O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet104/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

K O K A I N I Z M
Bunga asosan kokaindan o’tkir va surunkali zaharlanish hollari kiradi.O’tkir zaharlanish yuz oqarishi, umumiy behollik, bosh aylanishi, yurak o’ynashi, tomirlarning noto’g`ri urishi bilan ifodalanadi. Keyinchalik qon aylanishi buziladi hamda nafas markazi falajlanishi oqibatida bemor halok bo’ladi. Surunkali zaharlanish kokain preparatini uzoq vaqt qabul qilish oqibatida yuzaga keladi.
Uning dastlabki dozalarini qabul qilganda engilgina bosh aylanishi, salgina bosh og’rishi sodir bo’lib, tez orada aqliy faoliyatning kuchayishi va kayfiyatning yoqimli tus olishi bilan almashinadi. Bu 2 soat davom etadi. So’ng xolsizlik, loqaydlik, tushkunlik, illyuziya, gallyutsinatsiya(ko’ziga har xil yo’q narsalarning ko’rinishi) va qo’rquvlar bilan kechadi. Kokainga odam tez o’rganadi. Odamda gumonsirash, shubhalanish, ishtaha pasayish holatlari xamda rashk qilish paydo bo’ladi.
Organizmdagi reaktivlik pasayib yuqumli kasallikka moyillik ortadi, chipqonlar chiqadi, ilgarigi surunkali kasalliklar qaytalanadi. Tolerantlik paydo bo’ladi.
Uyqu dorilarini qabul qilish oqibatida ham giyohvandlik kelib chiqishi mumkin. Uyqu dorilariga: barbituratlar guruhiga kiruvchi preparatlar (veronal, medional, lyuminal, barbamil , siklobarbital, geksobarbital), kiradi.Bu dorilarni o’zboshimchalik bilan yoki shifokor ko’rsatmasini buzib, uzoq muddat qabul qilinishi natijasida giyoqvandlik rivojlanadi. Bunday giyohvandlar o’ta ta'sirchan, jizzaki, asabiy va xotirasi pasaygan bo’ladi. Terisi, qo’l oyoqlari, og’zining shilliq qavatida xar xil toshmalar toshadi. Uyqu dorisini 3-4 kun ichmay qo’ygandan so’ng bemorda abstinent(xumorlik) holati yuzaga keladi. Bemorda uyqusizlik, umumiy quvvatsizlik, bosh aylanish, qusish, ko’ngil aynishi holatlari kuzatiladi. Dori suist'emol qilinsa, "entsefalopatiya" (bosh miyaning zararlanishi) va epilepsiya kelib chiqishi mumkin. Bemorlar qo’pol, badjahl, rahmsiz bo’ladilar va ularda 6 oydan so’ng psixoz vujudga kelishi mumkin. Gihvandlikka chalingan bemorlar asosan narkologik yoki psixiatriya statsionarlarida 2 oy davomida davolanadilar.
Narkomanlar narkotik moddani qabul qilishni to’xtatishdan qo’rqadigan irodasiz bemorlardir. Ular narkotik qabul qilmasalar o’zlarini yomon his qiladilar. Bu abstinentsiya (xumorlik) holatini o’zlaricha "lomka" deb izohlaydilar.Davolashning oxirgi 2 haftasida statsionarda bemorlarniig ustidan nazoratni kuchaytirish kerak, chunki bu davrda bemorlar haddan tashqari narkotik qabul qilgisi keladi. Nasha, marixuana va boshqa narkotiklar bilan zaharlanganda oshqozon yuviladi. Organizmdagi zaharlanish darajasini kamaytirish maqsadida bemorga sulfazin, unitol, glitserofosfat kaltsiy, fitin, hamda В1 В2, В 6, С, E, A vitaminlari kompleks holda parenteral yo’l bilan yuboriladi, qonni tozalash maqsadida qonga ultrabinafsha nur beriladi, tinchlantiruvchi Seppava shmidt miksturalari ichiriladi. Kechki sayil, oyoqda iliq vanna buyuriladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling