O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Davolash tamoyillari 3 bosqichdan iborat
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quvvatlovchi terapiya. Bemor dispanser nazoratida bo’lib, uy sharoitida davolanadi.
- Giyohvandlikni davolashning samarasi bemorning irodasi va chidamiga bog’liq.
Davolash tamoyillari 3 bosqichdan iborat:
Bemorni narkotik moddalarni istemol qilishdan qaytarish. Narkotik moddalardan halos etish bilan birga dezintoksikltsiya (zaharlanishni yo’q qilish) umumiy quvvatlovchi, stimullovchi terapiyani qo’llash. Aktiv antinarkomanik (narkomaniyaga qarshi) antitoksikomanik (toksikomaniyaga qarshi) terapiya. Uxlatish, psixoterapiya va mehnat bilan davolash usullaridan foydalanish. Quvvatlovchi terapiya. Bemor dispanser nazoratida bo’lib, uy sharoitida davolanadi. Narkomanlar davolanishni hohlasalar ham, xumorlik holati sezilib turadi. Ular irodasiz kishilar bo’lganliklari uchun narkotik moddalardan ajralib qolishlari hamda uning orqasidan keladigan o’ta og’ir sezgilarga bardosh berishdan qo’rqadilar. Kasallikni davolashda psixoterapiya bir muncha qo’l keladi, bemorlarga trankvilizatorlar (tinchlantiruvchi dorilar): elenium, seduksen, trioksazin tavsiya etiladi. Depressiyalar (tushkunlik)ni yo’qotishda azofen, amiltriptilin yaxshi yordam beradi. Davolashning birinchi bosqichi 3-4 hafta davom etadi. Davolanishning ikkinchi bosqichiga mehnat terapiyasini kiritish lozim. Bu avvaliga oz-ozdan 1-2 soatlariga jalb qilinib, u keyinchalik to’la ish kuniga ko’chiriladi. Davolanishning uchinchi quvvatlab turuvchi bosqichi 5 yil davom etadi. har 1 haftada teri ostiga 0,5 ml apomorfin eritmasi yuboriladi va 5-7 minut o’tgach, bemorda ko’ngil aynishi paydo bo’ladi. Kasalga nasha tiqilgan va tutatilgan papiros hidlatiladi, 3-4 seansdan keyin giyohvand moddaning batamom unda salbiy reflekslar paydo bo’ladi. Dastlab kasalxonada 60 kun davomida davolanadi. Giyohvandlikni davolashning samarasi bemorning irodasi va chidamiga bog’liq. Giyohvandlikning oldini olishning asosiy omillaridan yana biri o’spirinlarning balog’at yoshiga o’tish davridagi fiziologik o’zgarishlardir Bu davrda o’smir organizmidagi ichki sekretsiya bezlari (gipofiz, epifiz, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar va hakozo) gormonal faoliyatining kuchayishi, uni romantik his- tuyg’ular sari etaklaydi. Bu narsa yoshlarning uyga kech kelishi, qo’li ishga bormasligi, xayollarga berilishi, oynaning oldida ko’proq qolib ketishi kabi bir qator belgilar bilan namoyon bo’ladi. Aynan o’sha davrda o’spirin e'tibordan chetda qolsa, u o’zi axtargan narsani giyohvandlar orasidan topadi. Shuning uchun ham ayniqsa, ota—onalar, qolaversa mahalla -ko’y, jamoatchilik va atrofdagilar bir oz hushyorroq bo’lsalar, yoshlarning kelajagi va tarbiyasi uchun ham, mamlakat rivoji uchun ham juda yaxshi bo’lardi. Giyohvandlikni oldini olishda keng matbuot, radio va televideniedan foydalanish hamda keng omma orasida ko’plab ma'ruzalar tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. O’zbekiston Respublikasining "Narkotik vositalar va psixotrop moddalar" haqidagi qonun Oliy Majlisning qaroriga asosan 2000 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirdi. Ushbu qonun hozirgi zamon talabidan kelib chiqib, xalqaro eng muhim muammolarga javob tariqasida o’z vaqtida yuzaga keldi. U 6 ta bob va 45 ta moddalardan iborat bo’lgan "narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekurssorlari" ga tegishli umumiy qoidalar (I-bob), faoliyatlar (II-bob), turli xildagi faoliyatlarni amalga oshirishdagi sharoitlar(III-bob),narkotik moddalardan foydalanish shartlari (IV-bob), qonunga xilof ravishdagi harakatlarga tegishli (V -bob) va narkoman xamda toksikoman bemorlarga narkologik yordam ko’reatish (VI-bob) kabilarga oid qonun-qoidalar bayon etilgan. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida ham Giyohvandlikka qarshi kurashish va uning oldini olish" to’g’risida tegishli moddalar belgilab qo’yilgan. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling