O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
272- modda. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o’tkazish (sotish).Giyohvandlnk vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o’tkazish (sotish) mol mulki musodara qilinib, 5 yildan 10 yilgacha mahrum qilish bilan jazolanadi. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ozginadan ko’proq miqdorda qonunga xilof ravishda o’tkazish(sotish) 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki o’lim jazosi bilan jazolanadi.
273-modda. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish (sotish) maqsadini ko’zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash , egallash, saqlash va boshqa harakatlar. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish (sotish) maqsadini ko’zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash, tashish yoki jo’natish 6 oygacha qamoq yoki 10 yildan 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan ko’proq miqdorda sodir etilgan bo’lsa, mol-mulki musodara qilinib, 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar: Ilgari giyoxvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdai iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan: Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib: Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o’tash joylarida O’quv yurtlarida yoki o’quvchilar, talabalar, o’quv, sport yoki jamoat tadbirlarini o’tkazadigan boshqa joylarda. Ko’p miqdorda sodir etilgan bo’lsa, mol-mulki musodara qilinib, 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalardan, yoxud o’zganing mulki hisoblangan vosita va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan xolda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek, bunday moddalarni iste'mol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki ularni saqlab turish, shuningdek, ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismida nazarga tutilgan qilmishlar: O’ta xavfli retsidivist tomonidan: Uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, mol-mulki musodara qilinib, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarini sodir etgan shaxs o’z ixtiyori bilan aybini bo’yniga olish to’g’risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni topshirsa ,jazodan ozod qilinadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling