‘z yasovchi affikslar tizimi – leksik-grammatik, hurmatlash, sizsirash hodisalari ijtimoiy-lisoniy kategoriya hisoblanadi. Kishilik jamiyati mavjud ekan, insonlar o‘rtasida turli xil ijtimoiy munosabatlar bo‘ladi. Tabiiyki, bu munosabat, shubhasiz, ular tilida o‘z ifodasini topadi. O‘zbek tili ham bundan holi emas. Kishilar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar turli ko‘rinishlarda tilning barcha sathlarida o‘z ifoda shakllariga ega bo‘ladi.8 Tadqiqotimizda hurmat kategoriyasining lisoniy-nutqiy xususiyati ya’ni, uni ifodalovchi vositalarning tuzilishi, mazmuni, vazifasi va qo‘l-lanishi jihatlari bir tizimda birlashtirilib, uzvli (komponent), matniy (kontekstual) tahlil usullaridan foydalanilgan holda tahlil etiladi. Hurmat ma’nosini ifodalovchi nolisoniy vositalar deb tabassum bilan qarshi olish, yugurib kelib, tikka turib egilib ta’zim qilish, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salom berish kabi hurmat xulqi (odobi) ko‘rinishlari tushuniladi. Hurmat ma’nosini ifodalovchi lisoniy va nolisoniy vositalar orqali hurmat ma’nosining ifodalanish darajasi qo‘llanish doirasi bir xil bo‘lmaydi. Vositalarning tuzilishi, vazifasi, ma’no xususiyatlariga qarab, ularning hurmat kategoriyasidagi mavqei, hurmatni ifodalash darajasi aniqlanadi. O‘zbek tilida hurmat ma’nosini ifodalovchi vositalarning tuzilishi, vazifasi, semantik xususiyatlari va qo‘llanish jihatlarining tahlili hurmat ma’nosi lisoniy va nutqiy vositalarga ega bo‘lgan ijtimoiy-ijobiy sub’ektiv ma’no ekanligini ko‘rsatadi.
Shu o‘rinda hurmat kategoriyasining o‘rganilish tarixiga nazar tashlasak, kategoriyani turlicha tushunish oqibatida bo’lsa kerak hurmat ma’nosi, sizsirash hodisasi ko‘pchilik tillarda alohida kategoriya sifatida o‘rganilmagan; hurmat ma’nosini ifodalovchi vositalari esa boshqa unsur-lar (masalan: modallikni ifodalovchi unsurlar) qatoriga qo‘shib yuborilgan. Yapon tilida hurmat kategoriyasi ikki xil ifodalanishi ta’kidlangan. Bu haqda V.M.Alpatovning quyidagi fikrlari ahamiyatga molik: “Birinchisi “adressativ” kategoriya, bunda so‘zlovchining suhbatdoshga, ikkinchisi “go-norativ” kategoriya so‘zlovchining suhbatida so‘z borayotgan o‘zga shaxsga nis-batan ijobiy munosabatini ifodalaydi. Har qaysi kategoriya o‘z ifoda-lanish shakli va tizimiga ega: adressativ kategoriya shakllari fe’l, pre-dikativ sifat va bog‘lama ko‘rinishida; gonorativ kategoriya shakllari esa barcha mustaqil so‘z turkumlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Adressativ kategoriyada adressativ va noadressativ, gonorativ kategoriyada betaraflik va kamtarlik bildiruvchi shakllar o‘zaro ziddiyat hosil qiladi. Betaraf shakllar ham hurmat, ham kamtarlik ifodalay oladi. Bu shakllarning maxsus qo‘shimchasi yo‘q”. 1944 yil A.G‘ulomov o‘zbek tilida hurmat ma’nosi ifodalanishi haqida birinchilardan bo‘lib fikr yuritib, hurmat ma’nosi otning ko‘plik qo‘shimchasi bilan ifodalanishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tgan. O‘tgan asrning 50-60 yillarida hurmat ma’nosining ayrim morfologik vositalar, jumladan, egalik affikslari vositasida ifodalanishi mumkinligi haqida N.K.Dmitriev, E.V.Sevortyan, A.N.Kononov, Yo.G‘.G‘ulomov, F.Abdullaev, K.Nazarov kabi olimlar ham o‘z asarlarida yo‘l-yo‘lakay to‘xtalib o‘tganlar. S.Usmonov, A.Hojiev, R.Qo‘ng‘urov, Yo.Tojiev kabi olimlar esa hurmat ma’nosini ifodalovchi ayrim sintetik vositalarni modal ma’no ifodalovchi vositalar qatorida sanab, “modal forma”, “sub’ektiv forma bahosi”, “kichraytirish-erkalash vositalari” kabi atamalar bilan atashgan. To‘g‘rirog‘i, hurmatni ifodalovchi morfologik vositalarni boshqa kategoriya vositalari bilan qorishiq holda o‘rganishgan.9 1973 yilda Sh.Rahmatullaev o‘zbek tilshunosligiga “hurmat formasi” tushunchasini kiritdi: hurmat ifodalovchi -lar affiksining ko‘plik bildi-ruvchi -lar affiksidan farqlanishini ta’kidlab ko‘rsatdi. Sh.Rahmatul-laev fikricha, -lar omonim qo‘shimcha sanaladi, lekin omonim qo‘shimcha-larning umumiyligi (modal ma’no ekanligi)ga emas, balki ular o‘rtasidagi grammatik farqqa asoslanadi. Buni quyidagicha oddiy tasvirlash mumkin: Download 250.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling