O’zbekiston Respublikasi Oliy Va Maxsus Ta’lim Vazirligi


Download 250.95 Kb.
bet7/13
Sana19.06.2023
Hajmi250.95 Kb.
#1599962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Zamir (6)

1.Atoqli otlarga –lar qo‘shilganda sulola, avlod, oila, guruh, jamlik 
ma’nosi ifodalanadi: Temuriylar, Boburiylar sulolasi, Salimovlar, 
Akramovlar oilasi, Halimalar (kelishdi), Majnunu Farhodlarga arkon 
bo‘lgan Sharq. Atoqli otlarning bir turi bo‘lgan geografik nomlarga 
qo‘shilganda esa, shu joy anglatgan hududning barcha qismi 
anglashiladi: Samarqandlarni aylanmoq, Toshkentlarni tomosha 
qilmoq kabi.21

2.Mavhum otlarga -lar affiksi qo‘shilganda ma’no kuchaytiriladi: 
uyqularim qochib ketdi, ko‘ngillarim ozdi, hayollarim to‘zg‘idi kabi. 
Xuddi shunday modal ma’no asli o‘zi bitta yoki juft holda bo‘ladigan 
otlarga hamda jamlik va yakkalik tushunchalarni ifodalovchi otlarga –
lar qo‘shilganda ham ifodalanadi: ko‘zlarim achishdi, qo‘llari toldi, 
yuraklar orziqdi, sochlar to‘zg‘idi, kipriklar namlandi. 

3.Donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo‘shilganda tur, nav ma’nosi 
anglashiladi: unlar (1,2-nav ), yog‘lar (paxta yog‘i, sariyog‘, zig‘ir 
yog‘i), qumlar (qora, sariq ).

4.Qarindoshlik, yaqinlik ko‘rsatuvchi otlarga egalik 
qo‘shimchasidan keyin –lar affiksi qo‘shilganda hurmat ma’nosi 
ifodalanadi: bobomlar, akamlar, amakimlar kabi. Agar -lar affiksi 
egalik ko‘rsatkichidan avval qo‘shilsa bunday otlar ko‘plik, shuningdek, 
boshqa modal ma’nolarga ega bo‘lishi ham mumkin.

Qiyoslang: akamlar-akalarim, amakinglar-makilaring, otamlar-otalarim.
Shuningdek, hurmat ma’nosida ishlatilgan otlar bilan qaratqich kelishigi 
vositasida birikkan ba’zi narsa-buyum otlariga egalik qo‘shimchasidan 
avval –lar affiksi qo‘shilganda ham hurmat ma’nosi anglashiladi: 
Bobomlarning sovg‘alari, akamlarning ko‘ylaklari, amakimlarning 
uylari.

5. Shaxs otlariga (shuningdek, olmoshlarga) –lar qo‘shilganda, 
ba’zan piching, kesatiq ma’nosi ifodalanadi: Tojixon o‘zlaridan ibrat 
olsa, kamina kuyovlaridan ibrat olsam, turmushimiz yaxshi bo‘lib ketsa, 
ajab emas. (A. Qahhor) 

Narsaning birdan ortiqlik tushunchasi morfologik usuldan 


tashqari quyidagi unsurlar bilan ham ifodalanishi mumkin:

1) leksik- semantik usul. Grammatik jihatdan birlikda bo‘lib, mazmunan ko‘plik 
anglatuvchi jamlovchi otlar orqali: xalq, armiya, to‘da, poda

2) leksik-sintaktik usul. Son va ot turkumiga oid so‘zlarni biriktirish hamda 


takroriy otlar orqali: o‘nta kitob, uch o‘rtoq, beshta daraxt, dasta - dasta 
gul, qop - qop un, ombor-ombor g‘alla kabilar. Narsaning birdan 
ortiqligini qayd etilgan vositalar yordamida ifodalash mumkin bo‘lsa-da, 
otning morfologik ko‘pligi birgina –lar affiksi orqali shakllanadi. Unga 
(oppozetiv) qarama-qarshi bo‘lgan grammatik shakl esa birlik 
hisoblanadi.
Otdan boshqa so‘zlarda son. Grammatik son kategoriyasi 
otdan boshqa so‘z turkumlarga ham xos bo‘lib, ular ham birlik va 
ko‘plikda ishlatilishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Ayni paytda son 
kategoriyasi bilan qo‘llanadigan so‘zlar ot o‘rnida ishlatilishi va 
otlashishi jihatidan ikki guruhni tashkil qiladi. 

1.Bevosita ot o‘rnida qo‘llaniladigan ot tipli (bunday so‘zlar ism 
guruhi deb nomlanib, ularga mustaqil so‘zlardan ot, sifat, son, olmosh 
kabilar va fe’lning harakat noni shakli kiritiladi) so‘zlarning birlik va 
ko‘plikda ishlatilishi quyidagicha o‘ziga xos belgilarga ega. Xususan, 
ism guruhiga mansub Men, hech kim, hech nima va o‘z olmoshlari har 
doim birlikda ishlatiladi. Fe’lning harakat nomi shakillari ham, asosan, 
birlikda ishlatiladigan so‘zlardandir. Olmoshning boshqa turlari birlik va 
ko‘plikda ishlatilishi mumkin: Sen-senlar, u-ular, biz-bizlar, siz-sizlar, 
kim-kimlar, har nima-har nimalar kabi. Bu olmoshlardan ba’zilariga –
lar affiksi qo‘shilganda ular turli ma’no nozikliklarga ega bo‘ladi: Sen 
olmoshiga –lar qo‘shilganda tinglovchi va boshqalarga murojaat yoki 
tinglovchini kamsitish, mensimaslik ma’nosi yuzaga keladi: Senlarga 
gapirayapman! O‘zlik olmoshiga –lar qo‘shilganda esa piching, kesatiq 
ma’nosi anglashiladi: O‘zlari qadam ranjida qilibdilar-da.

2. Ism guruhiga mansub sifat, sifat o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, 
ba’zi ravishlar va fe’lning sifatdosh shakli kabi so‘zlarga –lar affiksi 
qo‘shilganda otlashish asosida grammatik son tushunchasi yuzaga 
keladi: yaxshilar, kattalar, kichiklar, o‘shalar, shular, avvallari, 
ilgrilari, ko‘plar, o‘qiganlar, boradiganlar kabi. Miqdor sonlarga –lar 
qo‘shilgan-da taxmin-chama ma’nosi hosil bo‘ladi: Soat ikkilarda 
uchrashamiz. Ko‘plik affiksi fe’llarga qo‘shilganda birgalik nisbati hosil qiluvchi 
–sh\-ish affiksi bilan sinonim bo‘ladi: bordilar-borishdi, o‘qidilar-
o‘qishdi. 


Download 250.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling